Hududlarni moliyaviy imkoniyatlarini oshirish masalalari Reja: kirish


BOB MAMLAKATIMIZDA MAHALLIY BYUDJETLAR MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH AMALIYOTINING TAHLILI



Download 0,61 Mb.
bet7/13
Sana22.07.2022
Hajmi0,61 Mb.
#838388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Hududlarni moliyaviy imkoniyatlarini oshirish masalalari

2.BOB MAMLAKATIMIZDA MAHALLIY BYUDJETLAR MOLIYAVIY BARQARORLIGINI TA’MINLASH AMALIYOTINING TAHLILI
2.1. Mahalliy byudjetlarning daromadlarini shakllantirishning
amaldagi holati tahlili
Mahalliy byudjetlar O‘zbekiston Respublikasining byudjet tizimining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliy organi o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun uning ixtiyorida aniq moliyaviy baza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab extiyojlarni to‘liqroq hisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibda amalga oshiradigan tadbirlar bilan to‘g’ri olib borish imkonini beradi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari – mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari oldidagi muhim strategik ahamiyatga molik bo‘lgan vazifalarning amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan markazlashtirilgan pul fondini shakllantirish bilan bog‘liq pulli munosabatlar shaklidir. Mahalliy byudjetlarni daromadlarini shakllantirish O‘zbekiston Respublikasi “Byudjet kodeksi” ning 52-moddasiga asosan amalga oshiriladi. Ushbu moddaga
muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy byudjetlarining daromadlari:
1) belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, shu jumladan: - yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; - yagona soliq to‘lovi; - jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; - tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq; - qo‘shilgan qiymat solig‘i; - aksiz solig‘i; - yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; - suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
2) mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan: - obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i; - transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq; - mol-mulk solig‘i; - yer solig‘i; - yagona yer solig‘i;- ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish uchun yig‘im;
3) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardan tushgan qaytarilmaydigan pul tushumlari;
4) bozorlardan tushadigan daromadlar;
5) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlarga davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar, davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdan va sotishdan belgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar, qonun hujjatlariga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga yo‘naltiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari va jarima sanksyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo‘yicha davlat ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni, huquq bo‘yicha davlat daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va qonun hujjatlariga muvofiq boshqa daromadlar kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ajratiladigan subvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlarining va Toshkent shahri shahar byudjetining daromadlari hisoblanadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va o‘simlik yog‘i uchun aksiz solig‘i Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari daromadlariga o‘tkazib beriladi. Mahalliy byudjetlarning daromadlarining 2015-2017- yillardagi salmog‘i keltirilgan mazkur jadvalda daromadlar uch guruhga bo‘lingan, mahalliy soliqlar, Umumdavlat soliqlaridan ajratmalar, subvensiyalar. Jadvaldan ko‘rinadiki, 2015-2017 -yillarda mahalliy byudjetlar daromadlarining taxminan 25-27 foizi mahalliy soliqlar hisobiga shakllangan, umumdavlat soliqlaridan ajratmalar va boshqa daromadlarning ulushi 61.6 foizdan 66 foizgacha ko‘tarilishi reja qilinmoqda.

Bunga asosiy sabab sifatida umumdavlat soliqlaridan ajratmalar normativlarini belgilash nisbatlari takomillashtirib borilayotganligini va mahalliy byudjetlarning boshqa daromadlari salmog‘i ham ortib borayotganligi bilan izohlash mumkin. 2018-yilda ham mahalliy byudjetlarni subvensiyadan chiqarish jarayoni davom ettiriladi, chunonchi mahalliy byudjetlar mablag‘larida subvensiyalar ulushi 2015-yilda 13.5 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilda 6.5 foiz bo‘lishi kutilmoqda. O‘z navbatida Davlat byudjetining shakllanishida mahalliy byudjetlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu rasmdan ko‘rinib turibdiki, mahalliy byudjetlarning 2017 -yildagi o‘zgarish tendensiyasini ko‘rish mumkin.

Shu o‘rinda davlat byudjeti barqarorligini ta’minlashda, daromadlar va xarajatlarning bir biriga mutanosib bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliqli tushumlar ekanligini hisobga olib, bugungi kunda Respublikamizda olib borilayotgan byudjet-soliq siyosati mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgandir. 2016-2017-yillardada respublika byudjeti daromadlarining mahalliy byudjet daromadlaridagi ulushi viloyatlar kesmida 5-rasmda keltirilgan. Bunga ko‘ra 2016-2017 yillarda mahalliy byudjetlar daromadlarida eng salmoqli o‘ringa ega bo‘lgan oltita hudud Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri hududlarining jamidagi ulushi taxminan 9-12 foiz atrofida, o‘rtacha hududlar sifatida oltita hududni, eng kichik hududlar sifatida esa Jizzax va Sirdaryo viloyatlarini kiritamiz. Oltita yirik hududning mahalliy byudjet daromadlarining jamidagi ulushi 2016-yilda 62.6 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2017-yilda 59.9 foiz bo‘lishi reja qilingan.Bundan shu narsa ko‘rinadiki, hududlarning ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan tenglashtirish siyosati ijobiy samara bermoqda.
Respublika va mahalliy byudjetlarni samarali boshqaruvini tizimli tartibga solishda quyidagi chora-tadbirlarni kelgusida amalga oshirish maqsadga muvofiq bo‘ladi: soliq yuki darajasini asosli ravishda kamaytirib borish, davlat byudjeti daromadlari tarkibida bevosita va bilvosita soliqlar ulushini oshirish yoki soliqqa tortish nisbatining optimal darajasini aniqlash lozim. Chunki YaIMni soliqlar orqali qayta taqsimlash va davlat xarajatlari salmog‘ining kamaytirilishi iqtisodiyotda ishsizlik darajasini kamayishga xizmat qilib, soliq yukining kamaytishiga mutanosib ravishda davlat xarajatlarining qisqartirilishi yangi ish o‘rinlarini yaratib, ishlab chiqarishni kengaytirishga hamda oxir oqibat iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga olib keladi. Iqtisodiyotda soliqqa tortish mexanizmining ishlash samaradorligini baholashda YaIMdagi soliqlar ulushi bilan Davlat byudjetida ijtimoiy xarajatlar ulushi ko‘rsatkichini o‘zaro bog‘liqlikda tadqiq etish maqsadga muvofiqdir. Mahalliy byudjetlar daromadlar bazasining mustahkamlanishini va yuqori byudjetga bog‘liqlikning qisqarishini ta’minlash hamda bu orqali mahalliy davlat hokimiyati organlarining mustaqilligi va ma’suliyatini oshirish bo‘yicha mamlakatimizda bir qancha chora tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, 2017-yilning 1-iyulidan boshlab Toshkent shahri va poytaxt tumanlarida mahalliy byudjetlarni shakllantirish va xarajat qilishning yangi tartibi tajriba tariqasida amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7- iyundagi "Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PF-5075-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish va xarajatlarini maqbullashtirishda ularning manfaatdorligini oshirishni ta’minlaydigan mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlari va majburiyatlarini belgilashning zamonaviymexanizmlarini joriy etish maqsadida:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklariga quyidagilarni ta’minlash yuklatilgan:
– o‘z hududidagi soliq to‘lovchilarni to‘liq qamrab olish va soliqlar yig‘iluvchanligini oshirish, yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, ishlamayotgan, iqtisodiy nochor korxonalarni faoliyatini qayta tiklash orqali mahalliy byudjet daromadlarini ko‘paytirish;
– tegishli byudjetlarning tasdiqlangan daromadlari rejasini bajarishni, qonunchilik doirasida xarajatlarni, shu jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlash;
– byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqini oshirish to‘g‘risidagi farmonlari va boshqa normativ-hujjatlarda belgilangan miqdorlar doirasida oshirish;
– byudjet tashkilotlarida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan shtat normativlaridan ortiqcha shtat birliklari kiritmaslik belgilangan.
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 -yil 29 -iyundagi “Mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zahiralarni aniqlash ishlarini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi 445-sonli qarori qabul qilindi. Bunga ko‘ra uchta Nizom ishlab chiqildi. Moliya organlari va hokimiyati organlarining mustaqilligi va ma’suliyatini oshirish bo‘yicha mamlakatimizda bir qancha chora tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, 2017-yilning 1-iyulidan boshlab Toshkent shahri va poytaxt tumanlarida mahalliy byudjetlarni shakllantirish va xarajat qilishning yangi tartibi tajriba tariqasida amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 7- iyundagi "Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" PF-5075-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish va xarajatlarini maqbullashtirishda ularning manfaatdorligini oshirishni ta’minlaydigan mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlari va majburiyatlarini belgilashning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish maqsadida:
1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hokimliklariga quyidagilarni ta’minlash yuklatilgan:
– o‘z hududidagi soliq to‘lovchilarni to‘liq qamrab olish va soliqlar yig‘iluvchanligini oshirish, yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, ishlamayotgan, iqtisodiy nochor korxonalarni faoliyatini qayta tiklash orqali mahalliy byudjet daromadlarini ko‘paytirish;
– tegishli byudjetlarning tasdiqlangan daromadlari rejasini bajarishni, qonunchilik doirasida xarajatlarni, shu jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishini ta’minlash;
– byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdorini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ish haqini oshirish to‘g‘risidagi farmonlari va boshqa normativ-hujjatlarda belgilangan miqdorlar doirasida oshirish;
– byudjet tashkilotlarida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan shtat normativlaridan ortiqcha shtat birliklari kiritmaslik belgilangan.
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 -yil 29 -iyundagi “Mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zahiralarni aniqlash ishlarini tashkil etish chora tadbirlari to‘g‘risida” gi 445-sonli qarori qabul qilindi. Bunga ko‘ra uchta Nizom ishlab chiqildi. Moliya organlari va davlat soliq xizmati organlari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga tushumlarni ko‘paytirishga va soliq solinadigan bazani kengaytirishga yo‘naltirilgan ishlarini takomillashtirish borasidagi faoliyatini tartibga solish va o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risida Vaqtinchalik Nizomi, tumanlar (shaharlar) moliya bo‘limlari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromadlar parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash va mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizom, Tumanlar (shaharlar) davlat soliq inspektsiyalari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining daromadlar parametrlarining so‘zsiz bajarilishini ta’minlash va mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida Nizom qabul qilindi.
2017-yil 13-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF 5283-sonli “Mahalliy davlat organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliy byudjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliq va moliya organlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Yuqoridagi Farmon va Qarorlarning qabul qilinishi natijasida mamlakatimizda mahalliy byudjetlar moliyaviy imkoniyatlarini sezilarli ravishda o‘sishiga erishildi. Avvalo savol tug‘iladi:mahalliy byudjetlar tizimini isloh qilish zaruriyati nimalardan iborat edi?Bu savolga bir nechta sabablarni keltirgan holda javob berishimiz mumkin bo‘ladi. Bular quyidagilar:
– Mahalliy byudjetlar mustaqil emas edi, ya’ni daromadlar rejasini oshirib bajarilgan qismi yuqori byudjet tomonidan olib qo‘yilardi;
– Mahalliy byudjetlarni zimmasiga xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash tizimi xodimlarining ish haqini (katta miqdorda) to‘lash yuklab qo‘yilgan edi, lekin bunga mos ravishda barqaror daromadlar bazasi yo‘q edi; – Mahalliy byudjetlar daromadlar rejasini bajarishda imkoniyatlari bir xil emas edi. (masalan, yirik soliq to‘lovchi korxonasi bor tuman bilan asosiy qismi cho‘l zonalarida joylashgan tuman imkoniyatlari turlicha edi);
– Mahalliy hokimliklarning mahalliy soliq va yig‘imlar bo‘yicha soliq stavkalarini belgilashdagi vakolatlari kam edi. Tuman va shahar byudjetlariga shunday soliqlar va to‘lovlar biriktirilmoqdaki, bu tushum turlarida to‘lovchilar soni ko‘pligi, soliq solish bazasining xarakteri ularning barqarorligini ifodalaydi.




Download 0,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish