Хudayberdiyeva ro’zixon abdupattayevna тa’lim xizmati muassasalarining hududiy joylashishi va rivojlanish xususiyatlari”



Download 2,12 Mb.
bet21/24
Sana23.07.2022
Hajmi2,12 Mb.
#841857
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
Disertatsiya ohiri 2555555555555555555 (2)

Uchinchi bob bo‘yicha xulosa
Uchinchi bob bo‘yicha -ta’lim sohasini hududiy rivojlantirish va samaradorligini takomillashtirish va Namangan viloyatida ta’lim tizimida amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlarning asosiy xususiyatlarini,ta’limni rivojlantirish va samaradorligini takomillashtirish va uning istiqbol yo’nalishlari o’rganilgani bilan xarakterlanadi
Ta’lim xizmati muassasalarini hududiy joylanishida, ijtimoiy sohada o‘z ahamiyatga ega bo‘lgan, vatanimiz kelajagi, yosh avlodga ta’lim berish va tarbiyalashdek dolzarb muammolar tizimini tahlil etib, tarmoqni yanada takomillashtirish va islohotlarni izchil amalga oshirish zarur ekanligini ushbu bobda ilmiy jihatdan o‘rganildi. Mamlakatimizda yoshlarni mustahkam bilim olishi uchun beqiyos shart sharoit yaratilib qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Istiqbolda ham ta’lim tizimida xizmatlar darajasini, zamonaviy talablarga muvofiq sifatli ta’lim muassasalarni imkoniyatlarini kehgaytirish, ta’limi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish,turli ta’lim shakllarini ko’paytirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshiriladi.
XULOSA
1. Ta’lim — bilim berish, malaka va ko‘nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Ta’lim jarayonida ma’lumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Ta’lim tor ma’noda o‘qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi o‘quv yurtlarida o‘qitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda ma’lumot berish jarayonini ham bildiradi.Ta’limning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi.
2. Yurtimizda umumiy o‘rta ta’limdan boshlab o‘rta maxsus, kasb hunar va oliy ta’limgacha bo‘lgan bo‘g‘inlarda chuqur bilim va puxta kasb hunar tayyorgarligiga ega bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash jarayonini o‘z ichiga olgan yaxlit uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish ishlari izchil davom ettirilb, ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy‑huquqiy asoslari bir qator hujjatlarda belgilab berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020 yil 23-sentabrda “Ta’lim to‘g‘risidagi” yangi qonun imzolandi. Ushbu qonunda ta’lim tizimini rivojlantirish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora tadbirlari yuzasidan muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada Namangan viloyati ta’lim xizmati muassasalarini hududiy joylashishi va rivojlanish xususiyatlariga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi.
3. Ta’limni geografik jihatdan ikkita tarmoqqa ajratilsa, uning birinchisi ta’lim tizimi va to‘ri, ikkinchi tarmog‘ini esa hudud, makon tashkil qiladi. Sababi ta’lim tizimining, aynan, joylardagi vaziyati ko‘p jihatdan o‘sha hududlar tabiiy - iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi bilan chambarchas bog‘iqligini inkor etib bo‘lmaydi.
Mamlakatimizdagi ta’lim tizimining turlari ularning maqsadiga ko‘ra bir biridan farqini ko‘rsatib o‘tish mumkin.

  • maktabgacha ta’lim tizimi bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi;

  • boshlang‘ich ta’lim umumiy o‘rta ta’lim olish uchun zarur bo‘lgan savodxonlik, bilim va ko‘nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir;

  • umumiy o‘rta ta’lim bilimlarning asosiy bazasini shakllantirib beradigan va inson kamolotining rivojlanish xususiyatlarini shakllantiradi;

  • o‘rta maxsus bilim va kasb-hunar ta’limi insonni ma’lum bir kasb va hunar olish ehtiyojlarini qondirib, oliy ta’lim uchun zamin yataradi;

  • oliy ta’lim, ya’ni universitet, institut, akademiya va oliy maktablarning boshqa ta’lim muassasalariga yuqori malakali hamda oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashni ta’minlaydi;

  • oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim (tayanch doktorantura, doktorantura) jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy - pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgandir;

  • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi.

Mazkur ta’lim tizimining qirralari mintaqalar va taraqqiy etgan mamlakatlar, shuningdek, jahon standartlari bilan taqqoslash, mazkur mamlakat aholisining ma’rifiy va ma’naviy darajasini qiyosiy tahlil qilish imkoni beradi. Shu boisdan, ta’lim geografiyasining mohiyati va mazmuni respublikamiz hamda ba’zi rivojlangan mamlakatlar ta’lim jarayonidagi ahvol, davlatning bu boradagi olib borayotgan siyosati, asosiy yo‘nalishlari hamda hududiy tafovutlari doirasida o‘z aksini topadi.
4. Keyingi yillarda ta’lim tizimi moddiy holati yaxshilanib, bir-biriga yaqin kichik bog‘chalardan kattaroqlarini rekonstruksiya qilgan holda, ayrimlari bir-biriga qo‘shib yuborilgan hamda maktabgacha ta’lim muassalarining faoliyati kuchaytirilgan. 2018-yilda mamlakatdagi maktabgacha ta’lim muassalarining soni 7104 tani tashkil etgan, 2021yilda 19316 taga etdi. Umumiy o‘rta ta’lim 2017/2018-o‘quv yilidan boshlab, 11 yillik majburiy umumiy o‘rta ta’lim tizimiga o‘tilishi jamoatchilik tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi.
5. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib beradi. Oliy ta’lim odatda, to‘rt besh va ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha uch yildan kam bo‘lmagan muddatda davom etadi. Mamlakat intellektual salohiyatini baholashda undagi mavjud oliy o‘quv yurtlarining soni va ularning faoliyati ham alohida ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan O‘zbekistonda ham oliy o‘quv yurtlarining soni muttasil ko‘paytirib kelgan. Xususan, 2018/2019-o‘quv yilida 114 taga, 2020/2021 o‘quv yilida 159 ta, yetdi. Mos ravishda, xorijiy oliy ta’lim muassalarining filiallari 2010/2011- o‘quv yilida 2 ta bo‘lgan bo‘lsa, 2018/2019-o‘quv yilida 21 taga, , 2020/2021 o‘quv yilida xorijiy oliy ta’lim 30 taga yetdi, hamda yana shartnomalar tuzish davom etmoqda.
6. Shuningdek, umumta’lim maktablarida moliyaviy daromadlarni topishda muassasaning bo‘sh turgan ko‘chmas mulkidan samarali foydalanish ishlarini amalga oshirish ishlari ham rejelashtirilgan jumladan: xonalarni tadbirkorlik subektlariga ijaraga berish yoki autsorting xizmatlarini yo‘lga qo‘yish; foydalanilmaydigan binosi (blok)ni xizmat ko‘rsatish obeykti sifatida tadbirkorlik subyektlariga ijaraga berish; o‘quv jarayonida foydalanilmaydigan sinf xonalarini o‘quv markazlariga ijaraga berish; sport zalini sport klublari, sport federatsiyasiga ijaraga berish yoki sport to‘garaklarini tashkil etish; ta’lim muassasasi hovlisida sun’iy qoplamali sport maydoni barpo etish va uni ijaraga berish; kompyuter klublarini tashkil etish kabi ishlarni kiritish mumkin.
Namangan viloyatida ta’lim xizmatlari sohasini tarkibiy tuzilishi va tizimli ishlarni amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etadi. Namangan viloyatida ham hududlarning demografik sharoitidan kelib chiqqan holda ta’lim xizmati muassasalarini holatini yaxshilash, tashkil etish bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirilmoqda va ijobiy natijalarga erishilmoqda.
7.Namangan viloyatining umumta’lim xizmati muassasalarini hududiy joylashishi unda o‘quvchilar soni hamda, o‘qituvchilar tarkibini ko‘rsatkichlari ham yil sayin ortib bormoqda.
Hozirgi kunda Namangan viloyati xalq ta’limi tizimida 727 ta ta’lim muassasalari faoliyat yuritib, shundan 712 ta maktab, 13 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi, 1 ta Bolalar kutubxonasi, 1ta malaka oshirish hududiy markazlari akademik litseylar,Prizident maktabi faoliyat ko’rsatmoqda .
Namangan viloyatida 3 ta Oliy ta’lim muassasalari faoliyat olib boradi ular Namangan shaxrida joylashgan ya’ni: Namangan davlat universiteti 15 ta fakultet 52 ta yo‘nalishlarda qaryib 27000 nafar talaba tahsil oladi. Namangan muxandislik texnologiya instituti 6 ta fakultet 23 ta ta’lim yo‘nalishi 7 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlamoqda ja’mi talaba 7988 tani tashkil etadi.Namangan muhandislik-qurilish instituti jami talaba 4516 ta bo’lib, 6 ta fakultet 21 ta yo‘nalish, 7 ta magistratura yo’nalishlari mavjud.
8. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida ilg‘or xalqaro tajriba va jamiyatning zamonaviy talablariga muvofiq sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini yaratish, xalq ta’limi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
9. Mamlakatimizda yoshlarni mustahkam bilim olishi uchun beqiyos shart sharoit yaratilib qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Istiqbolda ham ta’lim tizimida xizmatlar darajasini, zamonaviy talablarga muvofiq sifatli ta’lim muassasalarni imkoniyatlarini kehgaytirish, ta’limi muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag‘ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish,turli ta’lim shakllarini ko’paytirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.



Download 2,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish