Hududlarni moliyaviy imkoniyatlarini oshirish masalalari Reja: kirish



Download 0,61 Mb.
bet3/13
Sana22.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#838388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Hududlarni moliyaviy imkoniyatlarini oshirish masalalari

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Mazkur kurs ishi - kirish, uchta bob, xulosa qismi hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Kurs ishida jami 11 ta rasm va 12 ta jadval keltirilgan. Kurs ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, tadqiqot predmeti, obyekti, maqsad va vazifalari atroflicha yoritilgan. Kurs ishining birinchi bobida mahalliy byudjetlarning nazariy ahamiyati, uning davlat moliyasida tutgan o‘rni hamda mahalliy byudjetlarning moliyaviy imkoniyatlarini shakllanishining huquqiy asoslari yoritilgan. Kurs ishining ikkinchi bobida O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti hamda mahalliy byudjetlat holati tahlil qilingan,


1-BOB. MAHALLIY BYUDJETLAR MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASHNING TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI

    1. Mahalliy byudjetlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ularning byudjet tizimida tutgan o‘rni

Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davridan boshlab to hozirgi kungacha har bir sohada iqtisodiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, byudjet sohasida olib borilayotgan islohotlarni alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. Har bir davlatning iqtisodiy qudrati shu davlatning mukammal byudjetga ega ekanligi bilan ham ifodalanadi. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng mana shu o‘tgan davr ichida chuqur iqtisodiy siyosat negizida barqaror moliyaviy tizimni, shuningdek, uning asosini tashkil etuvchi mahalliy byudjetlarni shakllantirish va ijro etish sohasida muayyan ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakat byudjetining tuzilishi birinchi navbatda davlat tuzilishiga bog’liq bo‘ladi. Unitar tuzilishga ega bo‘lgan mamlakatlarda byudjet tizimi ikki bo‘g’indan, ya’ni markaziy va mahalliy byudjetlardan, federal tuzilishga ega bo‘lgan mamlakatlarda byudjet tizimi uch bo‘g’indan, federal byudjet, hududlar byudjeti va mahalliy byudjetlardan iboratdir. Mahalliy byudjetlar byudjet tizimining quyi bo‘g’ini sifatida davlat moliya tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar daromadlari bo‘lib mahalliy soliqlar va yig’imlar hisoblansa, mahalliy byudjet xarajatlarida asosiy o‘rinni ijtimoiy-madaniy tadbirlar xarajatlari egallaydi. O‘zbekiston Respublikasida byudjet ijrosining amaldagi holatidan kelib chiqqan holda, mahalliy byudjetlarning hukumatning iqtisodiy-ijtimoiy siyosatini amalga oshirishda mavqeyini yanada ko‘tarishga sabab bo‘layotgan qator omillarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Masalan, mahalliy moliya organlarining byudjet ijrosidan manfaatdorligini oshirish va shuning asosida byudjet xarajatlarini to‘g’ri va oqilona tarzda sarflanishi va byudjet tushumlarining yangi manbalarini qidirib topishga rag’batlantirishni ta’minlashdir.
Shu o‘rinda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “2017- 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq hamda mahalliy byudjetlarning daromadlari bazasini tubdan mustahkamlash, yuqori turuvchi byudjetlar ajratmalariga qaramligini qisqartirish, uy-joy-kommunal, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiyalash va texnik yangilash bo‘yicha strategik muhim investitsiya loyihalarni amalga oshirishni so‘zsiz ta’minlash yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqil ish olib borishi va mas’uliyatini oshirish” masalalari bugungi kunning dolzarb masalasidir. Mahalliy byudjetlar byudjet tizimining asosiy bo‘g’inini tashkil etar ekan, avvalo byudjet tizimiga ta’ if berib o‘tish lozim, byudjet tizimi barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalari, byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o‘rtasida byudjet jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar yig’indisini o‘zida ifodalaydi. Byudjet tizimi quyidagi prinsiplarga asoslanadi.
– Byudjet hujjatlari va byudjet hisobotlarining shakllari, byudjet tasnifi yagona bo‘lishi hamda byudjet tizimi byudjetlarining daromadlari va xarajatlarini shakllantirish hamda ijro etish, byudjet hisobini yuritish va byudjet hisobotini tuzishning yagona tartibini nazarda tutishi lozim.
– Byudjet tizimi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiq bo‘lishi lozim.
– Byudjet tizimi byudjetlarida nazarda tutilgan xarajatlar hajmi ularning daromadlari va taqchillikni qoplash manbalari yig’indisining hajmiga muvofiq bo‘lishi kerak. Byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda byudjetlarning mablag’lari mazkur byudjetlarning balansliligini ta’minlash uchun ular o‘rtasida qayta taqsimlanishi mumkin.
– Byudjet tizimi byudjetlarini tuzishda byudjet tasnifiga muvofiq, daromadlar ularning aniq manbalari bo‘yicha prognoz qilinadi, xarajatlar esa yo‘nalishlar bo‘yicha rejalashtiriladi, byudjet tizimi byudjetlarining mablag’lari muayyan byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarga ushbu mablag’lardan belgilangan maqsadlarni moliyalashtirishda foydalanish uchun ajratiladi.
– Byudjet tizimi byudjetlari mustaqildir.
– Byudjet jarayoni ishtirokchilari byudjet tizimi byudjetlarini tuzish va ijro etishda o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida byudjet tizimi byudjetlarining belgilangan hajmdagi mablag’laridan foydalangan holda natijaga erishish zaruriyatidan kelib chiqadi.
– Byudjet tizimi byudjetlarining barcha daromadlari Yagona g’azna hisobvarag’iga kiritiladi va ularning xarajatlarini to‘lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshiriladi.
– Byudjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi byudjet jarayonining har bir ishtirokchisi byudjet jarayonining har bir bosqichida o‘z harakatlari uchun javobgar bo‘lishidan iboratdir.
– Ochiqlik prinsipi Davlat byudjetini va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarini ko‘rib chiqish hamda qabul qilish tartib-taomillarining jamiyat va ommaviy axborot vositalari uchun ochiqligini; tasdiqlangan Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari to‘g’risidagi axborotning ommaviy axborot vositalarida va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilinishini (chop etilishini); Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari ijrosining borishi to‘g’risidagi axborot ommaviy axborot vositalarida chop etilishini, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida joylashtirilishi va yangilab borilishini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksiga muvofiq mahalliy byudjetlar tarkibiga quyidagi byudjetlarni o‘z ichiga oladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi. Viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byudjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi. Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi.



Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish