Hujayra injeneriyasi.
Hujayra injeneriyasi - ozuqali muhitda hujayra o`stirish (hujayra kulturasi), duragayi va rekonstruksiyasiga asoslanib, yangi hujayra tipini yaratish usuli. Hujayra injeneriyasi yagona hujayra va to`qimalarni maxsus sun`iy ozuqali muhitda o`stirish bilan bog`liq. O`simlik hujayra kulturasi murakkab tajriba yo`li bilan tashkil qilingan biologik sistema — qayta differensiatsiyalangan somatik hujayra bo`lib, ayrim sharoitlarda o`simlikni qayta to`liq tiklash qobiliyatiga ega. Hujayra injeneriyasi yordamida har xil turga (hatto har xil tiplarga) mansub genomlarni birlashtirish mumkin. Hujayra injeneriyasi biologiya, shuningdek, biotexnologiyada emas, duragaylar yordamida tibbiyot va fanning boshqa sohalari hamda i.ch.da foydalaniladigan monoklonal (bir xil xususiyatga ega) antitelalar olishning ko`pgina nazariy muammolarini hal qilishda qo`llanadi. Tor ma`noda “Hujayra injeneriyasi” deganda pro-toplastlar (hujayra qobig`i yo`q o`simlik hujayrasi)ni qo`shish tushuniladi. Hujayra injeneriyasida duragaylash uchun ota-ona jinsiy hujayralari (gametalar) emas, balki o`simlikning tana (somatik) hujayralari olinadi va t ukgo sharoiti (organizmdan tashqari)da qo`shiladi. Buning uchun maxsus fermentlar yordamida hujayraning qattiq polisaxarid po`stlog`i ajratiladi va hosil bo`lgan "ochiq" hujayralar (protoplastlar) elektr maydoni ta`sirida yoki yopishtiruvchi yuqori molekulali polisaxaridlar yordamida biriktiriladi.
Protoplastlarni biriktirib somatik duragaylar olishda o`simlik hujayralari va to`qimalarini sun`iy sharoitda, shuningdek, alohida pro-toplastlarni o`stirish usullaridan foydalaniladi. Birinchi usul yuksak o`simliklardan ajratib olingan hujayra yoki hujayralarning ma`lum sharoit hamda maxsus ozuqali muhitda qayta differensiatsiyalanib (to`qimaga xos xususiyatlarini yo`qotib) bir hujayrali organizm kabi yashab, ko`payishiga asoslangan. Mana shunday sharoitida, uyushmagan holda o`zgarish va ko`payish bir necha o`n yillab davom etishi mumkin. Biroq o`stirish sharoitini o`zgartirish bilan emas, ozuqali muhitdagi fitogormonlar miqdorini o`zgartirib, hujayralarning uyushgan holda o`sishiga erishish va ulardan yetuk o`simlik olish mumkin. Bu usullarning afzalligi shundaki, probirkada muayyan organizmdan olingan ko`p millionlab hujayralar bilan bir vaqtning o`zida i.t. ishlari olib boriladi. muammoni hal qilishda hujayra o`rnida o`simlikdan foydalanish esa uzoq muddat, ko`p ishchi kuchi va katta maydon talab qiladi. Keyingi yillarda alohida protoplastlar o`stirish usuli keng rivojlanmoqda. Bunda fermentativ gidroliz yo`li bilan hujayra qobig`i ajratiladi va juda ko`p miqdorda o`simlikning "ochiq" hujayralari olinadi. Yuqori molekulyar massaga ega genlar hamda vektor molekulalar (xo`jayin hujayrada mustaqil qayta tiklana olish xususiyatiga ega DNK molekulasi) ozuqali eritmadan asta-sekin "ochiq" hujayra ichiga shimiladi va protoplastlar yot genlarga ega bo`ladi. Protoplastlarni ma`lum sharoitda o`stirib, hujayra qobig`ini qayta tiklash va shu sharoitida o`sayotgan hujayralar singari o`stirib, ko`paytirib koloniyalar, shuningdek, yetuk o`simlik hosil qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |