13-mavzu: Genetik modifikatsiya qilingan o`simlik va hayvonlar
Birinchi gen modifikatsiyalangan mahsulotlar bozorda 1990-yillar boshlarida paydo bo‘lgan. 1994-yilda Calgene kompaniyasining mahsuloti bo‘lgan (FlavrSavr) genetik modifikatsiyalashgan tomat tijoratga qo‘yildi. Bu holatga genetik transformatsiya qandaydir bir genni o‘rnatish tajribasini o‘tkazmadi, antisens-texnologik usuli yordamida poligalakturonaza genini qo‘shmasdan yo‘qotishni ma’qul ko‘rdi. Me’yorda esa ushbu genning mahsuloti saqlash muddatida meva devoridagi hujayralarning buzilishiga sabab bo‘ladi. FlavrSavr qisqa muddat bozorda kun kechirdi, modomiki bozorda ham huddi shu xususiyatlarga ega bo‘lgan arzonroq turlar bor edi. Zamonaviy gen modifikatsiyalashgan mahsulotlarning ko‘p qismi o‘simliklardan paydo bo‘lgan. 2009-yil holati bo‘yicha bitta davlatda 33 turga yaqin transgen o‘simliklar o‘stirishga ruxsat etilgan: soya–1, makkajo‘xori–9, raps–4, g‘o‘za–12, qandlavlagi–1, papayya– 2, oshqovoq–1, garmdori–1, tomat–1, sholi–1. Trangsen o‘simliklarning yana taxminan 90 ga yaqin turli turlari foydalanishga ruxsat etilgan. Ularga kartoshka, olxo‘ri, beda, loviya, bug‘doy, yeryong‘oq, xantal, gulli karam, chili qalampiri va boshqalar.
2009-yil holati bo‘yicha dunyoda 134 mln gektar yerga genetik modifikatsiyalangan o‘simliklar ekilgan (oziq-ovqat, hayvonlar uchun va texnik ishlov berishga). Bu barcha yetishtirilgan unumdor yerlarning 9% ni tashkil etadi (1,5 mlrd/ga).
Ko‘plab maydonlar quyidagi davlatlarda GM-ekinlari bilan band:
№
|
Davlat
|
Maydoni, mln/ga
|
Qismi
|
Ekin
|
1
|
AQSh
|
64,0
|
38%
|
Soya, makkajo‘xori, g‘o‘za, raps, qandlavlagi, beda
|
2
|
Braziliya
|
21,4
|
36 %
|
Soya, makkajo‘xori, g‘o‘za
|
3
|
Argentina
|
21,3
|
66 %
|
Soya, makkajo‘xori, g‘o‘za
|
4
|
Hindiston
|
8,4
|
5 %
|
G‘o‘za
|
5
|
Kanada
|
8,2
|
18 %
|
Makkajo‘xori, raps, soya, qandlavlagi.
|
6
|
Hitoy
|
3,7
|
3 %
|
G‘o‘za, papayya, paprika
|
7
|
Paragvay
|
2,2
|
51 %
|
Soya
|
2009-yilda GM-ekinlar rasmiy ravishda hammasi bo‘lib 25 davlatda yetishtirildi, ulardan 10 tasi Janubiy Amerikada joylashgan.
Dunyoda yetishtiriladigan soya miqdoridan gen-modifikatsiyalashgan soya ¾ qismdan ko‘proq miqdorni tashkil qildi (77%, 90 mln/ga). Transgen g‘o‘za 49%ni, makkajo‘xori 4 qism miqdorni (26%, 158 mln/ga), raps–21%, 31 mln/ga ni tashkil qildi.
GM-ekinlari bilan qoplangan yerlar (oziq-ovqat, hayvonlar uchun va texnik) 175 mln/ga gacha o‘sdi (dunyo ekin maydonlari bo‘yicha 11%). Gen-modifikatsiyalashgan o‘simliklar 27 davlatda ekila boshlandi, asosan ular–Amerikada, Braziliyada, Argentinada, Kanadada, Hindistonda, Hitoyda. Bunda 2012-yildan boshlab GM-turlarini ishlab chiqarish sanoati rivojlangan davlatlardagi ishlab chiqarishni o‘stirdi. GM-ekinlarini yetishtirayotgan 18 mln fermer xo‘jaliklarining 90%i rivojlanayotgan davlatlarning kichik xo‘jaliklarga to‘g‘ri keladi.
2013-yilning oxirida 36 davlatda bunday ekinlarni ekishga 2833 ruxsatnoma berildi, ulardan 1321 tasi ovqatda iste’mol qilish uchun va 918 tasi hayvonlarga oziq sifatida. Bozorga 27 ta GM-ekinlari qo‘yilgan (336 tur). Asosiy ekinlar: soya, g‘o‘za, paxta, kanola, kartoshka. Genomning yanada rivojlangan o‘zgarishi bu gerbitsidlarga turg‘unliligi va hasharotlarga qarshi kurashi bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |