Hujayra va gen ingenerligi


Protoplastlarni olish va kultura holatida o‘stirish



Download 23,72 Mb.
bet10/180
Sana26.02.2022
Hajmi23,72 Mb.
#469242
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   180
Bog'liq
gen kompleks - 2018

1. Protoplastlarni olish va kultura holatida o‘stirish
Protoplastlarni ajratib olish. Protoplast–bu sellyulozadan tashkil topgan qobiqdan ajratilgan, sitoplazmatik membrana bilan qoplangan, o‘simlik hujayrasi uchun xos bo‘lgan barcha xossa va xususiyatlarga ega bo‘lgan hujayra hisoblanadi. Dastlab protoplastlar 1892– yilda J.Klerker tomonidan ajratib olingan va bunda mexanik usuldan foydalanilgan. Bu usulda plazmoliz holatiga keltirilgan hujayraning qobig‘i kesiladi va protoplastlar tashqi muhitga ajralib chiqadi. Hozirgi vaqtda bu usul bir qator o‘zgartirishlar asosida modifikatsiyalangan va mukammallashtirilgan, biroq bu usul bir qator cheklanishlarga ega hisoblanadi, jumladan:

  • Unumdorligi yuqori emasligi;

  • Bu usulda faqat ekstensiv plazmolizga uchrovchi to‘qimalardangina foydalanish mumkinligi;

  • Nisbatan qiyinligi va uzoq vaqt davomiyligiga egaligi bilan tavsiflanadi.

Protoplastlarni ajratib olishning boshqa bir usuli–bu fermentlardan foydalanishga asoslanilgan, enzimatik usul hisoblanadi. 1952–yilda Salton tomonidan lizotsim fermenti yordamida birinchi marta bakteriya hujayralari devori buzilishi amalga oshirilgan. 1960–yilda Kokking tomonidan pomidor ildizi uchki qismi mog‘or zambrug‘i (Myrothecium verrucaria) kultura suyuqligi tarkibidan ajratib olingan gidrolitik ferment bilan ishlov berilgan va birinchi marta yuksak o‘simliklarning protoplastlari enzimatik usulda ajratib olinishiga muvaffaq bo‘lingan.
Enzimatik usulning mexanik ajratib olish usuliga nisbatan solishtirilganda ustunliklari quyidagilardan tashkil topadi:

  • Bir vaqtning o‘zida katta miqdorda protoplastlarning ajratib olinishi mumkin (ya’ni, bir gramm to‘qimadan yoki hujayralardan 10 000 000 donagacha protoplast ajratib olinishi mumkin);

  • Bu usulda hujayralar kuchli osmotik stress ta’siriga uchratilmaydi;

  • Hujayralar jarohatlanmaydi;

  • Bu usulni amalga oshirish nisbatan tezkorlikka ega hisoblanadi.

Hujayra devorini olib tashlash uchun uchta tipdagi fermentlardan foydalaniladi: ya’ni, sellyulaza, gemitsellyulaza va pektinaza. Fermentlar kombinatsiyasi va ularning o‘zaro nisbatlari har bir hujayralar tiplari uchun spesifik tavsifga ega hisoblanadi.
Protoplastlarni ajratib olish quyidagi ko‘rinishdagi uchta bosqichni o‘z ichiga oladi:

  1. Fermentlar bilan ishlov berish.

  2. Hujayra devoridan protoplastlarni ajratib olish.

  3. Intakt protoplastlarni hujayra qoldiqlaridan ajratib olish.

Hujayra kulturalarida genetik tadqiqotlarni amalga oshirish maqsadlarida somatik hujayralarning gibridizatsiyasi usuli hatto bundan 15 yil oldin ishlab chiqilgan. Uning asosida protoplastlarning su’niy ravishda qo‘shilishini yuzaga keltirish yo‘li bilan genetik rekombinatsiyalash uslubiyati ishlab chiqilgan; bu usuldan hozirgi vaqtda zambrug‘lar va o‘simlik materiallari ustida olib boriluvchi tadqiqot ishlarida muvafaqqiyatli ko‘rinishda foydalaniladi. Bu ko‘rinishdagi qo‘shilgan hujayra asosidagi dastlabki mahsulot har ikkala ota– ona hujayra genomlarini o‘zida mujassamlashtirgan hujayradan tashkil topadi.
Shuningdek, produsentlar seleksiyasida ularni faol holatda ushlab turish va saqlash bo‘yicha yangi usullarning amaliyotga tadbiq etilishi amalga oshirilmoqda. Masalan, achitqilar va mog‘or zambrug‘larining faol ko‘rinishdagi produsentlarini olish uchun protoplastlarning qo‘shilishi usulidan foydalaniladi, bunda hujayra devori olib tashlanganidan keyin polietilenglikolning hujayra membranasiga ta’siri amalga oshiriladi va u qisman erigan holatga o‘tkaziladi, bu holatda ikkita shtammning protoplastlarining o‘zaro qo‘shilishi amalga oshishi mumkin va navbatdagi bosqichda genetik materialning rekombinatsiyasi ro‘y beradi.
O‘simliklarda somatik hujayralarning gibridizatsiyasi yo‘nalishida dastlabki qadamlar qo‘yilgan. Protoplastlarning 0,25 M natriy nitrat eritmasida suspenziyasi sharoitida qo‘shilish juda tez amalga oshadi.
Download 23,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish