Huquqshunoslik


Huquqiy madaniyat, huquqiy ong, huquqiy bilim



Download 173,92 Kb.
bet8/37
Sana04.12.2019
Hajmi173,92 Kb.
#28287
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
Huquqshunoslik (O.Karimova)-unlocked-converted

Huquqiy madaniyat, huquqiy ong, huquqiy bilim

Ma’lumki, shaxslarning huquqiy bilimi, huquqiy ongi, madaniyati qanchalik yuqori bo‘lsa, shuncha huquqiy munosabatlarda qonun-qoidalardan, huquq me’yorlaridan foydalanishi oson bo‘ladi.



Ijtimoiy hayotni huquqiy tartib doirasida tutish to‘g‘risidagi tushunchalar tizimi, ijtimoiy ong shakli — huquqiy ong bo‘lib hisoblanadi. Har xil turda ijtimoiy ong mavjud, bular — siyosiy, axloqiy, diniy, huquqiy va h.k.

Huquqiy madaniyat keng ma’noga ega bo‘lib, shaxs- ning qonunga, davlat tomonidan o‘rnatilgan tartib- qoidalarga rioya etishdagi xulqi, munosabatini bildiradi. Umuman madaniyatli va madaniyatsiz shaxs bo‘lgani- dek, odamlar huquqiy madaniyatli, huquqiy madaniyat- sizlarga bo‘linadi. Huquqiy madaniyatli bo‘lish uchun hamma qonun me’yorlarini yoddan bilishi shart emas, unga rioya etish, qonun asosida ish tutish lozim. Ayrim huquq me’yorlarini mukammal biladigan shaxslar huquqbuzarliklari uchun javobgarlikka tortiladilar. Ular huquqiy bilimli bo‘lganlari bilan huquqiy madaniyatdan uzoqdirlar. Demak, huquqiy madaniyat shaxsning ongli ravishda huquqiy me’yorlarga rioya qilishi, o‘z xulq- atvori bilan o‘rnatilgan tartib-qoidaga bo‘ysunishi, desak bo‘ladi.

Huquqiy ong huquqiy madaniyatning ajralmas qismi hisoblanadi. Har bir shaxsning huquqiy ongi uning qo- nun me’yorlariga munosabatidan, ularni qabul qilish xis- latlaridan, o‘rnatilgan qonunni qo‘llash, unga rioya qi- lish tushunchalaridan kelib chiqadi.

«Biz, — deydi I. Karimov, — odamlarning eskicha psixologiyasini o‘zgartirib, ularda yangi huquqiy ongni

I b o b. Davlat va huquq nazariyasi 33

shakllantirmog‘imiz lozim. Shunday bo‘lsinki, har bir kishi erkinliklari — ayni vaqtda muayyan burch, maj- buriyat va mas’uliyat ekanligini chuqur his etib tursin»1.



Huquqiy ong — shaxslar tomonidan davlat organlari orqali qabul qilingan qonun hujjatlarini anglash, ularga rioya etish, ulardan ongli ravishda huquqiy munosabatga kirish jarayonida foydalanish qobiliyati, desak ham bo‘ladi. Har bir shaxs u yoki bu huquqiy munosabatga kirar ekan, ongli ravishda uning oqibatini biladi. U ongli ravishda bu munosabatlarni amalga oshiradi. Agar huquqiy ong shaxs ruhiyati orqali qonunning tub ma’nosini tushunib, uni qabul qilish xususiyatini o‘rnata olgan bo‘lsa, huquqiy madaniyat bu xususiyatni amalga oshirish jarayoni bo‘lib hisoblanadi. Agar huquqiy ong bilan huquqiy madaniyat bir xil ta’sir kuchiga ega bo‘lsa, huquqbuzarlik, qonunga rioya qilmaslik yoki boshqa no- jo‘ya harakat amalga oshmaydi. Lekin ong yetarli dara- jada qonuniy hujjatlar ma’nosini qabul qilsa-da, huquqiy madaniyat shaxsda past bo‘lsa, salbiy oqibat ro‘y beradi. Ongli, bir qarashda tarbiyali deb tanilgan shaxs har doim huquqiy madaniyatli bo‘lmaydi. Masalan, ayrim o‘qituv- chilar o‘z fanini mukammal bilishi, darslarni barbod qilmasligi, ongli ravishda o‘quv yurtida o‘rnatilgan qoidalarga rioya qilishi bilan bir qatorda, huquqiy madaniyatsizligi tufayli tamagir, talabadan biron-bir narsa undirishga, dala hovlisida tekin ishlatishga yoki boshqa inson huquqiga putur yetkazadigan harakatlar qi- ladi.

Huquqiy madaniyat, huquqiy ong huquqiy bilim bi-

lan chambarchas bog‘liq. Huquqiy bilim bir necha bosqichdan iborat. Bunga misol qilib maxsus huquqiy bilim, umumiy huquqiy bilim, qisman huquqiy bilimlarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.





1 I. Karimov. Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi. T.: O‘zbe- kiston, 1997. 120-bet.
2 — Huquqshunoslik

34 Huquqshunoslik

Odatda, huquqiy bilimli shaxs qonun hujjatlarini ongli ravishda qabul qilib, huquqiy madaniyatli bo‘lganligi uchun ularni buzmasligi kerak. «Afsuski... huquqni muho- faza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan jinoyatga qo‘l urish holatlari ham mavjud. Bu hollar viloyat huquqni muhofaza qilish idoralari, soliq va bojxona xizmati faoli- yatida jiddiy kamchiliklar borligidan dalolat beradi», degan edi Respublikamiz Prezidenti xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashining navbatdan tashqari ses- siyasida (1997-yil 14-fevralda) so‘zlagan nutqida. Tinch- likni saqlash va xavfsizlikni ta’minlash uchun javobgar shaxslarni huquqiy bilimsiz deb bo‘ladimi? Yo‘q, albatta. Lekin ular orasida ayrimlarining huquqiy madaniyati sust bo‘lganligi tufayli ong salbiy oqibatga xizmat qiladi. Demak, huquqiy bilimli bo‘la turib, huquqiy madaniyatli yoki madaniyatsiz bo‘lishda huquqiy ong o‘z kuchini ijobiy yoki salbiy tomondan ko‘rsatishi mumkin.



Savol va topshiriqlar


  1. Davlat nima?

  2. Huquq nima?

  3. Davlat va huquq nazariyasi darsining boshlanishida siz huquq va qonun so‘zlari bilan to‘qnashgansiz. Ayting-chi, ularning o‘rtasida qanday o‘xshashlik va qanday farq bor? Qonunga va axloqqa tegishli misollar keltiring.

  4. Ayting-chi, davlat va huquqsiz yashash mumkinmi? Huquqiy tartibot nima uchun o‘rnatiladi? Qonunlar nega zarur? O‘z fikringizni bildiring.

  5. Qonunni bilmaslik nega javobgarlikdan ozod qilmaydi?

  6. Huquq normalarini alohida, axloq normalarini alohida yozing va jadvalni to‘ldiring.



Huquq normalari

Axloq normalari



















I b o b. Davlat va huquq nazariyasi 35


  1. Quyidagilarga izoh bering:

    1. A. birovning mulkini o‘g‘irladi.

    2. D. ustoziga darsga kelmaganligi to‘g‘risida kasal bo‘lib qoldim, deb yolg‘on gapirdi.

    3. S. auditoriyaning eshik-derazasiga zarar yetkazdi.

    4. M. o‘rtog‘i to‘g‘risida tuhmat so‘zlarni gapirdi.

Yuqoridagilardan qaysi biri huquq normalarini buzdi?

36 Huquqshunoslik


Download 173,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish