Viruslar yordamida o’simliklarga genlarni ko’chirish Ko‘plab o‘simlik viruslari bitta zanjirli RNK viruslari hisoblanadi va hujayra sitoplazmasida replikatsiyalanadi. Viruslar o‘simliklarda yuqori konsentratsiyagacha yig‘iladi, shuning uchun ularni ko‘plab ekspersslangan vektorlar sifatida qo‘llash qiziq tuyuladi. Bunda gen-injenerli manipulyatsiyalar virusli genomga virusli RNKning DNK nusxalarining bakterial plazmidalarida klonlashni amalga oshiradi. Plazmiddagi DNK nusxalarini fag transkripsiyasi promotorlari va terminatorlari orasiga o‘rnatiladi (masalan T7). Fag RNK polimerazasi in vitro yordamida DNK ga gibrid bo‘lgan RNK traskriptlarini sintezlaydi va ular yordamida o‘simlik protoplasti yoki to‘qimasini olib o‘tadi. Tuzilgan genning yuqori darajadagi ekspressiyasi o‘simlik viruslarini genlarni ko‘chirish uchun jozibador qiladi. O‘simlik viruslari agrobakteriyalarga nisbatan yanada keng xo‘jayinlik qiladi, bu esa o‘sha vektorli konstruksiya yordamida turli o‘simlik turlarida ekspresslash imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, agar antigen ko‘p marta virus zarrachalari qatlamiga o‘tgan bo‘lsa, uning immunogenlik darajasi so‘zsiz ortadi. Antigen peptidlar uchun tarqatuvchi sifatida tamaki mozaikasi, sigir no‘xati mozaikasi, hitoy vignasi mozaikasi, beda mozaikasi va boshqa viruslarii qatlami oqsillari qo‘llaniladi. Tamaki mozaikasi va sigir no‘xat mozaikasi viruslari yaxshi o‘rganilgan. Tamaki mozaikasi virusi (TMV)–o‘simliklar ekspress sistemasini ishlab chiqish asosidagi nomzoddir. Ushbu virus o‘simlik turlarini unga sezuvchanligiga egadir. Tamaki o‘simliklarida u katta miqdorda to‘planadi. Bitta zanjirli virusli RNK 6,4 ming tukleotidlar razmeriga ega va to‘rtta oqsilni kodlaydi. Virusli zarrachalarda bitta to‘liq hajmdagi RNK molekulasi 2130 ta oqsil qobig‘i molekulasi bilan kiyinadi va uzunligi 300 nm bo‘lgan tayoqchasimon virionlarni hosil qiladi. TMV oqsil qobig‘i tuzilishi to‘liq o‘rganilgan, bu esa uning tarkibiga begona turdagilarni qurish bo‘yicha eksperimentlarni rejalashtirish va amalga oshirishga imkon beradi. 1990-yilda N.Takamatsu begona turdagi peptidni TMV virionlarini qatlamida ekspresslashga ilk marta urinib ko‘rdi. 1993-yilda X.Xamamoto boshqa avtorlar bilan birgalikda tamaki mozaikasi virusining ikkita polipeptid RNK polimeraza sintezi rejasini qo‘llashni taklif qilishdi. Ishlab chiqilgan reja bo‘yicha TMV variantlarini olindi, natijaga ko‘ra gripp virusining immunogenli epitoplari, 1 tipdagi odam immunodefitsiti yoki bezgak plazmodiysi taqdim etildi. 1995-yilda T.Turpen shuni aniqladiki, begona turdagi davomiylik uning S oxirida emas, balki SR halqasi qatlami rayonlarida qurilgan. Bunday virusni hayvonlarni immunlashtirish uchun qo‘llanilishida butun polipeptidga samarali immun tizimi javob berishi kuzatildi. O‘sha yilning o‘zida J.Fitchen boshqa ilmiy xodimlar bilan birgalikda SR TMV ning boshqa joyiga begona polipeptidni o‘rnatish mumkinligini aytib berdi. Uzunligi 13 AK bo‘lgan gliprotein tarkibidan olingan peptidni qurish kalamush gepatiti S virusidan TMV gibridini olishga imkon berdi. A.Vigdorovis 1999-yilda subbirlikka ega vaksinalarni ishlab chiqish uchun TMV ni qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirdi. U DNK nusxasi RNK TMV asosida individual begona turdagi oqsillarni katta miqdorda sintezlashni ta’minlaydigan vektor yaratdi. Kodlangan RNK1oqsillari poliproteinlarning replikatsiyasi va proteolitik jarayonini ta’minlaydi, RNK2 esa o‘simliklarda kapsid va virionlarning tarqalishini yig‘uvchi kerakli oqsillarni kodlaydi. CPMV ikosaedrik kapsidi ikkita oqsildan tashkil topgan-L (37 kDa) va S (23 kDa), ularning har biri 60 nusxada ko‘rsatilgan. G.Lomonosoff boshqa olimlar bilan hamkorlikda (1993-2000 yy.) VP1 oqsim virusining oqsillari domenlarini, 1 tip insonlarning immundefitsit gp41 virusini, VP1 inson rinovirusini va VP2 qorako‘zan anterit virusini immunodomenant davomiylikda /3V-/3S halqasi rayonlari qurishda ko‘plab ishlarni bajarishgan. Tajribada ximer virionlar yuqori immungenlikni namoyon etdi, ular laboratoriya hayvonlarida hayvon va inson peptid viruslariga qarshi antitellalarni hosil qildi.