Huquq tushunchasi va ta’rifi


Huquqni normativ tushunishning salbiy jihatlari



Download 118,5 Kb.
bet7/14
Sana22.04.2022
Hajmi118,5 Kb.
#574216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Huquq tushunchasi va ta’rifi

Huquqni normativ tushunishning salbiy jihatlari:
- shaxsning tabiiy huquqlarini cheklaydi, davlat yaratgan huquqlarning ustuvorligiga asoslanadi;
- huquqni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy omillardan ajratib qo‘yadi;
- yuridik normalarning ustunligini tan olish oqiba-tida eski huquq normalarining ham qo‘llanishiga yo‘l qo‘yadi;
- odat huquqi, shartnomalarni huquq manbai sifatida yetarli inobatga olmaydi.
Huquqqa «sotsiologik» yondashuv - ijtimoiy hayotning o‘sishini ta’minlash vositasi.
Huquqqa «sotsiologik» yondashuv XIX asrning ikkinchi yarmida «erkin huquq» maktabi doirasida shakllangan. Ovrupoda bunday yondashuvning namoyandalari Erlix, Jeni, Muromsev va boshqalardir. Huquq normalari ijtimoiy taraqqiyot talablariga javob bermay qolgan sharoitda vujudga keldi va rivojlandi. Mazkur yondashuv quyidagi g‘oyalarga asoslanadi:
1. Huquq tabiiy huquqlarda ham emas, qonunlarda ham emas, balki qonunlarni hayotga tatbiq etishda ifodalanadi.
2. Huquq - yuridik xatti-harakatlar, yuridik amaliyot, huquqiy tartibot, qonunlarning ko‘llanishidir. Huquq bu huquqning subyektlari - jismoniy va yuridik shaxslarning amaliy xulq-atvorlaridir.
Bu nazariyaning boshqacha nomi «jonli huquq» nazariyasidir.
3. «Jonli huquq»ni dastavval sudyalar o‘zining yurisdiksion faoliyatida yaratadi. Ular «qonunlarni» huquq bilan to‘lgizadi va sudyalar huquq ijodkorligi faoliyatini amalga oshiradi.
Huquqni «sotsiologik» tushunish o‘ziga xos ijobiy va salbiy jihatlarga ega.
Ijobiy jihati shundan iboratki, birinchidan huquqni bunday tushunish huquqning hayotga tatbiq etilishiga asoslanadi.
Ikkinchidan, huquq shakllariga nisbatan ijtimoiy munosabatlar ustuvorligi tan olinadi.
Uchinchidan, davlatning iqtisodiyotga aralashuvini cheklashni tan oladi, boshqaruvni markazlashtirmaslik tarafdori.
Huquqni sotsiologik tushunishning salbiy jihatlari:
- agar huquqni qonunlarni hayotga tatbiq etish, real huquqiy tartibot deb tushunsak, huquqiy va huquqqa xilof xatti-harakatlarni belgilash mezonlari yo‘qoladi, chunki huquqni hayotga tatbiq etish qonuniy va g‘ayriqonuniy bo‘lishi mumkin;
- huquq ijodkorliganing faqat sudyalar va ma’muriyatchilarga yuklab qo‘yilishi ayrim mansabdor shaxslar tomonidan oshkora zo‘ravonlik va o‘z vakolatlari doirasidan chetga chiqish, ishonchni suiiste’mol qilish xavfini kuchaytiradi.
Bizning sharoitimizda mansabdor shaxslarning qonunni chetlab o‘tishi, qonun talablarining aksini qilgan holda o‘z manfaatlarini qondirish hollari uchrab turadi. Agar huquqni sotsiologik tushunish hukmron bo‘lsa, undaylarning faoliyati qonuniy bo‘lib qoladi va huquq bilan, qonun bilan hech qanday bog‘liq joyi qolmaydi. Mansabdor shaxslarga, ayniqsa militsiya xodimlariga «faqat qonun yo‘l qo‘ygan barcha xatti-harakatga ijozat beriladi» tamoyili ko‘proq, ishonchliroq samara beradi.
Sotsiologik yondashuv tadqiqotchilar va qonun chiqaruvchi idora uchun yaxshi samara berishi mumkin. Huquqni bilish, foydali va samarali qonunni ishlab chiqish uchun amaldagi qonunchilikni o‘rganish zarur. Hayotga tatbiq etilgan yozma huquq normalarini o‘rganish ularni takomil-lashtirishning eng ma’qul yo‘lidir. Hayotga tatbiq etilgan huquq - ijtimoiy munosabatlarni qonun bilan tartibga solishdagi nuqson va kamchiliklarni aniqlash manbaidir.

Download 118,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish