8-jadval
Xitoy ta’lim bosqichlari
-
Kurs
|
Davomiyligi
|
Ega bo‘ladigan daraja
|
Kollej
|
3 yil
|
ma’lumotnoma
|
Bazaviy
|
3-5 yil
|
Bakalavr
|
Asosiy
|
2-3 yil
|
Magistr
|
Qo‘shimcha
|
2-4 yil
|
Doktor
|
Manba: https://uz.instudy.uz/davlatlar/xitoy/ Xitoy ta’lim bosqichlari
Ma’lum sohaga yo‘naltirilgan o‘quv yurtlari ishlab chiqarishning biron sohasi uchun ixtisoslashgan mutaxassislar, so‘nggi ikki bosqich aspirantura bo‘limiga biriktirilgan holda ishlab chiqarishdan ajralgan yoki ajralmagan ravishda yuqori ilmiy darajali xodimlarni tayyorlaydilar.
Shuningdek, Fransiya ta’limida bolalarning go‘daklik chog‘idanoq maktabda o‘qitish uchun tayyor holda olib kelish g‘oyat muhim masala hisoblanadi. Fransiya ta’limida: maktabgacha tarbiyadanoq o‘quvni predmetlashtirib tishkil etish, boshlang‘ich ta’limni 3 bosqichda puxta amalga oshirish, o‘quvni didaktik vositalari bilan ta’minlashga berilayotgan e’tibor, o‘quv muassasalarining turli firmalar, konsernlar, korxonalar bilan mustaxkam aloqalari va boshqa ibratli tajribalari bor.
O‘rta ta’lim ikki bosqichda beriladi. Birinchi bosqichni (11 yoshdan 15 yoshgacha) tugatgach, o‘quvchilar kasbiy yo‘nalishlari bo‘yicha guvohnoma oladilar. Ikkinchi bosqichda 15-18 yoshgacha bo‘lgan bolalar ta’lim oladilar. Ular uch yil o‘qib bakalavr unvoni va diplomi uchun imtihon topshiradilar. Ana shunda diplom olgan o‘quvchilargina oliy o‘quv yurtlarga qabul qilinish huquqiga ega bo‘ladilar. Fransiyada talabalar pedagogika, politexnika instituti, oliy ma’muriy maktablarga kirish uchungina imtihon topshiradilar. Boshqa oliygohlarga va universitetlarga esa bakalavr diplomi bo‘lgan yoshlar imtihonsiz qabul qilinaveradi.
Oliy ta’lim universitetlarda uch turkumda amalga oshiriladi. Birinchi turkum: umumiy bo‘lib, o‘qish muddati ikki yil davom etadi. Ikkinchi turkum: o‘qish bir yil davom etadi. Talabalar uni magistr darajasi bilan yakunlaydi. Uchinchi turkum: o‘qish 1-2 yil davom etadi. Bu stiklda: - biron bir predmetni chuqurlashtirib o‘rganilganligi haqida diplom 1 yil;
- ixtisoslashtirilgan oliy ma’lumot to‘g‘risida diplom 1-yil;
- uchinchi turkum doktorlik dissertatsiyasi 1-2 yil;
- davlat doktorlik dissertatsiyasi biron-bir sohani mukammal o‘rganib dissertatsiya yozish kabi hujjatlar olish mumkin.
Fransiyada oliy ma’lumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mingdan ortiq. Ular odatda sanoat, maishiy xizmat ko‘rsatish, informatika mutaxassisliklariga ixtisoslashgan. O‘qish muddati 2 - yil bo‘lib, sakkiz haftalik ishlab chiqarish amaliyotini ham ko‘zda tutadi.
Jahonning xalqaro universitetlari ta’lim tizimida foydalaniladigan interfaol dasturlaridan mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida ham foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |