O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti
Fakulteti
yo’nalishi
-guruh talabasi
ning
Huquqiy Madaniyat va Huquqiy Tarbiya Asoslari fanidan Qonunchilik va uning bosqichlari mavzusida
Topshirdi: .
Qabul qildi: .
CHIRCHIQ 2021
Qonunchilik va uning bosqichlari
Reja:
Kirish…………………………………………………………….……3
Qonun………………………………………………………….……..6
Qonunchilik…………………………………………………….……9
Qonun ustuvorligi……………………………………………….…11
Qonunchilik va uning bosqichlari………………………….…..14
Konistitutsiya va qonun ustinligi…………………………….….51
Xulosa…………………………………………………………..….…63
Foydalanilgan Adabiyotlar……………………………………..…65
KIRISH
Mustaqil O‘zbekistonda huquqiy ta’lim va uning huquqiy asoslari. Inson qalbiga yo‘l topish, avvalo, ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Huquqiy savodxonlik va bilimlarni amaliy hayotda qo‘llay olish ko‘p jihatdan huquqiy ta’limning mazmun-mohiyatiga bog‘liqdir. SHu nuqtai nazardan qaraganda, huquqiy ta’lim har bir shaxsning o‘z huquqlarini bilishi va himoya qilishini ta’minlashda asosiy omil hisoblanadi. O‘quvchilarga huquqiy ta’lim berishdan maqsad, huquqiy tarbiya, huquqiy darajadagi yukori ongni, huquqiy madaniyatni shakllantirishdir. Bu umumiy maqsad doirasida ikki guruxdagi vazifalar hal etiladi:
birinchisi, o‘quvchilarda ahlokiy, huquqiy bilim, ko‘nikma, malaka va odatlarni shakllantirish;
ikkinchisi, o‘quvchilarning huquqiy tarbiyalari bilan bog‘lik vazifalar kiradi.
Bu odatda ahloq va huquq normalariga hurmatni, qonuniylik va huquqiy tartibotning buzilishiga yo‘l quymaslik, ijtimoiy faollik, inson huquq va erkinliklariga hurmat, o‘zining huquq va erkinliklarini himoya qilish insonparvar huquqiy demokratik davlat prinsiplariga hurmatni, bu prinsiplarga amal qilgan holda yashashni shakllantirishdir.
Huquqiy ta’lim asosida huquqiy normalarni tushunish yotadi. Lekin bu normalarning hammasini maktabda uzlashtirish mumkin emas. Bunga maxsus huquqiy ta’lim olish jarayonida erishish mumkin. O‘quvchilarga huquqiy ta’lim berish oldida ularga davlat va huquqiy hodisalar to‘g‘risida umumiy tushunchalar xosil kiluvchi elementlar huquqiy normalar to‘g‘risida bilim berish vazifasi turadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun bu fanni o‘qitish usuli va uslublari bulishi shart.
Har bir huquqiy bilim beruvchi ustoz o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yishi lozim. Huquqiy bilimning asosiy maqsadi shaxsda, guruhda huquqiy tushunchani shakllantirish va uning asosida huquqiy tarbiyaga erishishdan iboratdir.
Huquqiy bilim olish jarayonida tinglovchilar qonunlarni bilishga, ulardan foydalanishga, hayotga tadbiq etishga erishishlari, o‘z huquq va erkinliklarini mukammal bilib, qonunga rioya qilish majburiyatini o‘rganishi lozim.
Huquqiy bilim bilan bog‘liq huquqiy tarbiyada shaxslar huquqbuzarlik sodir etmasliklari, qonun doirasida ish tutishlari, o‘zlarini va boshqa shaxslarni hurmat qilishlari, davlat, jamiyat va oilada o‘rnatilgan tartib-qoidalarni buzmasliklari kabi tarbiyaga erishishlari kerak.
Bu maqsadni amalga oshirishda eng birinchi o‘rinni huquqiy ta’lim va shunday ta’limni beruvchi shaxs egallaydi. Fanning vazifasi ham shundadir.Ta’lim beruvchi o‘zining bugungi mavzusini shu darajada yaxshi bilishi kerakki auditoriya uni eshitsin, undan mannun bo‘lsin. Huquqiy ta’lim bo‘yicha berilgan ma’lumotdan tinglovchi o‘zining kundalik xayotida, amaliyotda foydalana olish darajasiga ega bo‘lsin. Ta’lim beruvchining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi ana shundan iborat bo‘lishi lozim.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishganidan so‘ng ilk qonun hujjatlaridan biri “YOshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi Qonun hisoblanadi.( 20.11.1991y.) Mamlakatimizdagi ta’lim-tarbiya jarayonlarining huquqiy asosini O‘zbekiston Respublikasining 1997.29.08 dagi "Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni(5 bob, 34 modda), Kadrlar tayorlash Milliy dasturi, Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy Dasturi va sohaga ta’luqli bo‘lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlar tashkil etadi.
3-modda. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari
Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
umumiy o‘rta ta’limining majburiyligi;
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo‘nalishini: akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
Mamlakatimizda bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishda fuqarolarning faolligi va huquqiy savodxonligi muhim axamiyat kasb etishini hisobga olib, 1997.29.08 da “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi” qabul qilindi.
2001-2002 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi barcha ta’lim muassasalarida o‘qitish yo‘lga qo‘yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |