O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi chirchiq Davlat Pedagogika Instituti



Download 80,02 Kb.
bet2/37
Sana31.12.2021
Hajmi80,02 Kb.
#263052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Qnunchilik va uning bosqichlari

Qonun

Qonun (huquqda) — inson, jamiyat va davlat manfaatlari nuqtai nazaridan eng muhim hisoblanadigan ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash, rivojlantirish va tartibga solish vositasi. Q. davlat oliy vakillik organlarining eng yuqori kuchga ega boʻlgan hujjatidir. Q. davlat huquq tizimining asosini tashkil qiladi, davlatning boshqa hamma organlarining normativ aktlariga nisbatan eng katta yuridik kuchga ega boʻladi. Q. uchun uni qabul qilishning alohida tartibi. bir necha bosqichdan iborat maxsus qonun chiqarish jarayoni xosdir. Bu bosqichlar qonunchilik tashabbusi, qonun loyihasining muhokama qilinishi, Q.ning qabul qilinishi va uning eʼlon qilinishidan iborat. Q.lar oʻzida mujassamlashgan normag larning mohiyati boʻyicha konstitutsiyaviy. toʻgʻridan-toʻgʻri konstitutsiya talablari asosila qabul qilinadigan (organik) va oddiy Q.larga boʻlinadi. Oddiy Q.lar, oʻz navbatida, kodifi-katsiya qilingan va joriy Q.larga boʻlinadi. Federativ davlatlarda Q.lar, shuningdek, federal va fede-ratsiya subʼyektlari Q.lariga ajratiladi. Q.larning alohida toifasini favqulodda Q.lar tashkil etadi.

Normativlik Qonunning muhim belgisi va xususiyati hisoblanadi. Huquqiy hujjatlarning boshqa shakllari ham normativ boʻlishi mumkin, lekin ular Q.chalik qatʼiy kuchga ega boʻlmay, qisqa muddat amal qiladigan yoki huquqni muhofaza etuvchi boʻlishi mumkin. Qonunning normativligi uning bir xildagi qoidani barcha uchun norma, meʼyor, mezon darajasiga koʻtarilishidadir. Qonunda mustahkamlangan qoida hamma oʻxshash hollarda bir xildagi talab sifatida takror-takror amal qiladi. Q.ning normativligi unda ifodalangan davlat irodasining qatʼiyligi, ustunligi va oliyligi bilan chambarchas bogʻliqligidadir. Aynan shu irodaning imperativ (boʻysundiruv-chi) mazmuni Q. vositasi bilan umumiy yurish-turish va xulq-atvor mezonlarini belgilaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Q.lari quyidagi guruhlarga boʻlinadi: 1) asosiy qonun — Konstitutsiya; 2) Konstitutsiyaviy qonun; 3) Qonun (kodekslar va joriy Qonunlar); 4) Qoraqalpogʻiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlari Qonunlar va boshqa normativ hujjatlar orasida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosiy oʻrinni egallaydi. Ushbu hujjat davlat hokimiyatining tashkil etilishini va boshqaruv mexanizmini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy asoslari, siyosiy tizimini.insonlar va fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitutsiya jamiyat huquqiy tizimining , butun qonunchilikning oʻzagini, yuridik zaminini tashkil etadi. Joriy Qonunlarning barchasi konstitutsiya qoidalari va prinsiplari asosida hamda ularning ijrosi manfaati yoʻlida chiqariladi.

Q.lar quyidagi hollarda kuchga kiradi: rasman eʼlon qilingandan 10 kun oʻtgach; Q.da yoki uni amalga kiritish toʻgʻrisida maxsus hujjatda koʻrsatilgan vaqtdan boshlab. Q. oʻzida koʻrsatilgan muddat tugagan boʻlsa yoki bekor qilinishi natijasida (ijtimoiy munosabatlarning shu sohasini tartibga soluvchi yangi Q. qabul qilinishi munosabati bilan) oʻz kuchini yoʻqotadi.

Q. zamonda amal qiladi. Buning maʼnosi shuki, ayrim Q.lar orqaga qaytish kuchiga ega. Yaʼni, Q. eʼlon qilinmasdan oldin boʻlgan ishlarga shu Q. tatbiq etiladi. Jumladan, Oʻzbekistonda jinoyat va maʼmuriy javobgarlikni yengillashtiruvchi Q.lar orqaga qaytish kuchiga ega. Q. makonda ham amal qiladi. Buning maʼnosi Q.lar mamlakatning barcha hududlarida amal qilishini bidsiradi. Davlat hududiga quruqlik, ichki suvlar va hududiy dengiz havzalari, ushbu hududlar ustidagi havo boʻshligʻi va davlat chegarasi doirasidagi yer osti kiradi. Odatda, Q.lar ushbu hududdagi barcha subʼyektlar, yaʼni fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir.

Q.ning oliy yuridik kuchga egaligi quyidagilarda namoyon boʻladi: Q.ni uni qabul qilgan oliy vakillik organidan boshqa hech kim oʻzgartira olmaydi, bekor qila olmaydi yoki yangisini oʻrnata olmaydi; boshqa barcha normativ-huquqiy aktlar Q.ga qatʼiy muvofiq holda qabul qilinadi va amalga oshiriladi; bironbir qonunosti normativ-huquqiy akt, yaʼni, qonunga asoslangan hujjat Q.ga zid boʻlsa, u Q.ga muvofiq holga keltiriladi yoki bekor qilinadi; Q.ni qabul qilgan organdan boshqa hech kim uni qoʻshimcha tarzda tasdiqlashi va harakatdan toʻxtatib qoʻyishi mumkin emas.

Oʻzbekiston Respublikasining Q.larida yangilanayotgan ijtimoiy tuzumning , huquqiy davlat barpo etishning eng muhim prinsiplari, rivojlanish yoʻnalishlari va dasturiy vazifalari oʻz aksini topadi.


Download 80,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish