Xromosomalarning shakllanishi to’g’risidagi gipotezalar.
Xromosoma tanasi bo‘yiga nechta elementlardan iborat? Bu haqida ikkita gipoteza mavjud. Birinchi gipoteza tarafdorlari xromosoma tanasi o‘zaro spirallashgan bo‘yicha joylashgan bir nechta elementar iplardan iborat. Polinem gipoteza. Bu gipoteza polinem (ko‘p ipli, ko‘p elementli) gipoteza deyiladi. Bu gipoteza 20-30 yillarda yadroni va xromosomalarni yorug‘lik mikroskoplarida o‘rganganda ilgari surilgan. Polinem gipoteza bo‘yicha, agar xromosoma tanasiga biror bir ta’sirot ta’sir etsa, u holda telofaza xromosomasining tanasi 4 ta xromonem iplaridan iborat ekanligi aniqlangan. Keyinchalik ya’ni 50-yillarning boshlarida elektron mikroskoplarda xromosoma tanasi ko‘p iplardan iborat ekanligi tasdiqlangan. Bu sxema bo‘yicha metafaza xromosomasining har biri ikkita xromatiddan (qiz xromatidlar) ularning har biri ikkita yarim xromatiddan iborat. Xromosoma tanasining tuzilishi bo‘yicha unenem gipoteza. Genetiklar polinem gipotezani tanqid qilishgan. Buning sababi shundaki, agar xromosoma tanasi 4 ta xromatiddan iborat bo‘lsa, u holda ularning har birida har xil genlar bo‘lishi kerak. Bu DNK ning yarim konservativ sxema bo‘yicha sintezlanishiga, Mendel qonunlariga to‘g‘ri kelmaydi. Olib borilgan tajribalar xromosoma tanasi uninem ekanligi aniqlangan, ya’ni xromosoma tanasi bitta yirik DNK molekulasidan iborat. Genomdagi DNK ning miqdorini bilib, bitta xromosomaga qancha DNK to‘g‘ri kelishini aniqlash mumkin.
Xromosomaning elementar iplari.
Xromomera -- Xromonemalarning spiralsimon yig’ilishidan hosil bo'lgan xromosoma iplari. Xromomeralarinig soni va joylashgan joyi har bir xromosoma uchun doimiy. Bu esa xromosomalar morfologik xaritasini tuzishga yordam beradi.
Xromatin, uning tuzilishi, xromatin DNK si
Yadroning bu tuzilmasi o'z nomini asosiy bo'yoqlarda yaxshi bo'yalgani uchun olgan (Flemming,1880). Xromatin eukariot hujayralari genetik materiali saqlanadigan joylashgan bo'lib, DNKning giston oqsillari bilan birikmasidir. Bu tuzilmaning hujayrada 2 xil funksional holati mavjud: 1.Interfaza xromatini - iplari yoyilgan (dekondensatsiyalashgan) faol holati. Unda DNK replikatsiyasi va traskripsiya jarayonlari boradi. 2.Mitotik xromosomalar - iplari zich (kondensatsiyalashgan) tinch holati, unda hech qanday sintez jarayonlari bormaydi. Bularning vazifasi faqatgina o'zidagi genetik informatsiyani yangi hosil bo'lgan hujayralarga taqsimlashdan iborat. Xromatin tarkibida DNK bilan giston oqsillari (DNP) dan tashqari RNK ham uchraydi. DNK: oqsil: RNKning nisbati 1:1,3:0,2.
Do'stlaringiz bilan baham: |