Strategik menejment jarayoni
4-bosqich
2-bosqich
3-bosqich
1-bosqich
5-bosqich
Zarurat bo’lganda
qayta ko’rib chiqish
Zarurat bo’lganda
qayta ko’rib chiqish
Zarurat bo’lganda
1-4-bosqichlarga qaytish
Yaxshilanish
Yaxshilanish
Firmaning ijrochi direktori strategiya bo’yicha eng ta’sirli va javobgar menejer bo’lib xisoblanadi. Asosiy direktor lavozimi vazifalarini qo’yuvchi funktsiyalarni bajarishni ko’zda tutadi. U maqsadlarni belgilaydi, strategiyani, uni bajarish yo’llarini ishlab chiqadi.
Ishlab chiqarish, marketing, moliya, kadrlar va boshqa funktsiyalar bo’yicha vitse prezidentlar xam strategiya ishlab chiqadilar va uni amalga oshirish bo’yicha javobgar xisoblanadilar. Xar bir menejer o’zining javobgarlik soxasi bo’yicha strategiyani ishlab chiqish va uning bajarilishini kuzatib boradi.
Diversifikatsiyali kompaniyalarda bir necha tarmoqlarda boshqaruv talab etilib, strategiya bo’yicha menejerlarning 4 darajasi mavjud bo’ladi:
- ijrochi direktor yoki yuqori boshqaruv pogonasi raxbari;
- aloxida korxonalarning foyda va zararlari uchun javobgar menejerlar;
- muayyan ishlab chiqarish bo’linmasi bo’yicha funktsional menejerlar;
- asosiy operativ bo’linmalar va regional bo’limlar menejerlari;
Xususiy kompaniyalar va korxonalarda odatda strategiya bo’yicha bitta yoki ikkita menejer mavjud bo’ladi.
Bugungi kundagi murakkab va tez o’zgaruvchan vaziyatda raqobatlashish uchun firma strategiyani ishlab chiqishni boshqaruvchilarni - strategik menejerlarni aniqlab olishi lozim. Ularning vazifasi - butun tashkilot faoliyatining ma’lum bir yo’nalishda borishini ta’minlashdir (ular ko’pincha kompleks menejerlar deb ataladi). Ular biznesning ayrim funktsiyalarining (xodimlar, ta’minot, ishlab chiqarish, savdo, mijozlarga xizmat ko’rsatish, xisob) bajarilishini ta’minlaydigan funktsional menejerlardan farq qiladi va butun tashkilotni strategik jixatdan boshqarib, kompaniyada o’ziga xos o’rin egallaydi.
E.Vrappning fikricha (Chikago universiteti), eng omadli strategik menejerlar quyidagi xislatlarga ega bo’lishi kerak:
- ko’p narsadan yaxshi xabardor bo’lishlari,
- o’z vaqti va energiyasini boshqara olishlari,
- yaxshi siyosatchi bo’lishlari (konsensus topa olishlari),
- ekspertlarga o’xshab «bir narsaga yopishib olmasliklari»,
- dasturni xususiy yo’nalishlarda ilgari sura olishlari lozim.
Ko’p narsadan xabardor bo’lish boshqaruvning turli pog’onalarida keng ko’lamli boshqaruv qarorlarini qabul qila olishga imkon beradi. Menejerlar tashkilotning turli qismlarida axborot manbalari tarmog’ini tashkil qilishlari kerak, bu ularga operativ voqelikdan xabardor bo’lib turishga imkon beradi.
Ular o’z vaqti va energiyasini turli ishlar, qarorlar va muammolar o’rtasida to’gri taqsimlay olishlari kerak. Ular qachon javobgarlikni taqsimlash kerakligi, qaysi paytda esa xususiy muammolarga aralashish kerakligini bilishlari lozim.
Yaxshi siyosatchi o’z fikrlari asosida konsensus topa olish san’atini egallagan bo’lishi, ularni o’z obro’si bilan ilgari surish uchun bosim ko’rsatmasligi kerak. U diktator emas, balki koalitsiyaning a’zosi yoki raxbari sifatida ish tutishi lozim.
O’zgaruvchan dunyo strategik menejerdan moslashuvchanlikni talab qiladi. U manevrlarga va vujudga kelgan vaziyatga moslashishga tayyor turishi kerak. Bu esa firma ma’lum bir maqsadlarsiz ish tutsada, biroq ularni o’zgartirishga tayyor turishi kerakligini anglatadi.
Strategik boshqaruvning vazifalari:
Amaliy strategiya – bu tashkilot mavqeini mustahkamlashga, mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga va muayyan natijalarga erishishga qaratilgan boshqaruv rejasidir. Strategiyaning maqsadi - raqobatbardosh harakatlar orqali tashkilotning muvaffaqiyatini ta’minlashdan iborat. Rahbarlarning strategik rejani yaratishdan maqsadi esa ko’p omilli murakkab muhitda biznesni boshqarish bo’yicha malakali qaror qabul qilish hisoblanadi.
Boshqaruv rejasi: ishlab chiqarishni, sotishni va sotib olishni, moliyani, marketingni, mehnat resurslarini, ilmiy izlanishlarni va ishlanmalarni qamrab oladi. Ulardan har biri strategiyada o’z rolini ijro etadi.
Strategiya tashkilotning muvaffaqiyatini ta’minlash uchun rahbariyat foydalanadigan tadbir-choralar majmuasidan iborat. Rahbariyat kompaniya biznesini qanday boshqarishni bilish uchun hamda ko’p omilli muhitda alternativ yo’nalishlardan birini to’g’ri tanlash uchun strategiyani yaratadilar. Rahbariyat foydalanishga qaror qilgan strategiya mavjud biznes yo’nalishlaridan biri va biznesni yuritishni muayyan usuli tanlanganligini ko’rsatadi.
Strategiyani yaratish va uni tadbiq etish bu asosiy boshqaruv funktsiyalaridir. Rahbarlar bajaradigan faoliyatlardan: kompaniyaning uzoq muddatli rivojlanish yo’nalishi, samarali strategik harakatlarni yaratish, belgilangan natijalarga erishish uchun amalga oshiriladigan strategiyalar kompaniya faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Agar rahbar kompaniyani «a’lo» darajada boshqarilishini istasa, u «a’lo» strategiyani «a’lo» darajada tadbiq etishi lozim.
«A’lo» darajali boshqaruv, rahbarlarning «a’lo» darajadagi strategiyalarni yaratishi va hayotga tadbiq etishi bilan bog’liqligi tajribalarda isbotlangan. Ba’zi rahbarlar ajoyib strategiyalarni yaratadilar, lekin, hayotga tadbiq etishda muvaffaqiyatsizlikka uchraydilar, boshqa rahbarlar esa o’rtacha strategiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshiradilar. Ikkala holat ham muvaffaqiyatsizlikka olib keladi. Kompaniya faoliyati yuqori darajada samarali bo’lishi uchun rahbar strategiyani sifatli yaratishi va uni sifatli amalga oshirish qobiliyatiga ega bo’lishi lozim. Samarali strategiyani samarali amalga oshirish bu nafaqat biznesning muvaffaqiyati qoidasi, balki boshqaruv sifatini sinovdan o’tkazish demakdir.
Lekin «a’lo» strategiyani muvaffaqiyatli amalga oshirish ham kompaniyani zaif va qoniqarsiz faoliyat davrlaridan kafolatlamaydi. Ba’zan rahbarning harakatlari natija berishi uchun muayyan vaqt talab qilinadi. Hattoki a’lo boshqariladigan kompaniyalar ham noqulay vaziyatlarga tushib qolishi mumkin. Ammo «bizga vaqt etishmadi» kabi bahonalar yoki noqulay vaziyatlar ham bir necha yillar davomida ro’y berayotgan qoniqarsiz faoliyatni oqlay olmaydi. Rahbarning vazifasi noqulay vaziyatga ijobiy ta’sir etuvchi tezkor strategiyalarni qo’llab, vaziyatni nazoratga olishdir. Muvaffaqiyatli strategiyaning ma’nosi shundan iboratki, noqulay vaziyatlarga, shafqatsiz raqobatga va ichki muammolarga qaramasdan kompaniya kuchli bozor mavqeini saqlab qolishi lozim.
Strategiyani yaratish va amalga oshirish jarayoni o’zaro bog’liq beshta vazifani echishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi:
1. Kompaniya qanday biznesda faoliyat ko’rsatadi, strategik tasavvurni shakllantirish ya’ni: missiyani va maqsadlarni aniqlash.
2. Strategik tasavvurni va missiyani qayta shakllantirish.
3. Qo’yilgan maqsadlarga erishish strategiyasini yaratish.
4. Tanlangan strategiyani sifatli va samarali tadbiq etish.
5. Faoliyat natijalarini baholash, yangi an’analarni aniqlash va uzoq muddatli rivojlanishga nisbatan moslashtiruvchi harakatlarni belgilash. (6-chizma).
Kompaniyani strategik ko’rinishini (tasavvurini) va missiyasini yaratish
Tadbirkorlar korxonani rivojida quyidagi savollarga javob berishlari lozim. «Kompaniya to’g’risida tasavvurimiz qanday, nima qilmoqchimiz va nimaga erishmoqchimiz?». Ushbu savolga javob topish rahbarlarni biznes xarakterini aniqlashga va 5-10 yillik kompaniya rivojlanishini aniqlashga majbur etadi. «Biz kimmiz, biz nima qilayapmiz va rivojlanish yo’nalishimiz qanday?» degan savolga javob korxona yo’nalishini, xarakterini va obrazini aniqlaydi. «Kompaniya nima qilmoqchi va kelajakda kim bo’lmoqchi» degan savolga javob kompaniya missiyasini yaratadi. Bunda rahbarlar qanday natijalarga erishmoqchi ekanligini va o’z mijozlari uchun qanday faoliyatni amalga oshirmoqchi ekanliklarini aniq bilishlari lozim.
1.1.6-chizma
Do'stlaringiz bilan baham: |