Hududlarni moliyaviy imkoniyatlarini oshirish masalalari Reja: kirish


-rasm.Mahalliy soliqlar va yig’imlarning mahalliy byudjetlarga



Download 0,61 Mb.
bet8/13
Sana22.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#838388
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Hududlarni moliyaviy imkoniyatlarini oshirish masalalari

5-rasm.Mahalliy soliqlar va yig’imlarning mahalliy byudjetlarga
biriktirilishi
Shuningdek bu soliqlar va to‘lovlarning yig‘ilishi bevosita mahalliy hokimiyat, moliya va soliq idoralari faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi. Mazkur daromad turlari barcha tuman va shaharlarda mavjudligi hamda ularni yig‘ish joylarda bir xil mehnat talab qiladi. Ayrim soliqlar va to‘lovlar bo‘yicha aniq stavkalar mahalliy hokimiyat idoralari tomonidan belgilanadigan bo‘ldi. Viloyat byudjetiga quyidagi soliqlar va yig‘imlar biriktirilib qo‘yildi:
– Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
– Abonent to‘lovi;
– Davlat bojlari;
– Jarimalar;
– Yo‘l harakati xavfsizligi idoralari (GAI) yig‘imlari.


6-rasm. Soliqlar va to‘lovlarning tuman va shahar byudjetlari va viloyat
byudjetlari o‘rtasida taqsimlanadi
Bu to‘lovlarning viloyat byudjetiga yo‘naltirilishidan maqsad – bu to‘lovlarning barqaror ravishda tushmay qolishi ehtimolining mavjudligidir. Shuningdek undiruvchi idoralar tuman va shaharlar o‘rtasida tekis taqsimlanmagan. Quyidagi soliqlar va to‘lovlar viloyat byudjetlari va respublika byudjeti o‘rtasida taqsimlanadi: – Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (tuman va shahar byudjetlariga ham ajratma qilinadi);
2.2.Mahalliy byudjetlar xarajatlari tarkibi va ulardan samarali
foydalanish holati tahlili
Ma’lumki, respublikamizdagi iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning rivojini mahalliy byudjetlar xarajatlari qismida o‘zining yorqin ifodasini topadi. Mahalliy xokimiyat organlarining asosiy vazifasi shu mintaqadagi iqtisodiyijtimoiy rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishdan iborat. Aytib o‘tish kerakki, alohida mahalliy byudjetlarning xarajatlar tarkibi bir xil bo‘lmaydi va shu mintaqadagi turli darajada bo‘lgan xo‘jalik va idoralarning hajmiga bog’liq bo‘ladi. Shuning uchun viloyat, shahar, tuman boshqaruv organlariga bo‘ysinadigan mahalliy sanoat, turar joy-maishiy xo‘jalik, savdo muassasalarining mahalliy byudjet xarajatlaridagi salmog’i anchagina. Viloyat, shahar, tuman boshqaruv organlariga asosan ijtimoiy-madaniy muassasalar bo‘ysinadi, shundan kelib chiqqan holda, mahalliy byudjet xarajatlarining 50 foizi ijtimoiy madaniy tadbirlarn moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Mahalliy byudjetlarni xarajatlarnini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasini “Byudjet kodeksida”gi Qonunining 71-moddasiga asosan amalga oshiriladi. Ushbu moddaga muvofiq, Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari va Toshkent shahrining shahar byudjetidan quyidagi xarajatlar amalga oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
2) iqtisodiyot xarajatlari;
3) Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari buyurtmachi bo‘lgan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari;
4) mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, shu jumladan: Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo‘qorg’i Kengesini; Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari;
5) Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira jamg’armalarini shakllantirish xarajatlari;
6) davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun er uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan yuridik va jismoniy shaxslarga etkazilgan zararning o‘rnini qoplash xarajatlari;
7) Qoraqalpog’iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari. Qoraqalpog’iston Respublikasining respublika byudjetidan, viloyatlarning viloyat byudjetlaridan va Toshkent shahrining shahar byudjetidan tumanlar va shaharlar byudjetlariga byudjet ssudalari, dotatsiyalar, subventsiyalar va o‘tkazib beriladigan daromadlar ajratilishi mumkin. Tumanlar va shaharlar byudjetlaridan quyidagi xarajatlar amalga
oshiriladi:
1) ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari, shu jumladan:
- tumanlar (shaharlar) x alq ta’limi muassasalari faoliyatini uslubiy jihatdan ta’minlash va tashkil etish bo‘limlarini, shuningdek ular tasarrufidagi maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini saqlab turish hamda qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ta’lim tizimidagi tadbirlar xarajatlari;
- tumanlar (shaharlar) tibbiyot birlashmalari tasarrufidagi davolashprofilaktika muassasalarini hamda davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati tuman, shahar muassasalarini saqlab turish xarajatlari;
- qabul qilingan davlat dasturlariga muvofiq fuqarolarning sog’lig’ini saqlash tadbirlarini amalga oshirish xarajatlari;
- tumanlar (shaharlar) madaniyat va sport ishlari bo‘limlari tasarrufidagi madaniyat, jismoniy tarbiya va sport muassasalarini saqlab turish, shuningdek madaniyat va sportni rivojlantirishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari;
- fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan kam ta’minlangan oilalarga tayinlanadigan hamda to‘lanadigan ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam hamda tabiiy ofatlardan jabrlangan oilalarga moddiy yordam, uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish, Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan shaxslarni va radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xarajatlari;
2) iqtisodiyot xarajatlari, shu jumladan:
- veterinariya laboratoriyalari va hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashish;
- stantsiyalarini saqlab turish;
- shaharlarning va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarini, shuningdek xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llarini ta’mirlash;
- uy-joy kommunal xo‘jaligi ob’ektlarida ta’mirlash ishlarini olib borish;
- aholi punktlarini obodonlashtirish xarajatlari;
3) tuman va shahar hokimliklarini hamda ularning bo‘limlarini saqlab turish xarajatlari;
4) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saqlab turish xarajatlari;
5) boshqa xarajatlar, shu jumladan qonun hujjatlarida tumanlar va shaharlar byudjetlaridan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan ayrim tashkilotlar va tadbirlarning xarajatlari.
Byudjetlar o‘rtasida daromad va xarajatlarning har qanday ko‘rinishdagi taqsimlanishi vertikal va gorizantal nomutonosiblikka olib kelishi mumkin. Quyida biz davlat byudjeti xarajatlari tizimida mahalliy byudjet xarajatlarining tutgan o‘rni tahlilini keltiramiz. Davlat byudjeti xarajatlari tizimida mahalliy byudjetlarning xarajatlari tizimi asosiy ulushga ega bo‘lib, agar 2012-yilda ularning jami davlat byudjeti xarajatlarida tutgan ulushi 58 % ni tashkil etgan bo‘lsa, 2013 yilda 57 % ni, 2014 yilda esa 55 % ni tashkil etgan. Davlat byudjeti xarajatlarida mahalliy byudjet xarajatlarining ulushi o‘zgarishini qudagi 8-rasmda ko‘rishimiz mumkin. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarda davlatning iqtisodiyotga aralashuvini qisqartirish, davlat boshqaruvini markazlashtirishni cheklash hamda bu boradagi vazifalarning bir qismini respublikadan viloyat, tuman darajasiga o‘tkazishga asosiy e’tibor qaratilmoqda, buning natijasida ko‘pgina vakolatlar mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlariga navbatma-navbat o‘tkazilib borilmoqda.
O‘tgan davrda bu sohada ko‘p ishlar amalga oshirildi, xususan “bu jarayonda markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari va ma’muriy organlarning vazifalarini o‘zgartirishga, ularning boshqarish, tartibga solish va taqsimlash borasidagi vakolatlarini, xo‘jalik tuzilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin qisqartirishga katta e’tibor berildi. Boshqacha aytganda, ularning vakolatlarini bozor tamoyillariga muvofiqlashtirish va pirovard natijada davlatning iqtisodiyotni boshqarishdagi rolini jiddiy kamaytirish ko‘zda tutilgan edi”.

Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish