Adabiyotlar:
DavranovQ. D. Sanoat mikrobiologiyasi. Toshkent. 2012. 187 b.
Коничев А.С. Себастьянова Г.А. Молекулярная биология. Москва. «Академия” 2003с.
Щелкунов С.Н. Генетическая инженерия Новосибирск. «Сибирское университетское издательство» 2004. 494с.
M.N.Valixonov, S.N.Dolimova, G.B.Umarova, P.Mirhamidova. Biologik kimyo va molekulyar biologiya (2-qism Molekulyar biologiya). <>
Вахабов А.Х., Щуригин В.В. Вирусы человека и животных. Ташкент. «НУУз» 2013. (щттп://www.ТДПУ.либрарй.уз/ )
Tursunboeva G.S. «Mikrobiologiya va qishloq xo`jaligi biotexnologiyasi» fanidan ta’lim texnologiyasi. T.: 2010.http://www.TDPU.library.uz/ )
Mirxamidova P, , Zikiryayev A. Biologik kimyo va molеkulyar biologiya (1-qism) Darslik. Toshkеnt. Navro’z. 2018 y
Mirxamidova P, D.B.Boboxonova, Xidirov M. Hujayra va gеn injеnеriyasini o’qitishda pеdagogik tеxnologiyalar. Uslubiy qo’llanma. Toshkеnt – 2018.
Internet saytlari
1.http://www.microbiology.ru/cmac/
2. http://www.study/online/ks/ua/
3. http://journal.issep.rssi.ru
4.http://novsu-micr.narod.ru/
5.http://www.obolensk.org/
6.http://www.chemport.ru/microbiology.shtml
7.www.sibpatent.ru,
8. www.kubnet.ru.
9. www.pereplet.ru.
4-mavzu: Protoplastlarni olish
Protoplast– bu o‘simlik hujayrasining faollik xususiyatiga ega bo‘lgan tarkibiy qismi hisoblanadi. Yetilgan holatdagi ko‘pgina o‘simlik hujayralarining markaziy qismini yirik o‘lchamdagi, ichi hujayra shirasi bilan to‘lgan holatdagi pufakcha (vokuola) egallaydi, uning ichini asosan suv va unda erigan holatdagi mineral va organik moddalar to‘ldirib turadi. Hujayra qobig‘i va vokuola protoplastning hayot faoliyati mahsulotlari hisoblanadi.
Protoplastlar o‘simliklarda fundamental fiziologik masalalarni o‘rganishda takrorlanmas xossalarga ega bo‘lgan model sifatida o‘rin tutadi. Ular me’yoriy holatda va unga gormonlar, ingibitorlar, fitotoksinlar ta’siri sharoitida va shuningdek, populyatsiya ichida protoplastlar o‘zining ta’siri sharoitida plazmalemmaning struktura tuzilishi, funksiya bajarishi va tarkibini tadqiq qilishda o‘rnini birorta boshqa narsa bosa olmaydigan darajada muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Bundan tashqari, protoplastlar hujayraning birlamchi devori tarkibi va tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlarini va buzilishdan keyin uning qayta tiklanishi (reparatsiya) mexanizmlarini o‘rganishda foydalanilishi mumkin.
O‘simlik hujayralarida protoplastning katta qismini yadro massasiga nisbatan kichikroq hisoblangan sitoplazma tashkil qiladi. Vokuoladan protoplastlar tonoplast deb nomlanuvchi membrana bilan ajralib turadi, hujayra devoridan esa – boshqa bir membrana, ya’ni plazmalemma orqali chegaralanadi. Protoplastda hujayrada amalga oshuvchi moddalar almashinuvining (metabolizm) barcha jarayonlari yuz beradi. Hujayraning irsiy materiali asosan yadro tarkibida joylashgan. Yadro ham sitopazmadan alohida membrana bilan ajratilgan holatda joylashadi.
Protoplast ko‘p fazali kolloid tizim hisoblanadi. Odatda, bu gidrozol tavsifiga ega bo‘lib, bunda dispers tizim sifatida suv (taxminan suv protoplastning 90 – 95% massasini tashkil qiladi) va dispers faza sifatida esa–protoplastda joylashgan asosiy birikmalar sinflarini tashkil qiluvchi – oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar va uglevodlar joylashadi. Tirik holatdagi o‘simlik hujayralari tarkibida sitoplazma doimiy harakatlangan holatda qayd qilinadi. Bunda hujayra organoidlari va boshqa kiritmalarning doimiy tarzda harakatlanishi, ya’ni sitoplazma oqimi yoki sikloz deb nomlanuvchi jarayonni kuzatish mumkin. Qayd qilish mumkinki, siklozning asosiy yo‘naltirilish mexanizmi batafsil holatda aniqlanmagan.
Oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar va uglevodlardan tashqari hujayralarda odatda, 2 dan 6%gacha organik moddalar (tuzlar ko‘rinishida) mavjud hisoblanadi, shuningdek uning tarkibida moddalar almashinuvining umumiy amalga oshishini nazorat qiluvchi vitaminlar, gormonlar– ya’ni, o‘sish va rivojlanish jarayonlarini regulyatsiya qiluvchi fiziologik faol moddalar uchraydi.
Oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar va uglevodlar o‘simlik hujayrasining o‘zida sintezlanadi. Bu sintezning asosini yorug‘lik nuri hisobiga amalga oshuvchi fotosintez jarayoni tashkil qiladi. Barcha moddalar almashinuvi reaksiyalarida bevosita energiyaning to‘planishi va uzatilishi manbai sifatida adenozintrifosfat (ATF) molekulasi muhim o‘rin tutadi. ATF energiyasi fosfat bog‘lari ko‘rinishida yig‘iladi. Talab qilingan vaziyatda bu energiya osonlik bilan ajralib chiqadi va ATF ADF ga (adenozindifosfat) aylanadi.
Ajratib olingan protoplastlar nazariy va amaliy maqsadlarda bir qator sohalarda foydalaniladi, jumladan:
1. Hujayra devorining kimyoviy tuzilishi va struktura tuzilishi xususiyatlarini (buzilish va yana qaytadan «de novo» sintezlanish sharoitida) o‘rganishda;
2. Plazmalemmaning xossalari va transmembrana darajasidagi o‘zgarishlarni o‘rganishda.
3. Organellalarning «yumshoq» tarzda ajratib olinishida.
4. Protoplastlarning o‘zaro qo‘shilishi, gibrid hujayralarda yadro va sitoplazma o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirlashishlar sharoitida hujayrada differensiatsiya jarayonini kuzatish va bunda tegishli qonuniyatlarni aniqlash, shuningdek somatik gibrid hujayralarni o‘rganishda.
5. Hujayralarga begona organellalarni kiritishda.
6. Begona genlarni o‘simlik hujayralariga kiritishda (transgenez) foydalaniladi.
Shunday qilib, ajratib olingan protoplastlar fiziologik tadqiqotlarda tadqiqot ob’ekti va tadqiqot modeli sifatida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi [R.G.Butenko, 1981].
Do'stlaringiz bilan baham: |