2.2 OPEK ga a’zo mamlakatlar iqtisodiy kelishmovchilik muammolari va ularni hal qilish yo`llari
OPEK ning asosiy yetishmovchiligi bu- manfaatlari turli hil davlatlarning birlashganligi. Saudiya Arabistoni va boshqa Arab yarimoroli davlatlari yirik neft zaxiralariga va chetdan katta invistitsiyalarga ega bo’lgan holda kam aholili davlatlar safiga kiradi.Bu davlatlar g’arb neft kompaniyalari bilan tor doiradagi aloqalarni qo’llaydi. Boshqa OPEK mamlakatlari , masalan, Nigeriya ko’p aholili va qashshoqlik darajasi yuqori hamda katta qarzga egadir.
Ikkinchi, noodatiy muammo bu “pulni qayerga ishlatishlik”. Axir mamlakatga yog’ayotgan neftdollarlarni tog’ri yo’naltirish osonmasku! Katta boylikka ega bo’lgan davlat boshqaruvchilari va monarxlar o’z pullarini “asr qurilishlari” ni qurish va boshqa yirik proektlarni amalga oshirishni boshlab yuborishdi. Qachonki, neft narxi tusha boshlagandan keyin ular pullarni tejabroq ishlatishni boshlashdi.
Uchinchi, asosiy muammo OPEK davlatlarining texnologik qoloqligi hisoblanadi. OPEK organizatsiyasi tuzilgunga qadar ba’zi davlatlar feodal tuzimdan chiqib ulgurmagandi. Bu muammoning yechimi urbanizatsiya va industriallashuvni tezlatish bo’lishi mumkin.Yangi texnologiyalarni ishlab chiqarish va insonlar hayotiga olib kirish doimo o’z natijasini ko’rsatgan. Masalan, Saudiya Arabistoniga 6 ta maxsus bank va fondlarning tashkil qilinishi hamda ularning davlat homiyligida tadbirkorlarga yordam berishi industriallashuvga qo’yilgan birinchi qadam deb atashimiz mumkin.
To’rtinchi muammo sifatli milliy kadrlarning yetishmovchiligi hisoblanadi. Gap shundaki, davlatlarga kirib kelgan zamonaviy neftni qazib oluvchi va qayta ishlovchi texnologiyalarni ishlatishga mahalliy ishchilarning tayyor emasliklaridur. Bu muammoning yechimi esa chet el mutaxassislarini jalb qilish bo’ldi. Mutaxassislarning turli hil tillarda gaplashishi muammoni yechishda qiyinchiliklar tug’diradi.
So’ngi yillardagi muammolardan yana bir bu OPEK ga a’zo 12 davlatdan yettitasidagi siyosiy tarqoq holat hisoblanadi. Aljirda chet el hamda mahalliy ishchilar ishlovchi In Amenas kompaniyasi gaz zaxirasiga Al-qoida guruhiga a’zo kimsalar hujum qiladi. Liviyadagi fuqarolar urushi bu yerdai neft va gaz zaxiralarida olib borilayotgan ishlarga yetarlicha ta’sir ko’rsatdi. Arab bahori voqealari yaqin sharq mamlakatlaridagi normal holatdagi ishlarga to’sqinlik ko’rsatdi. BMT ning 2013-yil aprel oyidagi ma’lumotlariga ko’ra Iroqda so’nggi 5 yil ichida vafot etgan va yaralangan fuqarolar soni rekord natijani qayd etdi. Xugo Chavesning o’limidan so’ng Venesuelada ham unchalik tinch holat kuzatilayotgani yo’q .
Shunday qilib OPEK ga a’zo 12 davlatning barchasi o’zlarining neft sanoatidan kelayotgan daromadni ishlatishda juda erkin holatdalar. Birgina Indoneziya boshqa davlatlardan farqli ravishda mamlakatga kirib kelayotgan daromad neftdan tashqari turizm, o’rmon, gaz kabi mahsulotlarni sotishdan kirib keladi. Boshqa davlatlar BAA 48% va Nigeriya 97% daromadini neftdan oladi.13
Dunyoning neftga bo`lgan talabini ko’p qismini qodiruvchi davlatlar birlashmasi OPEK neft narxini boshqarishda samarali faoliyat olib borayotgandek tuyiladi. Lekin amaliyot amaliyot shuni ko’rsatadiki, bu aytilganidek juda oson ish emas. O`tgan vaqt davomida, ayniqsa, so’nggi yillarda davomida neft narxini ushlab turish uchun olib borilayotgan natijalar ba’zida o’ylangan natijalarni bermoqda, ba’zida esa kutilmagan salbiy natijalarga olib kelmoqda.
2013-yilning aprelida OPEK konferensiyasida skandal yuzaga keldi: Eron neft qazib chiqarish hajmini oshirishga tayyorligini e’lon qildi. Bu esa qolgan a’zo davlatlarning Eronga joy bo`shatish maqsadida qazib chiqarish hajmini qisqartirishiga olib keladi. Bu davlatlar birinchi navbatda Saudiya Arabistoni va Iroq. 2013 yilga qadar 2 yil bu mamlakatlar OPEK tomonidan Eron ga qo’yilgan sanksiya sababli o`z neft qazib olish hajmini o`stirib olgandi. Eron ham qolgan ikki davlat ham bunday qurbonlikka tayyor emasdilar. Venada o’tqazilgan navbatdagi konferensiyada OPEK ministrlar kengashi neft qazib olish hajmi (30 mln barrel sutkasiga) va neft narxlariga bo’lgan kvotalar o’zgarmay qolishligini ma’lum qildi. Bu esa Eronning noroziligiga sabab bo’ldi. Kvotalar va neft qazib olish hajmi 2014 –yil iyun oyida bo’ladigan konferensiyagacha o’zgarmay qolishi ma’lum bo’ldi.
Hozirgi kunda OPEK turli xil ko`rsatkichlarga ko`ra dunyoning 30% 40% neft yetqazib berishi ulushiga egaligiga qaramasdan, uning hissasi mavjud muammolar sababli qisqairishi kuzatilmoqda. Kartelga kirmaydigan Rossiya, Braziliya singari yirik neft qazib chiqaruvchi davlatlar hech kvotalarga qaramasdan neft qazib olish hajmini uzluksiz ravishda ko`tarmoqda. Yana bir muammoli holat deb OPEK haridorlarining neft qazib olishdagi olg`a intilishlaridir. AQSH va Kanada so`nggi ikki yil davomida neft qazib olish hajmini sutkasiga million barrelga oshirishdi. 2014 –yilda yana million oshirish reja qilingan. AQSH ning bu harakatlari OPEK ni tahlika tushiryapti. 2015 –yilga kelib AQSH neft qazib hajmi bo`yicha Rossiya va Saudiyaliklarni ortda qoldirishi mumkin.
OPEK hozirda 10 yil oldingi holatdagi kabi yirik ishlab chiqarish imkoniyatlariga ega emas. Moliyaviy zarar ko’rmasdan neft hajmini keskin qisqartirb yuborishga esa faqatgina Saudiya Arabistoni, qisman BAA,Quvayt va Qatar qodir, qolgan mamlakatlar esa mavjud moliyaviy holati sababli faqatgina qazishga majburlar.
Neft narxlari bo’yicha ham hozirda turli qarama-qarshiliklar mavjud. Saudiya Arabistoni uchun neftni barreliga 85 dollardan eksport qilish ham samarali hisoblansa, boshqa mamlakatlar uchun neft barrelini 100 dollardan kam sotish juda og`riqli zarbadir. Ba’zi bir norasmiy manbaalarning takidlashicha OPEK neft narxlarini boshqarishdagi o’z ta’sirini yo`qotib bormoqda. Analitiklarning fikricha, OPEK iqtisodiyoti Osiyodagi yirik xaridorlari Xitoy hamda Hindistonga bo`g`liq bo`lib bormoqda. Chunki bu mamlakatlar hozirgi kunda OPEK dan Amerika va Yevropaga nisbatan ko’proq neft sotib olmoqda.
Umuman olganda neft narxlari tushib bormoqda. Bu esa kelajakda OPEK uchun kelajakda muammodan boshqa narsa keltirib chiqarmaydi. 2011-yilda neftning Brent turi 110,85 dollarga chiqdi, 2012 yilda 111,86 dollargacha ko’tarildi. Keyin narxda keskin tushish boshlandi (108.6). Narxni hech bo`lmaganda shu holatda ushlab turish maqsadida OPEK neft qazib olishni sutkasiga 1-2 millionga tushirish kerak boladi. OPEK bunga erisha oladimi yoki yo’qmi asosiy muammo bunda emas. Yildan yilga OPEK ning yagona kvotalari o`z kuchini yo`qotib, barcha a;zo mamlakatlar alohida , tarqoq bo`lib bormoqda. Yaqin sharqda OPEK ga a’zo dalatlarning ko`p qismi joylashgan regionda qanchalik tinchlik yo`qolaversa , shunchalik organizatsiyada ichki qarama-qarshilik muammolari ko`payaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |