Hujayra va gen ingenerligi


Tuzlarga va alyuminiyga qarshi turg‘unlik



Download 23,72 Mb.
bet86/180
Sana26.02.2022
Hajmi23,72 Mb.
#469242
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   180
Bog'liq
gen kompleks - 2018

Tuzlarga va alyuminiyga qarshi turg‘unlik.
Yerlarning sho‘rlashishi–qishloq xo‘jaligi o‘simlikshunosligida asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Dunyoda 60 mln/ga ga yaqin dalalar shunday zarar ko‘rgan, bu ularning samarali qo‘llanilishiga imkon bermaydi. Gen modifikatsiyasi usulida arabidopsisdan AtNHX1 gen ion transporterini olib yuradigan va natriy xloridning 200mMol/l gacha bo‘lgan sho‘rlanishida uni chidamli qiladigan rapsni olishga muvaffaq bo‘lindi. O‘simlik fenotipida boshqa o‘zgarishlar kuzatilmadi.
Sho‘r yerlarda uch valentli alyuminiy ionlarining alyuminiyli silikatlaridan xalos qilish uchun ma’qul keladigan sharoitlar barpo etilmoqda. Sho‘r yerlar unumdor yerlarning 40% gacha bo‘lgan natijani ko‘rsatmoqda, bu esa ularning yetishtirish uchun yaroqsiz qilib qo‘yadi.
Olish usullari
Asosiy maqolalar: Gen injenerligi, A.Tumefaciens Ti-plazmididagi genetik modifikatsiyalashgan organizmlar–genlar ko‘chirish uchun vektor. Genetik modifikatsiyalashgan organizmlarni quyidagi usullar yordamida transformatsiya usulida olinadi: agrobakterial ko‘chirish, ballistik transformatsiya, elektroporatsiya yoki virusli transformatsiya. Transgen o‘simliklarning ko‘p qismi agrobakterial usul yoki ballistik transformatsiya usulida olingan. Ko‘chirish uchun odatda tarkibida gen saqlagan plazmidalar qo‘llanadi, uning vazifasi organizmga ma’lum xususiyatlarni beradi, ushbu genni ishlashini nazorat qiladigan promotor, transkipsiya terminatori, shuningdek kanamitsin antibiotikiga yoki gerbitsidlarga qarshi chidamli chatishtirilgan genga ega bo‘lgan kasseta qo‘llaniladi. Yangi avlod transgen turlarining olinishi chatishtirilgan genlarning qo‘llanalishini ko‘zda tutmayapti. Lekin Genetik konstruksiya bir qancha genlarni olib o‘tishi mumkin.
O‘simlik irsiyatini Ti-plazmida orqali o‘zgartirish.
Klassik genetik usul bilan irsiyatni o‘zgartirishning asosiy kamchiligi ikki xil genotipli organizm chatishtirilganda ularning barcha xo’jalik uchun molik va molik emas genlari o‘zaro rekombinatsiyalanishidir. Natijada yaratilgan navga genetik tadqiqotchi istagan gendan tashqari, navning xususiyatini buzuvchi ko‘pdan ko‘p genlar o‘tadi. Gen injeneriyasi usuli qo‘llanganda bu muammo yengil hal qilinadi. Buning uchun takomillashtirilayotgan o‘simlik navi hujayrasiga ma’lum foydali gen kiritiladi va bu hujayradan yetuk o‘simlik olinadi. Muayyan bir genni hujayraga kiritish uchun tuproq bakteriyasi Agrobakterium hujayrasidagi plazmiddan vektor molekula sifatida foydalaniladi. Tabiatda agrobakteriyaning bu turi o‘simlikni zararlantiradi. Zararlangan o‘simlik tanasidagi hujayralar pala-partish bo‘linishi natijasida shish hosil bo‘ladi. Bu shishni Ti (Ti-ay) plazmid genomoning T-DNK (shish hosil qiluvchi DNK) bo‘lagi chaqiradi. Buning sababi T-DNK o‘simlik hujayrasi genomiga birikishi va uning xususiyatini buzishdir. T-DNK ning bu xususiyatidan gen injeneriyasida keng foydalaniladi.Agrobacterium Ti-plazmidasi birmuncha yirik bo‘lganligi uchun (yigirma ming nukleotid juftligidan ortiqroq) undan gen injeneriyasi maqsadlarida foydalanish biroz qiyinroq. Shu sababli, o‘simlik irsiyatini gen injeneriya usuli bilan o‘zgartirish uchun plazmidning T-DNK qismi maxsus restriktaza bilan kesib olinadi va pPR322 (pibi-ar 322) plazmidasiga ko‘chirib o‘tkaziladi. Yaratilgan suniy plazmid Ti-plazmidaga nisbatan birmuncha kichik bo‘lib, ulardan foydalanish ancha osonroq va unumliroqdir. Bunday molekulalar vektor konstruksiya deb ataladi. Vektor konstruksiyaning T-DNK qismi kesib, unga o’simlik geni kiritiladi. Natijada T-DNK shish chiqarish qobiliyatini yo‘qotadi, chunki yot gen T-DNK ni ikki bo‘lakka bo‘lib yuborgan. Tarkibida T-DNK va yot genga ega vektor konstruksiyasi Ti-plazmida genomidan T-DNK qismi olib tashlangan, o‘simlik uchun zararsiz maxsus agrobacterium shtammlariga kiritiladi. Bu bakteriyalar bilan o‘simlik hujayrasi zararlantirilganda agrobacterium yot genni o‘zining maxsus transformatsiya apparatidan foydalanib o‘simlik genomiga o‘tkazadi.

So‘nggi yillarda vektor molekula tarkibiga kiritilgan yot genlarni o‘ta kuchli elektr maydoni ta’sirida yoki maxsus gen otuvchi zambarak vositasida o‘simlik hujayrasiga kiritish usullari ishlab chiqilgan. Lekin bu usullar texnik jihatdan murakkab va qimmat bo‘lganligi sababli maxsus hollardagina ishlatiladi. Genetik transformatsiya qilingan o‘simlik hujayrasidan transgen o‘simlik olinadi. Transformatsiya qilingan o‘simlik hujayrasi bo‘linishi natijasida ma’lum bir programma bo‘yicha rivojlanadigan hujayralar to‘plami hosil bo‘ladi. Bunday to‘plam kallus to‘qima deb ataladi. Kallus to‘qima hujayralaridan ayrimlari o‘simlik hujayralaridan ayrimlari o‘simlik gormonlari va boshqa regulyator moddalar ta’sirida ma’lum programma bo‘yicha bo‘lina boshlaydi. Natijada, bunday hujayralardan bosqichma-bosqich o‘simlik embrion to‘qimasi va barcha jihatdan normal, voyaga yetgan transgen o‘simlik olinadi. Transgen o‘simlikning har bir hujayra xromosomasida ko‘chirib o‘tkazilgan gen saqlanadi. Shu sababdan transgen o‘simlik jinsiy yo‘l bilan ko‘paytirilganda yot gen nasldan-naslga beriladi. Gen injeneriyasi qo‘llanib ko‘sak qurtiga chidamli go‘za va kolorado qo‘ng‘iziga chidamli kartoshka o‘simligi yetishtirilgan. O‘zRFA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida S.Jataev va F.Muhammedxonova go‘zaning va bug‘doyning gerbitsitga chidamli transgen formalarini meristema to‘qimasi hujayralarini transformatsiya qilish yo‘li bilan yaratadilar.


Demak, o‘simlik irsiyatin o‘zgartirish uchun:

  • Ahamiyatga ega bo’lgan gen ajratib olinadi (klonlanadi) va tuzilishi o‘rganiladi.

  • Ajratib olingan gen xromosoma DNK si bilan rekombinatsiyalanuvchi biror fag genomi, transpozon yoki plazmid bilan biriktirilib vektor kostruksiya yaratiladi.

  • Vektor konstruksiya hujayraga kiritiladi va transgen hujayra olinadi

  • Transgen hujayradan sun’iy sharoitda yetuk o‘simlik o‘stiriladi.

1. Transgen o‘simlik olishning asosiy bosqichlari:
2. Agrobakteriyadan olingan Ti-plazmid (1) unikal restriksion saytli plazmid (2) bilan biriktirilib vektor konstruksiya (3) yaratadi.
3. Vektor konstruksiyaning T-DNK qismiga begona gen (4) rekombinatsiyalanadi va shish hosil qila olmaydigan Ti-plazmid asosida vektor olinadi.
4. Bu vektor T-DNK qismi olib tashlangan Ti-plazmidli maxsus agrobakteriya shtammiga kiritiladi (6).
5. Yaratilgan rekombinat agrobakteriya o‘simlik protoplast bilan birga sun’iy sharoitda o‘stirilganda (7) vektor (8) o‘simlik genomiga rekombinatsiya bo‘ladi.

Download 23,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish