Huquqning psixologik nazariyasi.
Huquqqa yondashuvda ayrim olimlar huquqiy normalar va huquqiy munosabatlar bilan birga huquqiy ongai ham huquq tushunchasiga kiritadilar. Shu bois huquqning psixologik nazariyasi kelib chiqsi, u fanda va amaliyotda mustaqillikka da’vrgar bo‘lsa-da, aslida huquqiy realizm g‘oyalari va boshqa nazariyalar bilan bog‘liqpikda yashab kelmokda.
Mazkur nazariya XX asrda mantiqiy to‘la shakllangan bo‘lib, Petrajitskiy, Ross, Reysner va boshqalar bu nazariyaning Ovrupodagi namoyandalaridir. Mazkur nazariyaning asosiy g‘oyalari:
1. Inson psixikasi (ruhiyati) - ijtimoiy taraqqiyot - jamiyat, davlat, huquq, axloqning rivojlanishini belgilovchi omil;
2. Huquq tushunchasi va mohiyati qonun sohibi faoliyati orqali emas, psixologik qonuniyatlar - xuquqiy ehtiroslar (imperativ-atributiv xarakter), ya’ni nimagadir huquqiy vakolat (atributiv norma), nimadir qilish burchi (imperativ norma) majmui orqali kiritiladi deb hisoblaydi;
3. Barcha huquqiy his-tuyg‘ular ikkiga - ijobiy (davlat tomonidan o‘rnatiladigan) va intuitiv (shaxsiy) huquq his-tuyg‘ulariga bo‘linadi. Intuitiv huquq inson xulq-atvorining haqiqiy tartibga soluvchisi bo‘lib, «haqiqiy» huquq sifatida qaralishi kerak.
Mazkur nazariyaning ijobiy jihatlari:
- birinchidan, huquqni tushunishda iqtisodiy, siyosiy jarayonlar bilan birga psixologik jarayonlarga ham e’tiborni qaratadi. Bu ijtimoiy psixologiyani hisobga olmay, individning psixologik tuzilishini inobatga olmay turib qonunlar chiqarish mumkin emasligini biddiradi;
- ikkinchidan, jamiyat huquqiy tizimida, huquqiy tartibga solishda xukuqiy ongning o‘rni va ahamiyatini oshiradi;
- uchinchidan, inson huquqlarining manbaini qonunlardan emas, inson ruhiyatidan qidiradi.
Salbiy jihatlari:
- haddan ziyod psixologik omillarga katta e’tibor berib, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy omillarga e’tiborni susaytiradi;
- intuitiv huquqning haqiqiy deb hisoblanishi bilan huquqni davlatdan ajratadi, huquqiy, huquqqa xiloflik, qonuniy va g‘ayriqonuniylik o‘rtasidagi farqni, mezonni yo‘qotadi.
Sobiq sovet huquq nazariyasida huquqqa psixologik yondashuv subyektiv idealizmga olib keluvchi nazariya sifatida rad etilgan edi. Biroq, sovet hokimiyatining dastlabki yillarida agar proletar davlatining manfaatlari talab qilsa, sud’yalar huquqiy ongta murojaat qilishi dekretlarda tan olingan edi. Amalda esa, sotsialistik huquqiy ongga asoslanib, joyida otib tashlash intuitiv huquqi keng miqyosda qo‘llanildi. Buning salbiy oqibatlari hammaga ma’lum.
Biroq, huquqqa psixologik yondashuv nazariyasining asoschisi L.I.Petrajitskiy huquqni obyektiv va subyektiv, intuitiv va pozitiv, rasmiy va norasmiy turlarga bo‘lib tushuntiradi. Yuridik amaliyotda, xususan qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotida psixologik nazariya xulosalaridan samarali foydalanish mumkin. Huquq normalari hara-katining psixologik mexanizmini bilish nihoyatda muhim, chunki bu huquqni qo‘llashda huquqni qo‘llovchining kasbiy mo‘ljallarining to‘g‘ri va aniq bo‘lishi, huquqni qo‘llash motivlarining asosli bo‘lishi imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |