I bob. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda strategik tadbirkorlikning nazariy asoslari


Farg’ona viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish ko’rsatkichlari va ularni strategik jihatdan baholash



Download 0,82 Mb.
bet10/15
Sana23.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#696527
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda strategik tadbirkorlini o\'rni

2.2. Farg’ona viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish ko’rsatkichlari va ularni strategik jihatdan baholash
Farg’ona viloyatida tadbirkorlik sub’ektlari mavjud ma’lumotlarga ko’ra 2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan yuridik shaxslar soni 23824 tani tashkil qilib, shundan 23310 tasi yoki 97,8 foizi faoliyat ko’rsatmoqda.
2.1.1-jadval
2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan hamda faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlar iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishi2.

Faoliyat sohalari

Ro’yxatga
olinganlar

Faoliyat
ko’rsatayotganlar

birlik

yakunga nisbatan foizda

birlik

yakunga nisbatan foizda

Jami shu jumladan:


23824

100,0

23310

100,0

qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi


1270

5,3

1244

5,3

sanoat


4575

19,2

4496

19,3

qurilish


1852

7,8

1811

7,8

savdo


5096

21,4

4959

21,3

tashish va saqlash


906

3,8

882

3,8

yashash va ovqatlanish bo’yicha xizmatlar


967

4,1

949

4,1

axborot va aloqa


1500

6,3

1460

6,3

sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish


842

3,5

833

3,6

boshqa turdagi xizmatlar ko’rsatish


6816

28,6

6676

28,5

Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha ro’yxatga olingan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi savdo 5096 ta (21,4 foizi), sanoat 4575 (19,2 foizi), qurilish 1852 ta (7,8 foizi), axborot va aloqa 1500 ta (6,3 foizi), qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi 1270 ta (5,3 foizi) sohalariga to’g’ri keladi.
Ro’yxatga olingan korxonalar umumiy sonining 83,9 foizi nodavlat mulki shaklidagi korxonalar, shundan 39,8 foizi xususiy korxonalar, 0,8 foizi chet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar, 0,3 foizi aktsiyadorlik jamiyatlari, 43,0 foizi boshqa korxonalar ulushiga to’g’ri keldi.
1-diagramma
Ro’yxatga olingan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar-yuridik shaxslar mulkchilik shakllari bo’yicha taqsimlanishi

2016 yil yanvar-dekabrda jami 2623 ta yangi korxona va tashkilotlar ro’yxatga olingan (shundan kichik biznes sub’ektlari – 2549 ta). Ularning asosiy qismi Farg’ona shahar (viloyat bo’yicha ro’yxatga olingan jami korxona va tashkilotlarning (23,0 foizi), Qo’qon shahar (15,6 foiz), Marg’ilon shahar (12,9 foiz), Quva tumani (4,6 foiz), Uchko’prik tumani (5,0 foiz), Buvayda (4,2 foiz) tumanlariga to’g’ri keldi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha yangi ro’yxatga olingan korxona va tashkilotlarning 29,2 foizi sanoat, 24,5 foizi savdo va 9,1 foizi qurilish sohalariga to’g’ri keladi.
2017 yilning 1 yanvar holatiga ro’yxatga olingan jami kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlarining soni 18783 tani tashkil qildi.
2016 yil yanvar-dekabrda yalpi hududiy mahsulotning 63,4 foizi (2015 yil yanvar-dekabrda 63,2 foiz) kichik biznes sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarildi.
2016 yilning yanvar-dekabrida kichik tadbirkorlik (biznes) sub’ektlari tomonidan:
- 1211,5 ming nafar kishining bandligi ta’minlandi (jami iqtisodiyotda band bo’lganlarning 80,3 foizi), shu jumladan band bo’lganlarning 950,8 ming nafari yakka tartibdagi tadbirkorlar va 260,7 ming nafari kichik korxona va mikrofirmalar hissasiga to’g’ri keldi;
- sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 3769,0 mlrd. so’mni (jami sanoat ishlab chiqarishining 47,8 foizi) yoki 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan 116,6 foizni tashkil qildi;
- 3901,8 mlrd. so’mlik qishloq, o’rmon va baliq xo’jaliklarining ishlab chiqarilgan (ko’rsatilgan xizmatlar) tashkil qilib, o’sish sur’ati 105,9 foizni (qishloq, o’rmon va baliq xo’jaliklari yalpi mahsulotining 96,8 foizi) tashkil qildi.
- 1269,5 mlrd. so’mlik investitsiyalar (umumiy investitsiyalar hajmining 54,1 foizi) o’zlashtirildi va 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan 107,6 foizga o’sdi;
- 1462,4 mlrd. so’mlik qurilish ishlari (qurilish ishlari umumiy hajmining 90,2 foizi) bajarildi va 2015 yilning yanvar-dekabriga nisbatan 111,8 foizga o’sdi;
- avtomobil transporti yuk aylanmasining 8,8 foizga oshib (viloyat jami avtomobil transporti yuk aylanmasining 91,5 foizi) ni tashkil etdi, yo’lovchi aylanmasining esa 8,5 foizga oshib (umumiy yo’lovchi aylanmasining 92,6 foizi) ni tashkil etgan;
- chakana tovar aylanmasi umumiy hajmining 82,0 foizi yoki 6277,9 mlrd. so’mi (o’sish 119,1 foiz) va pullik xizmatlar umumiy hajmining, mos ravishda 57,3 foizi yoki 1768,5 mlrd. so’mi (o’sish 116,6 foiz) shakllantirildi;
- 214,6 mln. AQSh dollari (umumiy eksport hajmining 45,6 foizi) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) eksport qilindi, 230,9 mln. AQSh dollari (umumiy import hajmining 24,4 foizi) miqdorida mahsulotlar (tovar va xizmatlar) import qilindi.



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish