Viruslarga qarshi turg‘unlik.
Viruslar o‘simliklarga ko‘plab kasalliklar turini yuqtiradi va ularning tarqalishini nazorat qilish juda mushkuldir, kimyoviy himoya usullari ham hali ishlab chiqilmagan. Kurashish uchun eng samarali usul sifatida almashlab ekish va chidamli turlarning seleksiyasidir. Bu sohada gen injeneriyasi o‘simliklarning chidamli turlarini ishlab chiqishda ko‘plab usullarni ko‘rib chiqmoqda. Eng samarali usul bu–kosupressiyadir, ya’ni o‘simlikga oqsil devorini kodlovchi virus genini o‘tkazish. O‘simlik o‘ziga virusni shimmaguncha virus oqsilini ishlab chiqaraveradi, natijada virus o‘simlik ichiga kiradigan bo‘lsa virusning rivojlanishini to‘xtatadi va himoya mexanizmlarini ishga tushishini ta’minlaydi.
Zamburug‘larga qarshi turg‘unlik.
Phytophthorainfestans zamburug‘i fitoftoroz chaqiradigan, kartoshka va pomidorni yetishtirishda yetarli darajada zarar keltiradigan parazit o‘simliklar guruhiga mansub. Fitoftor bilan kurashishning eng samarali usuli–bu fungitsidlarni qo‘llash (sezonda 16 marta qayta ishlashgacha zarur bo‘lishi mumkin, bu esa yerni sezilarli darajada ifloslaydi) va kasallikga chidamli turlarni ajratishdir. Zamonaviy chatishtirish (seleksiyalash) usullari yordamida fitoftordagi turg‘un genlarni o‘simlikning yetishtiriladigan turlariga o‘tkazish mumkin bo‘ldi, biroq ular bilan boshqa natijani beruvchi genlar ham o‘tishi mumkin.
BASF kompaniyasi kartoshkaning «Fortuna» nomli gen-modifikatsiyalashgan turini ishlab chiqdi. Natijada ikkita Rpi-blb1 va Rpi-blb2 genini Janubiy Amerikada o‘sadigan Solanumbulbocastanum nomli yovvoyi kartoshka turiga o‘tkazishdi. 2006-yilda ushbu tur Shvetsiyada, Niderlandiyada, Buyuk Britaniyada, Germaniyada va Irlandiyada dala tajribasida muvaffaqiyatga erishdi. 2014-yilda ushbu turning bozorda paydo bo‘lish ehtimoli bor.
Qurg‘oqchilikka qarshi turg‘unlik.
Suvning yetishmovchiligi, ob-havoning o‘zgarishi yoki alohida qurg‘oqchilik davrlari hosilning sezilarli darajadagi yo‘qotishga olib keladi, ayniqsa bu holat yaxshi bo‘lmagan yetishtirish sharoitiga ega bo‘lgan joylarda sodir bo‘ladi. Biotexnologiya bu sohada o‘simliklarni qurg‘oqchilikdan sun’iy saqlash choralarini izlamoqda. Masalan, Bacillussubtilis bakteriya shtammidan olingan cspB geni sovuqdan saqlash xususiyatini beradi, shuningdek o‘simlik organizmiga qurg‘oqchilikka qarshi turg‘unlik xususiyatlarini paydo qiladi. BASF va Monsanto kompaniyalari noqulay quruq sharoitlarda dala tajribalarida 6,7-13,4% ko‘p hosil beradigan makkajo‘xori turlarini ishlab chiqishdi. Bunday turlar Janubiy Amerika, Yevropa ittifoqiga va Kolumbiyaga jo‘natildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |