Huquq tushunchasi va ta’rifi


Huquqning mohiyat ijtimoiy va qadr – qimmati quyidagilar bilan belgilanadi



Download 118,5 Kb.
bet3/14
Sana22.04.2022
Hajmi118,5 Kb.
#574216
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Huquq tushunchasi va ta’rifi

Huquqning mohiyat ijtimoiy va qadr – qimmati quyidagilar bilan belgilanadi:

  1. Huquq jamiyatda yuz beruvchi son- sanoqsiz ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish yo‘li bilan jamiyatda umumiy tartibotga va barqarorlikni ta’minlash;

  2. Huquq ma’rifatli jamiyatda erkinlik va adolat o‘rtasidagi nisbatning zarurlik darajasini ta’minlaydi va shu yo‘l bilan turli manfaatlarga ega axoli qatlamlari o‘rtasida ijtimoiy muvozanatlikni ta’minlash;

  3. Huquq bevosita ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish orqali ularning mazmuninga ham aniqlik kiritadi;

  4. Huquq shaxsning ijtimoiy – foydali erkin harakat qilishiga imkoniyat tug‘diradi, uning qonuniy faoliyatin muhofaza etiladi.

Demak, huquqning ijtimoiy ahamiyati shundaki, uning jamiyat va shaxs uchun foydali bo‘lgan munosabatlarni rivojiga imkoniyat tug‘diradi. Ularning himoyasini ta’minlaydi. Ayni paytda jamiyatning ravnaqiga to‘siq bo‘luvchi munosabatlarning ildizini qirqadi.
"Huquq" iborasi kundalik hayotimizda ko‘p qo‘llaniladigan tushuncha bo‘lib, "haq", "haqiqat" so‘zlaridan olingan. Huquq hozirgi kunda quyidagi ma’nolarda qo‘llaniladi: birinchidan, muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsning huquqi. Masalan, fuqaroning ilm olish huquqi. Ikkinchidan, huquq hamma uchun majburiy bo‘lgan, davlat tomonidan o‘rnatilgan va bajarilishi ta’minlangan, muhofaza qilinadigan qoidalar, me’yorlar majmuidir.
Masalan, Fuqarolik kodeksi – mulkiy va shaxsiy xususiyatga ega nomulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi davlat tomonidan belgilangan, umummajburiy qoida, me’yorlar majmuidir.
Uchinchidan, huquq – ijtimoiy fan sohalaridan birining nomi bilan bo‘lib, davlat va huquq haqidagi ilmlarni o‘zida mujassamlashtiradi. Masalan, konstitutsiyaviy huquq, fani, fuqarolik huquqi fani, jinoiy huquq fani.
Huquqning mohiyatiga kelsak, huquqning insoniyat uchun xizmat qilishi bilan belgilanadi. Demak, huquqning mohiyatini aniqlash uchun uning kimga xizmat qilishini, kimning irodasini ifodalashini aniqlash zarur.
Aflotun va Arastu fanga siyosiy huquq tushunchasini kiritgan va uni tabiiy hamda shartli huquqlarga ajratgan. "Siyosiy huquq – tabiiy huquq va shartli (insonlar xohish-irodasi bilan o‘rnatiladigan) huquq" qismlaridan iborat. Tabiiy huquq tan olish yohud tan olmaslikdan qat’i nazar hamma joyda bir xil ahamiyatga ega bo‘lgan qoidalardir. Shartli huquq – insonlar tomonidan ularning xohish-irodasiga ko‘ra o‘rnatilgan qoidalar majmuidir.
N.Kant huquqni "qat’i imperativ" deb ataydi va uni insoniy holatlarga ham tarixiy davrlarga ham, tajribalarga ham bog‘liq bo‘lmay mutlaqlik xususiyatiga ega deb hisoblagan. Kantning "qat’i imperativ" "shunday xatti-harakat qilginki, sening xatti-harakat qoidalaring barcha uchun umumiy bo‘lmay qolmasin", degan talabga asoslanadi. Inson qat’iy imperativga amal qilishda erkin bo‘lgandagina huquq haqida so‘z yuritish mumkin deb hisoblaydi Kant. Qat’iy imperativ asosda birovning boshqalarga nisbatan zo‘rovonlik qilishini cheklaydigan normalar huquqni tashkil etadi. Tabiiy qonunlar asosida birovning boshqalarga nisbatan zo‘ravonlik qilishini cheklovchi normalar majmuasi huquq deyiladi.
Kantning fikricha, huquq tabiiy, isbot talab qilmaydigan qoidalar majmuidir, ikkinchidan, huquq qonun sohibi erki-irodasini ifodalovchi ijobiy qoidalar yig‘indisidir, uchinchidan, huquq - adolatni amalga oshirish qoidalaridir.
Qadimgi Rim mutafakkirlari huquqni yaxshilik, halol yashash, har kimga o‘ziga munosibini berish, o‘zgalarga zarar yetkazmaslik, ezgulik va adolat san’atidir, deb ta’riflaydi.
Sharq mutafakkiri, qomusiy olim Abu Nasr al-Forobiy huquqni fozil kishilarning haqiqiy baxtga erishish vositasi deb tushungan. Huquq, uning fikricha, mamlakatda tinchlikni ta’minlash, xavfsizlikni ta’min etish, taraqqiyotga shart-sharoit yaratish, ijodiy mehnatga imkon yaratish vositasidir. Huquq - ehtiroslarni jilovlash vositasidir. Huquq - insonni asrash, avaylash qurolidir.
Yuridik adabiyotlarda huquqqa turlicha ta’rif berilgan: «Huquq - bu davlat tomonidan o‘rnatiladigan yoki ma’qullanadigan va qo‘riqlanadigan, hamma uchun majburiy bo‘lgan yashash qoidalaridir. Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi regulyatordir1».

Download 118,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish