Хudayberdiyeva ro’zixon abdupattayevna тa’lim xizmati muassasalarining hududiy joylashishi va rivojlanish xususiyatlari”



Download 2,12 Mb.
bet19/24
Sana23.07.2022
Hajmi2,12 Mb.
#841857
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Disertatsiya ohiri 2555555555555555555 (2)

Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa
Ushbu ikkinchi bob muammolari mustaqillik yillarida ta’lim xizmati sohalarini rivojlantirish buyicha tizimli ishlarni amalga oshirishning mohiyati va ta’lim sohasida ilg‘or xorijiy tajribalarning shakllari va xususiyatlari , mamlakatimiz ta’lim tizimida o‘qitishning innavatsion-uslubiy jihatlari, Namangan viloyatida ta’lim xizmatlari sohasini tarkibiy tuzilishi va tizimli ishlarni rivojlantirishning mohiyatini o’rganishdan iboratdir.
Yuksak ma’naviy ahloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan sog‘lom va bilimli avlodni shakllantirish mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadidir.
Namangan viloyatida ta’lim xizmatlari sohasini tarkibiy tuzilishi va tizimli ishlarni amalga oshirish alohida ag‘amiyat kasb etadi. Namangan viloyatida ham hududlarning demografik sharoitidan kelib chiqqan holda ta’lim xizmati muassasalarini holatini yaxshilash, tashkil etish bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda va ijobiy natijalarga erishilyapgani yetarli ma’lumotlar asosida tahlil etildi. Namangan viloyati ta’lim xizmati muassasalarini hududiy joylashishi va rivojlanish xususiyatlariga yo‘naltirilgan tadqiqotlar qilish va o’rganilgani muhim ahamiyat kasb etadi.Hozirgi kunda yoshlarga ta’lim va tarbiya berishga alohida e’tibor qaratilib isloxotlar izchil amalga oshirilmosda.


III BOB. TA’LIM XIZMATI MUASSASALARINING HUDUDIY RIVOJLANTIRISH VA SAMARADORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
3. 1. Namangan viloyati ta’lim tizimida amalga oshirilgan o‘zgarishlarning samaradorligini oshirish
O‘zbekistonda ta’lim sohasini rivojlantirish borasida hali amalga oshirish kerak bo‘lgan muammolar mavjud bo‘lib ularni bartaraf etish islohotlarni amalga oshirishda mamlakatda yashayotgan har bir inson ma’suldir "Ta’lim to‘g’risida"gi qonunda ta’lim bilan tarbiyani birgalikda olib borish masalasi asosiy vazifa qilib belgilangan. Bugungi kunning talabi respublikada ta’lim tizimini takomillashtirish, Vatanga munosib farzandlar, yuqori malakali kadrlarni tayyoorlash masalasidir.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev «Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo‘g‘inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz»8 deb ta’kidlab ta’lim va tarbiya sohasiga katta e’tibor qaratmoqdalar.
Ta’lim tizimidagi islohotlar munosabati bilan ta’lim xizmati muassasalarining hududiy joylashishi va rivojlanishi o‘rganiladigan bo‘ldi.
2018-2025 yillarda oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini modernizatsiya qilish dasturi doirasida yangi oliy ta’lim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha qiymati 230 milliard so‘mlik ishlar bajariladi. Ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishda ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan har bir xodim o‘z ustida ishlashi, zamonavi bilim, tajriba va malakalarini tinmay oshirib borishi zarur.
Shuningdek Namangan viloyatida ta’lim sohasini rivojlantirish borasida hali amalga oshirish kerak bo‘lgan muammolar mavjud bo‘lib, ularni bartaraf etishga islohotlarni izchil amalga oshirishga viloyatda yashayotgan har bir inson ma’suldir
"Ta’lim to‘g’risida"gi qonunda ta’lim bilan tarbiyani birgalikda olib borish masalasi asosiy vazifa qilib belgilangan.
Shuningdek Namangan viloyatida ta’lim sohasini rivojlantirish borasida hali amalga oshirish kerak bo‘lgan muammolar mavjud bo‘lib, ularni bartaraf etishga islohotlarni izchil amalga oshirishga viloyatda yashayotgan har bir inson ma’suldir "Ta’lim to‘g’risida"gi qonunda ta’lim bilan tarbiyani birgalikda olib borish masalasi asosiy vazifa qilib belgilangan.
Bugungi kunning talabi vatanimizda ta’lim tizimini, takomillashtirish, vatanga munosib farzandlar, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash masalasidir. Uzluksiz ta’limda har bir predmetni o‘qitish jaryonida o‘qituvchi ta’limni tarbiya bilan bevosita bog’lab olib borishi kerak. Har bir davlat o‘z fuqarolarida zamon talablariga mos sifatlar va jamiyat maqsadlariga mos qadriyatlarni qaror toptirishga harakat qiladi.
Ta’lim xizmati muassasalarini hududiy joylanishida, ijtimoiy sohada o‘z ahamiyatga ega bo‘lgan, vatanimiz kelajagi, yosh avlodga ta’lim berish va tarbiyalashdek dolzarb muammolar tizimini tahlil etib, tarmoqni yanada takomillashtirish va islohotlarni izchil amalga oshirish zarur ekanligini ushbu tadqiqotda ilmiy jihatdan o‘rganildi va natijada shunday xulosalar qilindi: - hukumatimiz tomonidan tarmoqni ijobiy rivojlantirish maqsadida qabul qilgan farmon va Qarorlarni Davlat dasturlarini o‘z o‘rnida amalga oshirish;

  • milliy ta’lim tizimlarini modernizatsiya qilish;

  • sinflarda o‘quvchi sonini ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik;

  • iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirib borish fondlarini tashkillash;

  • boshlang‘ich sinflarda til o‘rganishlari uchun qo‘shimcha soatlar ajratish;

  • jahondagi eng yaxshi xorijiy oliy ta’lim muassasalarini filiallarini ochish;

  • o‘qitishda yangi pedtexnologik shakl va uslublarini yaratish;

  • jahon talablari va andozalariga mos mutaxassislar tayyorlash;

  • mavjud ta’lim xizmati muassasalarini qayta ta’mirlash ,yangilarini qurish;

  • o‘qitishni barcha bosqichlarida xorijiy tillarni o‘rganishni kengaytirishga yanada e’tiborni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Viloyatimizda yoshlarni mustahkam bilim olishi uchun beqiyos shart sharoit yaratilib qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishda ushbu sohada faoliyat ko‘rsatayotgan har bir xodim o‘z ustida ishlashi, zamonaviy bilim, tajriba va malakalarini tinmay oshirib borishi zarur.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2020 yil “Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qilindi. Uning hayotga tatbiq etilishi bilan nodavlat ta’lim muassasalarini tashkil qilish jarayoni yanada soddalashtirildi, litsenziya talabgorlarining murojaatlarini qisqa muddatlarda ko‘rib chiqish belgilab qo‘yildi. Ayni chog‘da Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali litsenziya talabgorlari hujjatlarini qabul qilishning elektron tizimi viloyatimizda ham yo‘lga qo‘yildi.
Axborot texnologiyalar asri deb nom olgan XXI asrda hayotning barcha jabhalarida — sanoat, qurilish, kimyo, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, mashinasozlik va boshqa sohalarda yuksak taraqqiyotni yuzaga keltirish uchun ilm-fanni rivojlantirish, bu borada yangiliklar yaratish hayotiy zaruratga aylandi. Bu jarayon endilikda dunyoda taraqqiyot yo‘lini tutgan barcha mamlakatlarda e’tirof etilmoqda. Viloyatimizda ham ana shu jarayonga alohida e’tibor berilmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti davlat rahbari sifatidagi faoliyatini yurtimiz akademiklari, etakchi olimlari, umuman, ilm ahli bilan uchrashuvdan boshlaganligi, respublikamizda ilm-fan rivojini ishlab chiqarish taraqqiyoti bilan uyg‘unlashtirishga qaratganligi bejiz emas. Davlatimiz rahbarining shundan keyin sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini yaxshilash, kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitobxonlikni kuchaytirish, respublikada yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish, «Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi» ishlab chiqilishi, Imom Termiziy xalqaro markazini tashkil qilish borasida va shu kabi boshqa ko‘plab qabul qilingan qarorlari, farmonlari, farmoyishlarida ilm-fanni yuksaltirish asosiy masalalardan biri sifatida belgilanishi ham ana shu e’tiborning amaliy ifodasi edi.
Namangan viloyatida ham ilm fan va ta’lim muassasalarini rivojlantirishda amalga oshirilgan ijobiy isjlar tahsinga loyiq bo’lin yangi o’quv muasasalari,kutubxonalar sport komplekslari barpo etildi.
Ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, ularning yutuqlarini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotga aylantirish jarayonida intellektual mulkning ishonchli himoya qilinishi alohida ahamiyat kasb etadi.
2020 yilning 12 oktyabr kuni Prezidentimiz raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish ham «Intellektual mulkni himoya qilish – Uchinchi uyg‘onish davri uchun ishonchli poydevor bo‘lib xizmat qiladi» mavzusiga bag‘ishlangan edi. O‘shanda davlatimiz rahbari patent egalari va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni ta’minlash zarurligiga alohida e’tibor qaratdi. Shu ma’noda O‘zbekistonni 2030 yilga qadar global innovatsion indeks reytingida dunyoning 50 ta etakchi davlatlari qatoriga kiritish bo‘yicha ulkan maqsadga erishishda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan strategik reja e’lon qilindi.
Maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi vazirliklari hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazlari bilan birgalikda viloyat, tuman (shahar) kesimida malakali mutaxassislardan iborat ekspert guruhlari shakllantirildi. Shular asosida maktabgacha ta’lim muassasalari va ulardagi ta’lim-tarbiya jarayonlariga mutlaqo yangicha tafakkur bilan qaralayapti. Ayniqsa, davlat-xususiy sherikchilik asosida MTM tashkil etish kun tartibidagi muhim masalalardan biriga aylangan. Ayni paytda respublikamizning har bir viloyatida nodavlat maktabgacha ta’lim muassaslari faoliyat yuritayotgani va ularning umumiy soni 339 tani tashkil etayotgani bunga misol bo‘la oladi. O‘ylaymizki, bunday dargohlar soni tizimli va nazorat ostida oshib borishi maktabgacha ta’lim tizimi sifatini yangi bosqichlarga olib chiqadi.
Shularga mushtarak ravishda umumiy o‘rta ta’lim tizimida nodavlat maktablarning o‘rni kuchayib borishi tabiiy. Buni AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya kabi rivojlangan mamlakatlarda nodavlat maktablarda ta’lim sifati juda yuqori darajada ekanligi timsolida ham yaqqol anglash mumkin. Zero, bu umumiy ta’lim tizimi sifatini yuqori darajaga olib chiqishning eng muhim mezonidir.
Mamlakatimizda jumladan Namangan viloyatida olib borilgan sohadagi ijobiy ishlarning natijasida nodavlat maktablarda yaratilgan shart-sharoitlar barcha talablarga javob beradi. Ularda muassasalarni talab darajasida yaratilgani, qo‘llanilayotgan o‘quv reja hamda o‘quv dasturlari asosida har bir o‘quvchiga alohida-individual yondashilmoqda. Navqiron avlodga o‘z ustida mustaqil ishlashi uchun barcha qulayliklar yaratil di. Qiziqishlari va ishtiyoqidan kelib chiqib ta’lim beriladi, ikki-uchta xorijiy til o‘rgatiladi. O‘qishdan tashqari muassasaning o‘zida tashkil etilgan turli fan to‘garaklari, sport mashg‘ulotlari samarali olib boriladi. Bundan ota-ona ham, pedagog ham, bola ham manfaat topadi.
Hozirgi kunda viloyatimizda nodavlat maktablar soni ortib bomoqda. Ularning soni yanada ko‘payishi shubhasiz. Umuman olganda, mamlakatimizda nodavlat ta’lim xizmatlari sohasidagi faoliyat maktabgacha (bog‘chalar), umumiy-o‘rta (maktab) va kadrlar malakisini oshirish va ularni qayta tayyorlash (o‘quv markazlari) ta’lim turlari bo‘yicha tez rivojlanib bormoqda va mazkur ta’lim turlari bo‘yicha nodavlat ta’lim maskanlari soni ortmoqda.
Biroq shu kunga qadar respublikamizda nodavalat o‘rta-maxsus (kollej va litseylar) ta’lim muassaslari tashkil etilmagan. Vaholonki, mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini yuqori bosqichlarga olib chiqish, ta’lim tizimidagi sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ta’lim sifatini oshirish, ta’lim olish istagida bo‘lgan yoshlarimizga keng imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratish, yangicha va mustaqil fikrlaydigan, raqobatbardosh va kelajakda mamlakatimiz rivojiga o‘z hissasini qo‘shadigan kadrlar tayyorlash uchun nodavlat oliy ta’lim muassasalarini tashkil etish vaqti alla qachon yetib kelgan.
Barcha rivojlangan mamlakatlar, jumladan AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Singapurda nodavlat oliy ta’lim muassasalarining o‘rni beqiyos. Ta’lim tizimiga baho beruvchi, dunyo tan olgan oliy o‘quv muassasalarining jahon reytinglarida ham nodavlat ta’lim muassaslari eng yuqori o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Yurtimizda esa davlat ta’lim dargohlariga ajratilgan kvotalar ta’lim olmoqchi bo‘lgan yoshlarimizni 9-10 foizinigina qamrab olayotir. Mazkur holat ularni chet el univeristetlari, aksariyat hollarda Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘istonda tashkil etilgan nodavlat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishga majbur bo’lmoqda. Ammo mazkur davlatlarda tashkil etilgan OTMdagi ta’lim sifatiga kafolat berib bo‘lmaydi, albatta.
Modomiki, mamlakatimizda nodavlat oliy ta’lim muassasalarini ochilishi xizmatlar eksportini rivojlantirishga olib keladi. Diyorimizga kelgan har bir xorijiy talaba kontrakt to‘lovini amalga oshirishdan tashqari u o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun yiliga o‘rtacha 10 million so‘m sarf-xarajat qiladi. Bu ham, o‘z o‘rnida, iqtisodiyotimizni rivojlantirishga o‘zining hissasini qo‘shadi.

Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish