Bog'liq Hududlarni moliyaviy imkoniyatlarini oshirish masalalari
4-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlarining xarajatlarining qoplash koeffitsiyenti (foizda)
Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki respublikamizda viloyatlarning o‘z daromadlari hisobidan xarajatlarini qoplashda yechimi kutayotgan muammolar talaygina, ayniqsa 2010 yilda to‘rtta hudud (Buxoro, Qashqadaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri) mahalliy byudjet xarajatlari daromadlari hisobidan qoplangan bo‘lsa, 2017-yilga kelib 10 ta hudud o‘z xarajatlarini qoplay oladi, mahalliy byudjet respublika miqyosida xarajatlarni 93.5 foizini qoplash salohiyatiga ega bo‘lishi kutilmoqda. Amalga oshirilayotgan bunday islohotlar markazlashgan byudjetdan amalga oshiriladigan xarajatlarning bir qismini quyi byudjetdan amalga oshirilishini ob’ektiv zaruriyat qilib qo‘ymoqda, chunki mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari vakolatlarining kengayishi ular xarajatlarini oshishiga olib kelmoqdaki, bu o‘z navbatida mahalliy byudjet daromad manbalarini oshirishni davr talabi darajasiga chiqarmoqda. Hozirgi kunda ishlab chiqarish hamda infratuzilma yaxshi rivojlanmagan respublikamiz hududlarida doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan xarajatlarning amalga oshirishida qiyinchiliklar yuzaga kelayotganligi va ayrim tumanlarning xarajatlarini bir qismi yuqori(viloyat) byudjet hisobidan qoplab berilayotganligi buni tasdiqlab turibdi.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan davlat boshqaruvi sohasini markazlashtirishni cheklash, hududlardagi shahar va tumanlarni subventsiyadan chiqarish ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda ishlab chiqarish hamda infratuzilma yaxshi rivojlanmagan respublikamiz hududlarida doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan xarajatlarning amalga oshirishida qiyinchiliklar yuzaga kelayotganligi va ayrim xarajatlarini bir qismi yuqori byudjet hisobidan qoplab berilayotganligi buni tasdiqlab turibdi. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasida ko‘zda tutilgan davlat boshqaruvi sohasini markazlashtirishni cheklash, hududlardagi shahar va tumanlarni subventsiyadan chiqarish ko‘zda tutilgan. Hozirgi kunda ishlab chiqarish hamda infratuzilma yaxshi rivojlanmagan respublikamiz hududlarida doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan xarajatlarning amalga oshirishida qiyinchiliklar yuzaga kelayotganligi va ayrim xarajatlarini bir qismi yuqori byudjet hisobidan qoplab berilayotganligi buni tasdiqlab turibdi. Ushbu holatni tahlil etish maqsadida quyidagi ma’lumotni keltiramiz. Mahalliy byudjet daromajlari va xarajatlari yuzasidan tahlilni davom ettirgan holda ushbu yillardagi hududlar bo‘yicha mahalliy byudjet daromad va xarajatlarini o‘zgarish tendensiyasini tadqiq etamiz. Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, respublikamiz barcha hududlarida mahalliy byudjet daromadlari miqdori oshish tendensiyasiga ega, buning asosiy sababi prognoz qilinayotgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlardan kelib chiqib, ayrim mahalliy soliq stavkalari indeksatsiyalanishi hamda mahalliy byudjet daromadlariga tushishi belgilangan tadbirkorlik uchun belgilangan qat’iy soliq stavkasining eng kam ish haqlaridan kelib chiqib belgilanganligidadir, ya’ni tahlil etilayotgan davrda eng kam ish haqlari miqdori 3,5 baravarga yaqin oshgan, bu albatta yakka tartibdagi tadbirkorlardan undiriladigan qat’iy soliq summasining oshishiga sabab bo‘lgan.