I bob. Darslik va o’quv adabiyotlarida anorganik birikmalar eng muhim siniflarining yoritilishi 5



Download 0,61 Mb.
bet8/32
Sana29.04.2022
Hajmi0,61 Mb.
#590793
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
Bog'liq
anorganik asosiy sinflari

Tuzlarning nomlanishi. Tuzlarning xalqaro nomlanishi eng ko’p tarqalgan. Bunda tuzning nomi kationning nomi bilan anionning nomidan hosil qilinadi. Odatda anion va kationlarning soni ko’rsatilmaydi. Agar bitta metallning o’zi turli xil oksidlanish darajalarini namoyon qiladigan bo’lsa, uning oksidlanish darajasi metall nomidan keyin qavs ichida rim raqami bilan ko’rsatiladi. Masalan, KNO3kaliy nitrat, FeSO4 – temir (II) sukfat, Fe2(SO4)3 – temir (III) sulfat, NaCl – natriy xlorid.
Nordon tuzlarning nomi anion nomiga gidro –old qo’shimcha qo’shish yo’li bilan hosil qilinadi.: NaHSO4natriy gidrosulfat, KH2PO4 – kaliy digidrofosfat.
Asosli tuzlarning nomi tegishli o’rta tuz anionnining nomiga “gidrokso” old qo’shimchani qo’shib hosil qilinadi. Al(OH)SO4 - aluminiy gidroksosulfat, Al(OH)2Cl - aluniniy digidroksoxlorid.
Olinishi. Tuzlar turli sinflar birikmalari bilan oddiy moddalarning kimyoviy o’zaro ta’siridan olinadi. Tuzlarni olinishning eng muhim usullarini qayd qilib o’tamiz[2,21,28].
1. Neytrallanish reaksiyasi:
KOH+HNO3=KNO3+H2O
2. Kislotalarning asosli oksidlar bilan o’zaro ta’siri:
H2SO4+CuO=CuSO4+H2O
3. Kislotalarning tuzlar bilan o’zaro ta’siri:
H2S+CuCl2=CuS↓+2HCl
4. Ikkita turli tuzning o’zaro ta’siri:
Na2SO4+BaCl2=BaSO4↓+2NaCl
5. Asoslarning kislotali oksidlar bilan o’zaro ta’siri:
Ca(OH)2+CO2=CaCO3↓+H2O
6. Ishqorlarning tuzlar bilan o’zaro ta’siri:
3KOH+FeCl3=3KCl+Fe(OH)3
7. Asosli oksidlarning kislotali oksidlar bilan o’zaro ta’siri:
CaO+SiO2=CaSiO3
8. Metallarning metallmaslar bilan o’zaro ta’siri:
2K+Cl2=2KCl
9. Metallarning kislotalar bilan o’zaro ta’siri:
2Al+6HCl=2AlCl3+3H2
10. Metallarning tuzlar bilan ta’siri:
Fe+CuSO4=FeSO4+Cu
Tuzlar olishning boshqa usullari ham bor.
Xossalari. Tuzlar ba’zilaridan mustasno qattiq kristall moddalardir. Suvda eruvchanligiga qarab ularni eriydigan, kam eriydigan va amalda erimaydigan tuzlarga bo’lish mumkin.
Nitrat va sirka kislotalarining barcha tuzlari suvda eriydi. Xlorid kislotaning AgCl, Hg2Cl2 va PbCl2 dan boshqa tuzlari suvda eriydi
Tuzlarning kimyoviy xossalari ularning metallarga, kislota va tuzlarga munosabati bilan belgilanadi[2,4,5].
1. Standart elektrod potensiallar qatorida har qaysi metall o’zidan keyingi metallni tuzlarining eritmalaridan siqib chiqaradi. Masalan: Zn+Hg(NO3)2=Zn(NO3)2+Hg
2. Tuzlar ishqorlar bilan o’zaro ta’sirlashadi:
CuSO4+2NaOH=Cu(OH)2↓+Na2SO4
3. Tuzlar kislotalar bilan ta’sirlashadi:
CuSO4+H2S=CuS↓+H2SO4
4. Ko’pchilik tuzlar bir – biri bilan reaksiyaga kirishadi:
CaCl2+Na2CO3=2NaCl+CaCO3
1 – 4 – reaksiyalarni o’tkazishda odatda tuzlarning eritmalari olinadi. Hosil bo’ladigan mahsulatlardan biri reaksiya doirasidan chiqib ketadigan, ya’ni cho’kma holida tushadigan, gaz holida chiqib ketadigan yoki kam dissotsilanadigan birikma bo’lgandagina reaksiyalar oxiriga qadar boradi.



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish