Hususiy kapital hisobi va auditi


Sotib olingan o’z aksiyalarini buxgalteriyada hisobga olish



Download 226,81 Kb.
bet20/41
Sana29.03.2023
Hajmi226,81 Kb.
#923089
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41
Bog'liq
Hususiy kapital hisobi va auditi

Sotib olingan o’z aksiyalarini buxgalteriyada hisobga olish

Aksiyadorlik jamiyatlari o’z xususiy aksiyalarini sotib olishi odatda quyidagi sabablarga ko’ra amalga oshiriladi:

  • Aksiyaning bozor kursini saqlab turish;

  • Qolgan har bir aksiyaga to’g’ri keluvchi dividendlar miqdorini oshirish;

  • Aksiyalarni o’z xodimlari o’rtasida joylashtirish;

  • Qolgan aksiyalarning nominal qiymatini oshirish;

  • Nazorat paketini qo’lga kiritish uchun aksiyalarni boshqa korxonalar tomonidan sotib olinishini oldini olish.

Aksiyadorlik jamiyati tomonidan xususiy aksiyalarni sotib olish ular tomonidan moliyaviy qo’yilmalarni amalga oshirishni emas, balki mablag’larni xususiy manbalarini kamayishini namoyon qiladi. Sotib olingan xususiy aksiyalar hisobi quyidagi kontrpassiv schyotlarda yuritiladi:
8610 - «Sotib olingan xususiy aksiyalar - oddiy»;
8620 - «Sotib olingan xususiy aksiyalar - imtiyozli».
Ustav kapitaliga kontrpassiv schyoti sifatida ular aksiyadorlik jamiyatining xususiy kapitalini kamaytiradi va balansda ustav kapitali miqdoridan chiqarib tashlanishi kerak. Xususiy aksiyalarni xarid qilinishi jamiyatning aktivlari hamda aksiyadorlik kapitalining kamayishini ifodalaydi.
Aksiyadorlik jamiyati tomonidan xususiy aksiyalarning sotib olinishi, tugatilishi va sotilishi buxgalteriya hisobida quyidacha aks ettiriladi:
a) aksiyadorlik jamiyati tomonidan xususiy aksiyalarning sotib olinishini aks ettirish:
Debet 8610 - «Sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy» schyoti;
debet 8620 - «Sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli» schyoti;
Kredit 5010 - «Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyoti;
Kredit 5110 - «Hisob-kitob schyoti» schyoti;
Kredit 6620 - «CHiqib ketayotgan ta’sischilarga ulushlari bo’yicha qarz» schyoti;
b) sotib olingan xususiy aksiyalar tugatilishi aks ettiriladi:

  • sotib olish qiymatiga:

Debet 8310 - «Oddiy aksiyalar» schyoti;
Debet 8320 - «Imtiyozli aksiyalar» schyoti;
Kredit 8610 - «Sotib olingan xususiy aksiyalar— oddiy» schyoti;
Kredit 8620 - «Sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli» schyoti;

  • nominal qiymatdan past bo’lgan farqqa:

Debet 8310 - «Oddiy aksiyalar» schyoti;
Debet 8320 - «Imtiyozli aksiyalar» schyoti;
Kredit 9590 - «Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari» schyoti;

  • nominal qiymatdan yuqori bo’lgan farqqa:

Debet 8410 - «Emissiya daromadi» schyoti;
Debet 9690 - «Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar» schyoti;
Kredit 8610 - «Sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy» schyoti;
Kredit 8620 - «Sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli» schyoti;
v) sotib olingan xususiy aksiyalarning sotib olish qiymatidan yuqori narxda sotilishini aks ettirish:

  • sotib olish qiymatiga:

Debet 5010 - «Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyoti;
Debet 5110 - «Hisob-kitob schyoti» schyoti;
Kredit 8610 - «Sotib olingan xususiy aksiyalar— oddiy» schyoti;
Kredit 8620 - «Sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli» schyoti;

  • sotib olish qiymatidan yuqori bo’lgan farqqa:

Debet 5010 - «Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyoti;
Debet 5110 - «Hisob-kitob schyoti» schyoti;
Kredit 9590 - «Moliyaviy faolkyatning boshqa daromadlari» schyoti;
g) sotib olingan xususiy aksiyalarni sotib olish qiymatidan past narxda sotilishi aks ettiriladi:

  • sotish qiymatiga:

Debet 5010 - «Milliy valyutadagi pul mablag’lari» schyoti;
Debet 5110 - «Hisob-kitob schyoti» schyoti;
Kredit 8610 - «Sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy» schyoti;
Kredit 8620 - «Sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli» schyoti;

  • sotib olish qiymatidan past bo’lgan farqqa:

debet 9690 - «Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar» schyoti;
kredit 8610 - «Sotib olingan xususiy aksiyalar — oddiy» schyoti;
kredit 8620 - «Sotib olingan xususiy aksiyalar — imtiyozli» schyoti.
Sotib olingan o’z aksiyalari sotib olish qiymatidan past narxlarda sotilsa aksiyadorlik jamiyatining ko’rgan zarari 8410 - «Emissiya daromadi» schyotidagi summalar hisobidan kamaytiriladi. Emissiya daromadi qoldig’i kamlik qilganda ularni moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar sifatida tan olinadi.
Aksiyalarni sotib olish aksiyadorlar umumiy yig’ilishining qaroriga muvofiq ustav kapitalini kamaytirish maqsadida amalga oshirilgan bo’lsa, sotib olingan o’z aksiyalari tugatiladi va jamiyatning ustavi qayta ro’yxatdan o’tkazilishi shart. Bu jarayon buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi ( -jadval):

Download 226,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish