Hususiy kapital hisobi va auditi


Korporativ obligatsiyalar bilan bog’liq xo’jalik jarayonlarining



Download 226,81 Kb.
bet22/41
Sana29.03.2023
Hajmi226,81 Kb.
#923089
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41
Bog'liq
Hususiy kapital hisobi va auditi

Korporativ obligatsiyalar bilan bog’liq xo’jalik jarayonlarining emitentdagi hisobi

Obligatsiyalarni chiqaruvchi emitent - jamiyat obligatsiyalarni emissiyasi va joylashtirilishi bilan bog’liq xo’jalik jarayonlarini quyidagi schyotlar yordamida aks ettiradi:

  • 0960 - «Diskont (chegirma)lar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar» obligatsiyalarni qoplanish davri davomida xarajatlarga taqsimlanadigan obligatsiyalarni nominal qiymatidan past narxda sotishdagi chegirmalar bo’yicha;

  • 3220 - «Diskont (chegirma)lar bo’yicha kechiktirilgan xarajatlar» obligatsiyalarni qoplanish davri davomida xarajatlarga taqsimlanadigan obligatsiyalarni nominal qiymatidan past narxda sotishdagi chegirmalar bo’yicha;

  • 6220 - «Mukofot (ustama)lar ko’rinishidagi kechiktirilgan daromadlar» obligatsiyalarni qoplanish davri davomida daromadlarga taqsimlanadigan obligatsiyalarni nominal qiymatidan yuqori narxda sotishdagi mukofotlar bo’yicha;

  • 6830 - «To’lanadigan obligatsiyalar» yoki 7830 - «To’lanadigan obligatsiyalar» - olingan summaga;

  • 9530 - «Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» yoki 9590 - «Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari»;

  • 9610 - «Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar».

Qimmatli qog’ozlarni chiqarish va joylashtirish bilan bog’liq xarajatlar, xususan qimmatli qog’ozlar emissiya risolasini tayyorlash, blankalarni tayyorlash va xarid qilish, qimmatli qog’ozlarni ro’yxatdan o’tkazish va shunga o’xshash boshqa xarajatlar moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar tarkibiga qo’shiladi.
Depozitariylarning xizmat haqi hamda respublika byudjetiga ro’yxatga olish yig’imi to’lash boshqa operatsion xarajatlar tarkibiga qo’shiladi:
Debet 9430 - «Boshqa operatsion xarajatlar» schyoti;
Kredit 6010 - «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» schyoti;
Kredit 6410 - «Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» schyoti.
Obligatsiyalarning nominal qiymati bo’yicha sotilishi, qarz bo’yicha foizlarning hisoblanishi va obligatsiyalarning qoplanishi emitentda quyidagi buxgalteriya yozuvlari asosida aks ettiriladi:
a) obligatsiyalarning nominal qiymati bo’yicha sotilishi:
Debet 5110 - «Hisob-kitob schyoti» schyoti - kelib tushgan pul mablag’lari summasiga;
Kredit 6830 - «To’lanadigan obligatsiyalar» schyoti - kelib tushgan pul mablag’lari summasiga;
b) qarz bo’yicha foizlarning hisoblanishi va to’lanishi:
Debet 9610 - «Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar» schyoti;
Kredit 5110 - «Hisob-kitob schyoti» schyoti;
v) obligatsiyalarni qoplanishi:
Debet 6830 - «To’lanadigan obligatsiyalar» schyoti;
Kredit 5110 - «Hisob-kitob schyoti» schyoti.

Obligatsiyalarni mukofot bilan sotish emitent tomonidan quyidagi yozuvlar yordamida aks ettiriladi:


a) obligatsiyalarni nominaldan yuqori narx bo’yicha sotilishi:
Debet 5110 - «Hisob-kitob schyoti» schyoti - kelib tushgan pul mablag’lari summasiga;
Kredit 6830 - «To’lanadigan obligatsiyalar» schyoti - obligatsiyaning nominal summasiga;
Kredit 7830 - «To’lanadigan obligatsiyalar» schyoti - obligatsiyaning nominal summasiga;
Kredit 6220 - «Mukofot (ustama)lar ko’rinishidagi kechiktirilgan daromadlar» schyoti - mukofot (ustama)lar summasiga;
Kredit 7220 - «Mukofot (ustama)lar ko’rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar» schyoti - mukofot (ustama)lar summasiga;
b) uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarning joriy qismini ajratilishi:
Debet 7220 - «Mukofot (ustama)lar ko’rinishidagi uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar» schyoti;
Kredit 6220 - «Mukofot (ustama)lar ko’rinishidagi kechiktirilgan daromadlar» schyoti;
v) joriy kechiktirilgan daromadlarning bir qismini hisobdan chiqarilishi:
Debet 6220 - «Mukofot (ustama)lar ko’rinishidagi kechiktirilgan daromadlar» schyoti - mukofot (ustama)lar summasiga;
Kredit 9530 - «Foizlar ko’rinishidagi daromadlar» schyoti.

Obligatsiyalarni sotish narxi uning nominal qiymatidan past bo’lganda emitent tomonidan sotish jarayoni quyidagicha aks ettiriladi:


a) obligatsiyalarni nominaldan past narx bo’yicha sotilishi:
Debet 5110 - «Hisob-kitob schyoti» schyoti - kelib tushgan pul mablag’lari summasiga;
Debet 0960 - «Diskont (chegirma)lar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar» schyoti;
Debet 3220 - «Diskont (chegirma)lar bo’yicha kechiktirilgan xarajatlar» schyoti;
Kredit 6830 - «To’lanadigan obligatsiyalar» schyoti - obligatsiyaning nominal summasiga;
Kredit 7830 - «To’lanadigan obligatsiyalar» schyoti - obligatsiyaning nominal summasiga;
b) uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismini ajratilishi:
Debet 3220 - «Diskont (chegirma)lar bo’yicha kechiktirilgan xarajatlar» schyoti;
Kredit 0960 - «Diskont (chegirma)lar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar» schyoti;
v) joriy kechiktirilgan xarajatlarning bir qismini hisobdan chiqarilishi:
Debet 9610 - «Foizlar ko’rinishidagi xarajatlar» schyoti;
Kredit 3220 - «Diskont (chegirma)lar bo’yicha kechiktirilgan xarajatlar» schyoti.
Boshqa mablag’lar bo’lmagan hollarda obligatsiyalarni qoplash rezerv fondi hisobidan amalga oshirilishi mumkin17.


1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish