Hususiy kapital hisobi va auditi


Aksiyalarning chiqarilishi to’grisidagi qarorni davlat ro’yxatidan o’tkazish



Download 226,81 Kb.
bet18/41
Sana29.03.2023
Hajmi226,81 Kb.
#923089
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41
Bog'liq
Hususiy kapital hisobi va auditi

Aksiyalarning chiqarilishi to’grisidagi qarorni davlat ro’yxatidan o’tkazish

Aksiyadorlik jamiyati (AJ)ning aksiya chiqarish to’g’risidagi qarori davlat ro’yxatidan quyidagi shartlar asosida o’tkaziladi:

  • AJ yuridik shaxs maqomini olgandan keyin - bir oydan kechikmasdan;

  • AJ qo’shimcha aksiya chiqarsa, aksiyasining nominal qiymati oshirilsa yoki ustavga o’zgartirish kiritilsa - aksiya chiqarish to’g’risida qaror qabul qilingan sanadan yoki ustavga o’zgartirish kiritilgan sanadan keyin 3 oydan kechikmasdan.

Jamiyatning emissiyaviy qimmatli qog’ozlarni chiqarish to’g’risidagi qarorida quyidagilar ko’rsatilishi zarur:

  1. emitentning to’liq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili);

  2. aksiyalarni chiqarish to’g’risidagi qaror tasdiqlangan sana;

  3. aksiyalarni chiqarish to’g’risidagi qarorni tasdiqlagan emitent ijroiya organining nomi;

  4. aksiyalarning nomi va ularning chiqarilish shakli;

  5. aksiyalar egasining huquqlari;

  6. aksiyalarni joylashtirish shartlari;

  7. aksiyalarning chiqarilishdagi soni;

  8. aksiyalarni nominal qiymati.

CHiqarilgan aksiyalarning qiymatlari pul bilan to’lanishi nazarda tutilmagan bo’lsa, u holda aksiya chiqarish to’g’risidagi qarorda aksiyalar qiymati sifatida to’lanishi nazarda tutilgan mulklar ro’yxati ko’rsatib o’tilishi zarur.
Aksiya chiqarish to’g’risidagi qaror quyidagi shaxslar tomonidan tasdiqlanadi:

  • emitentning ustaviga muvofiq emitentni boshqaruv organi tomonidan;

  • agar aksiyadorlik jamiyatining ustavida nazarda tutilgan bo’lsa, kuzatuv kengashi tomonidan.

Emissiyaviy qimmatli qog’ozlarning chiqarilishini davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  1. aksiya chiqarishni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun ariza;

  2. aksiya chiqarish to’g’risidagi qarorni emitentning vakolatli organi tomonidan qabul qilinganligini tasdiqlovchi hujjatning kvorum va ovoz berish natijalari ko’rsatilgan holda notarial tasdiqlangan nusxasi. Aksiya chiqarish to’g’risidagi qaror Kuzatuv kengashi tomonidan qabul qilinsa, ovoz berishda ishtirok etgan Kuzatuv kengashi a’zolarining F.I.SH. ikki nusxada ko’rsatiladi;

  3. qo’shimcha va o’zgartirishlarni qo’shgan holda ustav va ta’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxasi;

  4. uchta nusxada emissiya risolasi (chiqarish anketasi) va aksiya larni chiqarish to’g’risidagi qaror uchta nusxada;

  5. emitentni ro’yxatga olish kartasi;

  6. aksiya chiqarishni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun belgilangan yig’imni to’laganligi to’g’risidagi hujjatning nusxasi;

  7. aksiyalar chiqarilishini ro’yxatga olish bo’yicha taqdim qilingan hujjatlarni ko’rib chiqish uchun belgilangan yig’imning to’langanligini tasdiqlovchi to’lov hujjatining nusxasi;

  8. emitentning vakolatli organi tomonidan aksiyalarning emissiya prospektini tasdiqlovchi hujjatning emitent tomonidan tasdiqlangan nusxasi, shuningdek ko’rsatilgan masala bo’yicha kvorum va saylash natijalari ko’rsatilgan holdagi majlis bayoni taqdim etiladi. Kuzatuv kengashi tomonidan emissiya prospekti tasdiqlanganda, ikki nusxada saylovda qatnashgan Kuzatuv kengashi a’zolarining familiyasi, ismi va otasining ismi ko’rsatiladi;

  9. ikki nusxada taqdim qilingan hujjatlar ro’yxati.

Aksiyalar chiqarishni davlat tomonidan ro’yxatga olinishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi huzuridagi Qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining markaziy apparatida:

  • emitentning birlamchi chiqargan aksiyalar emissiyasi hajmi davlat tomonidan ro’yxatga olish uchun hujjatlar taqdim qilingan davrdagi eng kam oylik ish haqining 50 ming barobariga teng yoki undan ko’p bo’lsa;

  • emissiya sug’urta tashkilotlari, fond birjalari, investitsiya institutlari, xorijiy investitsiyalarga ega bo’lgan korxonalar tomonidan amalga oshirilsa;

b) emitentning birlamchi chiqargan aksiyalarining emissiyasi hajmi, davlat tomonidan ro’yxatga olish uchun hujjatlar taqdim qilingan davrdagi eng kam oylik ish haqi miqdorining 50 ming barobaridan kam bo’lsa, u holda O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi huzuridagi Qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazining hududiy bo’limlarida16.
CHiqarish hajmidan qat’i nazar aksiyalarning keyingi chiqarilishi dastlabki chiqarilgan aksiyalar ro’yxatga olingan organda amalga oshiriladi.
Aksiyalar chiqarilishining davlat tomonidan ro’yxatga olinishi, emitent tomonidan barcha zaruriy hujjatlar ilova qilingan holda ariza taqdim qilgan vaqtdan boshlab 30 kundan kechikmasdan amalga oshirilishi shart.
CHiqarilgan aksiyalar davlat tomonidan ro’yxatga olingandan keyin emitentga quyidagilar taqdim etiladi:

  • aksiya chiqarish to’g’risidagi qarorning bir nusxasi (bir nusxasi Qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Markazida qoladi, bir nusxasi Markaziy depozitariyga beriladi);

  • chiqarilgan aksiyalarga davlat identifikatsiya tartib raqami berilgan va uni davlat ro’yxatiga olinganligi to’g’risidagi belgi bilan aksiyalar emissiyasi prospekti (chiqarish anketasi)ning nusxasi.

Aksiyalar chiqarilishi davlat tomonidan ro’yxatga olingandan so’ng emitent ikki hafta muddat ichida ommaviy axborot vositalarida aksiyalar chiqarilishi to’g’risidagi habarni chop ettirish (ma’lumotlarni ochish)ga majbur.
Ommaviy axborot vositalari chop ettirilgan yoki e’lon qilingan habarlar o’z ichiga quyidagilarni olishi zarur:

  • chiqarishni davlat ro’yxatidan o’tkazish bo’yicha ma’lumotlarni qo’shgan holda aksiyalarni chiqarish to’g’risidagi ma’lumotlar;

  • investorlarni emissiya risolasi (chiqarish anketasi) bilan tanishish joyi va tartibi (ularni joylashtirish boshlanishidan eng kamida ikki hafta oldin);

  • aksiyalarni emissiya risolasi (chiqarish anketasi)dagi o’zgarishlar to’g’risidagi ma’lumot;

Ma’lumotlarni e’lon qilishdan tashqari emitent bir yil ichida emissiya qilingan aksiyalarni o’z ta’sischilari o’rtasida joylashtirishni amalga oshirishga majbur.
Aksiyadorlik jamiyatlari tashkil qilinganda aksiyalar uning ta’sischilari tomonidan nominal qiymati bo’yicha to’lanadi va aksiyalarning birinchi marta chiqarilishi ta’sischilar o’rtasida joylashtirilishi kerak.


1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish