Huquqni tushunishning umumiy masalalari va ularning amaliy faoliyat uchun ahamiyati.
Huquq falsafiy va nazariy kategoriya sifatida aniq mazmunga ega bo‘lganda muhim vosita sifatida ahamiyatga molik bo‘ladi. Huquq nima degan masala bo‘yicha istagancha bahs yuritish mumkin, uning kelib chiqishini turlicha talqin qilish, huquqning mohiyati va jamiyatdagi o‘rnini aniqlashda turli fikrlar aytish mumkin. Ammo amaliy faoliyatda xuquqni bir xil tushunish, bir xil nuqtai nazar, bir xil aniqlik nuqtasini belgilash zarur bo‘ladi. Darhaqiqat, agar fuqarolar huquqa asoslanib harakat qilsa, agar yurist-amaliyotchi masalani to‘g‘ri hal qilish uchun xukukqa murojaat qilsa, fuqarolar yoki mansabdor shaxslar xatti-harakatini aniqlash, huquq to‘g‘risida umumiy aniq tushuncha zarur bo‘ladi.
Huquqni tushunish turlicha bo‘lganda barqarorlikni ta’minlash va ijtimoiy aloqalarni tartibga solish bo‘yicha u o‘z qadrini yo‘qotgan bo‘lar edi. Huquqni tushunishdagi aniqlik - ijtimoiy munosabatlarda tartib va muayyanlikning dastlabki talabidir.
Dunyoning turli qismlarida, turli davlat guruhlarida yoki alohida olingan mamlakatlarda o‘zining huquq tizimi tarixan shakllangan. Muayyan tomon, zamon va rivojlanish shart-sharoitlari, u yoki bu xalqlarning huquq manbalari obyektiv tarzda shakllangan. Shu bilan birga har bir zamonning muayyan qismida, har bir alohida vaziyatda huquq haqidagi tasavvurlarda yagona yondashuvga erishish bo‘yicha kelishuv yuz bergan.
Mavjud dunyo huquqiy tizimlari va huquqiy oilalari buni yaqqol tasdiqlaydi. Agar davlatlarning huquq tizimi bir-biriga yaqin bo‘lsa, fuqaro-lar bir davlatdan ikkinchisiga o‘tganda tez moslashadi, yuristlar hech qiynalmay sudlov faoliyatini amalga oshirishda qatnashadi. Huquqni yagona tarzda tushunish turli mintaqa xalqlarini bir-biriga yaqinlashtiradi.
Nima uchun huquqiy davlat qurayotgan O‘zbekiston davlatida ham boshqa davlatlardagi kabi xukuqni tushunishda turli xil yondashuvlar mavjud? Albatta, O‘zbekistonda hozirgi paytda hech kim ataylab xuquqni tushunishni chalkashtarayotgani, xaspo‘shlayotgani yo‘q. Tarixda xukuqni tushunishda shunday dahshatlar ham ro‘y bergan. Rasman huquq deb hisoblangan qoidalar, me’yorlar yetarli foydalanilmay, qo‘llanilmay qolgan. Jamiyat, uning kuyi va yuqori tabaqalari o‘z davlat qonunlari bilan chiqishmay qolganda, ya’ni mazkur qonunlar yo‘qsullarga ham, hokimiyat sohiblariga ham ogar yukka aylangan hollarda yozma huquq o‘z qadrini yo‘qotgan, qonuniylik inkdrozga yuz tutgan.
Huquqqa nisbatan turli xil yondashuvlar jamiyatni demokratlashtirish bilan, xususan fikrlar xilma-xilligini e’tirof etish bilan muvofiqlashadi.
Turli xil kuchlar, ijtimoiy harakatlar, partiyalar hayotga, umuman tizimimizga, xususan huquqqa doir ham o‘z nuqtai nazarlari, qarashlariga ega bo‘lishi tabiiy, albatta. O‘zbekistonning siyosiy mustaqillikka erishuvi, marksizmning mafkuraviy kishanlaridan xalos bo‘lishi tufayli avval burjua huquq tizimi deb bepisand qarab kelingan huquq tizimlaridan ham bugungi kunda foydalanish imkoniyatlari ochilmoqda. Xususan, huquqning huquqiy davlatni barpo etish muhim quroli ekanligi O‘zbekistonda tan olindi va bu borada ibratli ishlar qilinmoqda. Huquq huquqiy davlat barpo etish yo‘nalishlarini belgilab bermokda. Qonun ustuvorligi, davlat hokimiyati hujjatlarining huquqqa muvofiqligi ta’minlanmokda.
Huquqiy davlatni shakllantirish jarayonida huquq va uni to‘g‘ri tushunishning amaliy ahamiyati yaqqol namoyon bo‘ladi. Nimani muhofaza qilish, nimaga bo‘ysunish, nimaga itoat etmaslik - bu masalalar har bir amaliyot xodimining qarshisida turgan masaladir.
Umumiy qoida sifatida aytish mumkinki: huquqni qo‘llovchilar va oddiy fuqarolar uchun yuridik kuchga ega bo‘lgan qonunlar va unga asoslanib chiqariladigan hujjatlar g‘oyat zarur. Huquq ijodkorlari, qonun ijod qiluvchilar uchun huquq masalasi juda muhim.
Yuridik adabiyotlarda hukukqa turli xil yondashuvlar bayon etilgan bo‘lib, ularda huquqning turli jihatlari xususida fikrlar biddirilgan. Huquqni mukammalroq bilish„tasavvur qilish uchun uning turli xil ta’riflarini bilish, taxdil qilish nihoyatda muhim ahamiyatga molik. Ammo amaliy faoliyat uchun huquqni tushunishda bir xishshkka erishish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |