Hujayra va gen ingenerligi


O `simlik irsiyatini gen injeneriyasi usuli bilan o`zgartirish



Download 23,72 Mb.
bet4/180
Sana26.02.2022
Hajmi23,72 Mb.
#469242
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180
Bog'liq
gen kompleks - 2018

O `simlik irsiyatini gen injeneriyasi usuli bilan o`zgartirish:
Klassik genetik usul bilan irsiyatni o`zgartirishning asosiy kamchiligi ikki genotip chatishtirilganda ularning barcha xo`jalik uchun molik va molik emas genlari o`zaro rekombinatsiyalanishidir. Natijada yaratilgan navga genetik tadqiqotchi istagan gendan tashqari, navning xususiyatini buzuvchi ko`pdan ko`p genlar o`tadi.
Gen injeneriyasi usulini qo`llaganda bu muammo yengil hal qlinadi. Buning uchun takomillashtirilayotgan o`simlik navi hujayrasiga qimmatbaho sifatli gen kiritiladi va bu hujayradan yetuk o`simlik olinsadi. Muayyan bir genni hujayraga kiritish uchun tuproq bakteriyasi Agrobakterium hujayrasidagi plazmiddan foydalaniladi. Tabiatda agrobakteriyaning bu turi o`simlikni zararlantiradi. Zararlangan o`simlik tanasidagi hujayralar pala-partish bo`linishi natijasida shish hosil bo`ladi. Bu shishni Ti (Ti-ay) plazmid genomining tDNK (shish hosil qiluvchi DNK) bo`lagi chaqiradi. Buning sababi tDNK o`simlik hujayrasi genomiga birikishi va uning hususiyatini buzishidir. tDNK ning bu xususiyatidan gen injenerligida keng foydalaniladi. O`simlik irsiyatini gen injenerlik usuli bilan o`zgartirish uchun plazmidning tDNK qismi restriktaza bilan kesib olinadi va Pbr322 (pibi-ar 322) plazmidasi bilan biriktirilib klonlanadi. Yaratilgan sun`iy plazmid vektor konstruksiya deb ataladi. Vektor konstruksiyaning tDNKqismiga o`simlik geni ko`chirib o`tkaziladi.Natijada tDNK shish chaqirish qobiliyatini yo`qotadi, chunki yot gen tDNKni ikki bo`lakka bo`lib yuborgan. Tarkibida tDNK va yot genga ega vektor konstruksiya o`simlik protoplastiga kiritilib, xromosoma DNKsiga birikishi natijasida yot gen o`simlik irsiyatiga o`tkaziladi.So`nggi yillarda vektor molekula tarkibiga kiritilgan yot genlarni o`ta kuchli elektr maydoni ta`siridayoki maxsus gn otuvchi zambarak vositasida o`simlik yoki hayvon hujayrasiga kiritish usullari ishlab chiqilgan. Lekin bu usullar texnik jixatdan murakkab va qimmat bo`lganligi sababli, maxsus hollardagina ishlatiladi. Genetik transformatsiya qilingan o`simlik hujayrasidan transgen o`simlik olinadi.
Transformatsiya qilingan o`simlik hujayrasi bo`linishi natijasida ma`lum bir programma bo`yicha rivojlanmaydigan hujayralar to`plami hosil bo`ladi. Bunday to`plam –kallus to`qima deb ataladi. Kallus to`qima hujayralaridan ayrimlari o`simlik garmoni va boshqa regulyator moddalar ta`sirida ma`lum programma bo`yicha bo`lina boshlaydi. Natijada bunday hujayralardan bosqichma-bosqich o`simlik embrion to`qimasi va barcha jihatdan normal, voyaga yetgan transgen o`simlik olinadi. Transgen o`simlikning har bir hujayrasi xromasomasida ko`chirib o`tkazilgan gen saqlanadi. Shu sababdan transgen o`simlik jinsiy yo`l bilan ko`paytirilgandayot gen nasldan-naslga beriladi.
Gen injeneriyasini qo`llanib ko`sak qurtiga g`o`za va kolorada qo`ng`iziga chidamli kartoshka o`simligi yetishtirilgan.

Download 23,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish