1.2 OPEK ning mintaqadagi iqtisodiy ahamiyati
OPEK ga yetakchi neft ishlab chiqaruvchi davlatlar kiradi. Shuning uchun ularning iqtisodiy rivojlanishi boshqa dunyo davlatlaridan tubdan farq qiladi. Bu rivojlanishning eng asosiy maqsadi jahon bozoriga koproq neft chiqarishdir. Ushbu davlatlarning iqtisodiy rivojlanishi jahon bozoridagi neftning narxiga bog’liq.
Hozirgi kunda jahon YAIM ining 60% sanoat sohasiga to’gri keladi.Sanoat sohasi mahsulotlari esa jahon savdosining 70% ini tashkil etadi.3 Bundan ko’rinib turibdiki, jahon iqtisodiyotining rivojlanishi to’g’ridan to`g`ri ishlab chiqarish sohasining rivojiga bog`liqdir. O’z navbatida neft eng arzon energiya manbaasi sifatida sanoat ishlab chiqarish sohasida katta ahamiyatga ega. Avtomobil, havo dengiz va temiryo`l transportining ko’zga ko’rinarli qismining faoliyati neft bilan bog’liq.Shu sababli neft jahon iqtisodiy tizimining barqarorligini ta’minlovchi mavjud dastak deb aniq ayta olamiz.
Hozirgi vaqtda jahon bozorida neftni umumiy holatda real kuch sifatida ishlata oladigan organizatsiya bu- OPEK. Neftni qazib olish va eksport qilishni qattiq nazoratga olgan holda OPEK birinchi navbatda o’z manfaatlarini hisobga olib neft narxlarini bemalol o`rnatish imkoniyatiga ega. Bunday imkoniyat quyidagi faktorlar natijasida yuzaga keladi.
Birinchidan, OPEK ga kiruvchi mamlakatlar dunyodagi aniqlangan neft zaxiralarining ¾ qismiga egalik qiladi
Ikkinchidan, bugungi kunda OPEK kuniga 30 million barrel neft ishlab qazib oladi. Jahon talabining 41.3% ini ta’minlaydi4
Uchinchidan, neftni qazib olish planetamizning boshqa davlatlariga qaraganda OPEK mamlakatlarida juda kam harajatli hisoblanadi.Shuning uchun OPEK ga neft qazib olish hajmini o`zgatirish oson: yoki oshiradi, yoki tushiradi. EIA ning hisobiga ko’ra .(Energy Information Administration), chet el kapitalini safarbar qilmasdan organizatsiya kuniga 35 mln barrel neft qazib olishi mumkin. Neft qazib olishni kuniga 1 barrelga oshirish esa atiga 2.8 dollarni tashkil etadi.
Shunday qilib OPEK haqiqatan ham neft narxiga ta’sir eta oladi, uning jahon iqtisodiyotidagi roli neft qazib olishni kamaytirish yoki ko’tarish bilan neft narxini barqaror holda ushlab turishdan iborat.
OPEK ning jahon iqtisodiyotidagi rolini to’liqroq tushinish uchun uning krizis paytlaridagi vazifalarini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
1973-yil oktabrda 4- Arab-Izroil urushi boshlanadi. Javob sifatida OPEK birinchi navbatda Izroil hamkorlari(AQSH, Gollandiya,Portugaliya ,JAR)ga neft ekportini qisqartiradi, keyinchalik esa umuman taqiqlab qo’yadi.
OPEKning bu harakati neft narxining tez suratda ko’tarilishi chaqirdi. Neftga bo’lgan talab va taklif muvozanati buzildi.Bu o’z navbatida 5 oy 18-mart 1974-yilgacha AQSH ga qarshi taqiq to’xtatilguncha birinchi energetika krizisi yuzaga keltirdi. Bu vaqtlar davomida neft 1 barrelining narxi 4,5 dollardan 12 dollargacha ko’tarildi.
1979-yilda yuzga kelgan ikkinchi krizis xavfliroq tus oldi. Eronda revolutsiya sodir bo’ladi, 1-apreldan esa OPEK neft narxini 14.5% ga oshirdi. Bu esa neftning bozordagi bahosini 1 barrelga 14.6 dollargacha ko’tarilishiga olib keldi.
Iyul oyidan kartel narxni yana 15% ga kotaradi. Keyin AQSH bilan Eron aloqalari buziladi. Shu vaqtlarda Saudiya Arabistonining hatti harakatlari neft narxini 1 barreli 19 dan 26 dollorgacha ko’tarilishi olib keldi. 1980-yilda Saudi light o’zining record narxi 34 dollarga yetdi.
Birinchi va ikkinchi energetik krizislar OPEK ning unga a’zo davlatlarga neft siyosatini ta’sirchanligi pastligini ko’rsatadi. Ikki vaziyatda ham bozor organizatsiya emas balik OPEK davlatlari ishtirokida buzilib ketdi.
Krizislar paytida OPEK ning jahon iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsata olmagani yoki kuchsizligiga qaramasdan, so’nggi yillarda uning neft narxini o’rnatishdagi roli juda katta ekanligini takidlab o’tish lozim.
Narxni ko’tarish paytlarida bu davlatlardan neft olib chiqish hajmi o’zgarmay qolaverdi. Huddi shu sabab energetik krizisni rivojlanib ketishi bilan kurashish uchun OPEK ning aralashuviga olib keldi. Ammo shu shu vaqtlarda 1975-yildan 1980-yillargacha yoqilg’iga bo’lgan narx asta sekin tusha boshladi. Buni his qilgan neft eksport qiluvchilarning organizatsiyasi o’z navbatida neft qazib olishni qisqartirib , yangi narxlarni o’rnatishdi. 5 yil davomida neft narxida barqaror va sokin ravishda pasayish kuzatildi, ammo 1985-yil dekabrda OPEK neft qazib olishni sutkasiga 18 million barrelgacha yetkazdi. Bu harakat haqiqiy narxlar jangini boshlab yubordi.OPEK bozordagi narxni boshqaruvchilik rolidan bosh tortganligi haqida arz qilib, bozorda yirik ulushga ega bo’lib qolishga qaror qildi. Lekin yangi strategiya kutilgan natijani bermadi: bir necha oy davomida neft barreliga bo’lgan narx 27 dollardan 12 dollargacha tushib ketdi va keyingi krizis boshlanadi.
To’rtinchi neft krizisi 1990-yilda yuzaga keldi. 2-avgustda Iroq Quvaytga hujum qiladi, narx 19 dan 36 dollarga sakraydi. Keyinchalik Iroqdagi urushli vaziyatni tugatuvchi “bo’shliqdagi dovul” operatsiya boshlangunga qadar neft narxi o’z holatiga qaytib keladi.
Zamonaviy vaziyat shuni ko’rsatadiki, OPEK hech qachon bugungi kabi neft narxining barqarorligi qiziqmagan. Chunki so’ngi krizisdan to’liq chiqib olmagan davlatlar yana bir krizisga tayyor emas. Nafaqat OPEK ning , balki unga kiruvchi davlatlarning mavjudligi organizatsiyaning aqlli siyosatiga bog’liq. 5
Do'stlaringiz bilan baham: |