I bob opek tashkilotining umumiy tavsifi opek tashkil topish evolutsiyasining nazariy asoslari


I BOB OPEK TASHKILOTININNG UMUMIY TAVSIFI



Download 252,57 Kb.
bet2/8
Sana16.01.2022
Hajmi252,57 Kb.
#377351
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
opek

I BOB OPEK TASHKILOTININNG UMUMIY TAVSIFI

1.1 OPEK tashkil topish evolutsiyasining nazariy asoslari

OPEK (Neft eksport qiluvchi davlatlar organizatsiyasi) asosiy maqsadi a’zo bo’lgan davlatlar orasida neft siyosatini nazorat qilish bo’lgan neft eksport qiluvchi davlatlar organizatsiyasi .Neft monopoliyasiga qarshi kurashish maqsadida neft eksport qiluvchi rivojlanayotgan davlatlar o`z kuchlarini birlashtirish uchun organizatsiya tashkil qilingan. 1960- yilda Bog’dodda jahon bozoriga neft yetqazib beruvchi asosiy davlatlar Venesuela, Iroq, Eron, Quvayt va Saudia Arabistoni organizatsiyani tashkil qilishdi. Organizatsiya tashkilotchisi uzoq vaqt davomida neft monopoliyasidan aziyat chekkan Venesueladir. Yaqin Sharqda neft monopoliyasiga qarshi kurashish g’oyasi OPEK tashkil qilinguncha asosiy maqsad hisoblangan. Bu haqda 1953-yil Arab ligasi davlatlari yig’ilishida imzolangan neft muammosini hal qilishga bag’ishlangan Iroq-Saudia kelishuvi ham guvohlik beradi. Organizatsiyaning tuzilishiga 1959-yilda Xalqaro neft kartelining neft narxining pastlatishga va AQSH ga neft importini cheklash to’g’risidagi qarorini e’lon qilinishi sabab bo’ldi. OPEK tashkil qilungunga qadar jahon neft bozorini aynan o`sha Xalqaro neft karteli nazorat qilar edi. Ular “yeti opa-singillar” yirik neft kompaniyalari quyidagi kompaniyalar : Eksson, Mobil, Galf, Teksako, Standard Oil Californy, British Petroleum va Royal Dutch .OPEK BMT tomonidan 1962-yil 6-sentabrda ro’yhatga olindi. OPEK ustavi 15-, 21- yanvar 1961-yilda Karakasdagi 2- konferensiyada tasdiqlandi. 1965-yilda ustav butunlay ko’rib chiqildi va bundan keyin ham unga bir necha o’zgarishlar kiritildi. Jenevada joylashgan OPEK shtab kvartirasi keyinchalik Venaga ko’chirilgan.

Bugungi kunda OPEK davlatlari safiga umumiy 12 ta davlat kiradi. Bular Aljir,Angola, Ekvador, Eron, Iroq, Quvayt,Liviya, Nigeriya,Qatar, Saudiya

Arabistoni, BAA,Venezuela, 1992-yildan 2007 –yilgacha Ekvador a’zoligini to’xtatadi. Gabon 1995, Indoneziya 2009- yilda a’zoligini rasman to’xtatadi1.



Organizatsiya tashkil qilishning asosiy maqsadlari

  • A’zo davlatlarning neft siyosatini muvofiqlashtirish va soddalashtirish

  • A’zo davlatlar manfaatlarini himoya qilish

  • Jahon bozorida neftning barqaror narxini taminlash

  • Neft ishlab chiqaruvchi davlatlaning manfaatlarini himoya qilish va ta’minlash

1. neft ishlab chiqaruvchi davlatlarning barqaror daromadi

2. istemol qiluchi davlatlarni neft bilan samarali, foydali va doimiy ta’minlash

3. neft sanoatidagi invistitsiyalardan keladigan barqaror foyda

4. hozirgi va kelajak avlod uchun atrof muhit himoyasi

5. jahon bozoridagi barqaror neft narxini taminlashda OPEK davlatlari hamkorligi

OPEK ning tashkiliy tuzilmasi

OPEK ning oliy organi davlatlar ministrlari konferensiyasidir va albatta har bir davlatning a’zolari mavjud bo’lgan direktorlar uyushmasi ham faoliyat yuritadi. Konferensiya uyushma tomonidan taqdim etilgan taklif hamda byudjetni hisobga olgan holda organizatsiyaning siyosiy yo’nalishlari, kelgusidagi choralar-tadbirlarni belgilaydi. Konferensiya organizatsiyaning prezidentini tanlaydi va Bosh kotibini saylaydi. Boshqaruvchi uyushma OPEK ustavining quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:



  • Organizatsiya ishlarini boshqarish va konferensiya qarorlarini bajarish,

  • Bosh kotib tomonidan qo’yilgan savol va takliflarni ko’rib chiqish, yechimini topish,

  • Komissiyaga takliflar kiritish,

  • Byudjet tarkibi haqida ma’lumotlar,

  • Bir yillik muddatga organizatsiya auditorini tayinlash,

  • Auditor dokladlarini ko’rib chiqish,

  • Konferensiya hal qiluvchi proektlar tayyorlash,

  • Konferensiyaning navbatdan tashqari yig’ilishini tashkil etish.

Kotibiyat o’z siyosatini boshqaruvchilar uyushmasi orqali amalga oshiradi. Bosh kotib organizatsiyaning asosiy javobgar shaxsi hisoblanib uni boshqaradi.

1976-yildagi neftdan kelgan yirik daromad natijasida OPEK xalqaro rivojlanish fondini tashkil qildi. Bu rivojlanish yo’lidagi ko’p tarmoqli institute hisoblanadi.Uning shtab kvartirasi ham Venada joylashgan. Fond OPEK ga a’zo mamlakatlar va boshqa rivojlangan davlatlar bilan hamdo’stlik aloqalarini olib boradi. OPEK ga a’zo mamlakatlar hamda rivojlangan mamlakatlarga foyda keltiruvchi boshqa xalqaro institutlar fond yordamidan foydalanishlari mumkin. Fond uch xil turdagi zayomlarni taklif qiladi: proektlar , programmalar, to’lova balansini qo’llovchilar uchun. Fond resurslari invistitsiya va kredit operatsiyalari hamda ixtiyoriy davlat soliqlaridan tashkil topadi.

OPEK ning jahon neft bozoridagi boshqaruvi juda oddiy mexanizmdan iborat. U neft qazib olishni kamytirish yoki ko’paytirish , a’zo davlatlarning mavjud kvotalarini nazorat qilish orqali jahon neft narxini barqaror holatda ushlab turishga harakat qiladi.

OPEK "Savati"

OPEK "Savati" (OPEC Reference Basket of crudes) atamasi rasmiy ravishda 1987 yil 1 yanvarda kiritilgan. 2009-yil Iyun oyi o`rtalarida "savat" narhi neft qazib oluvchi davlatlar tomonidan qazib olininuvchi 12 turdagi neftlar narhlari o`rtacha arifmetik ko`rsatkichi orqali aniqlanadi: Saharan Blend (Aljir), Oriente (Ekvador), Iran Heavy (Eron), Basra Light (Iroq), Kuwait Export (Quvayt), Es Sider (Liviya), Bonny Light (Nigeriya), Qatar Marine (Qatar), Arab Light (Saudiya Arabistoni), Murban (BAA) va Merey (Venesuela), Girassol (Angola)

OPEK “savati”

1.1.1-jadval.



OPEK “savati” ning o’rtacha yillik narxlari (AQSH dollarida) 2

2001

23.12 $

2002

24.36 $

2003

28.10 $

2004

36.05 $

2005

50.64 $

2006

61.08 $

2007

69.08 $

2008

94.45 $

2009

61.06 $

2010

77.45 $

2011

107.47 $


Download 252,57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish