Namangan viloyati akademik litseylar haqida ma’lumot
|
Akademik litseylar soni birlikda
|
O‘quvchilar soni
|
O‘qituvchilar soni, kishi
|
|
2015/
2016
|
2018/
2019
|
2020/
2021
|
2015/
2016
|
2018/
2019
|
2019/
2020
|
2020/
2021
|
2015/
2016
|
2018/
2019
|
2019/
2020
|
2020/
2021
|
Namangan viloyati
|
10
|
9
|
3
|
8709
|
5596
|
2735
|
2889
|
628
|
403
|
273
|
236
|
Namangan sh.
|
4
|
3
|
3
|
5300
|
4084
|
2735
|
2889
|
361
|
291
|
273
|
236
|
tumanlar:
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Mingbuloq
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Kosonsoy
|
1
|
1
|
-
|
644
|
444
|
-
|
-
|
47
|
32
|
-
|
-
|
Namangan
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Norin
|
1
|
1
|
-
|
468
|
112
|
-
|
-
|
38
|
7
|
-
|
-
|
Pop
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
To‘raqo‘rg‘on
|
1
|
1
|
-
|
506
|
192
|
-
|
-
|
42
|
21
|
-
|
-
|
Uychi
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Uchqo‘g‘on
|
1
|
-
|
-
|
353
|
-
|
-
|
-
|
28
|
-
|
-
|
-
|
Chortoq
|
1
|
1
|
-
|
750
|
444
|
-
|
-
|
67
|
32
|
-
|
-
|
Chust
|
1
|
1
|
-
|
688
|
320
|
-
|
-
|
45
|
20
|
-
|
-
|
Yangiqo‘rg‘on
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
-
|
Manba:Namangan vioyat statistika boshqarmasi materiallari
Kasb-hunar maktablari va texnikumlarni yangitdan tashkil etish va ularning faoliyatini boshqarish to‘g’risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi o‘rta maxsus, kasb hunar ta’limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi Qarorlari ta’lim sohasini rivojlantirish va islohotlarni amalga oshirishning asosiy tizimi hisoblanadi.
Namangan viloyatida akademik litseylar bilan birga kasb-hunar ta’limi texnikum kabi talim xizmatlari o‘quv muassasalari zamonaviy ta’lim standartlari asosida jihozlandi, yangitdan tashkil etish va qurish mavjudlarini rekonstrutsiya qilish uchun katta mablag‘lar sarflandi.
Hozirda yurtimizdagi 201 ta kollej va 185 ta texnikumfaoliyat olib bormoqda shundan, Namangan viloyatida 27 ta kasb-hunar maktablari qayta ko‘rib chiqilib tashkil etildi, ularda o‘quvchi soni 7591 ta o‘qituvchilar soni 693 tadan iborat.
2020-2021 o‘quv yilidan yangi rejada faoliyatini davom ettirgan kasb-hunar maktablari Kosonsoy tumanida 3ta, Pop tumanida 3ta, Chust tumanida 3 tadan qolgan tumanlarda 2 tadan joylashgan.
Texnikumlari soni 19 ta bo’lib, o‘quvchilar soni 3597 tani , o‘qituvchilar soni 347 tani tashkil qilmoqda.Tumanlar kesimida 19 ta texnikumlarning 4 tasi Namangan shahrida, 3 tasi To‘raqo‘rg‘onda va Kosonsoy, Namangan, Norin, Uychi tumanlarida 2 tadan, Uchqo‘g‘on, Chortoq Yangiqo‘rg‘on, Mingbuloq tumanlarida 1 tadan tashkil etilgan. Pop va Chust tumanlarida esa tashkil etilmagan.(8-ilova)
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta’lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi mazkur sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib beradi.
Namangan viloyatida 3 ta Oliy ta’lim muassasalari faoliyat olib boradi ularda ja’mi 39504 ta talaba tahsil oladi. (6-jadval)
Namangan shaxrida joylashgan, ya’ni: Namangan davlat universiteti 15 ta fakultet 52 ta yo‘nalishlarda qaryib 27000 nafar talaba taxsil oladi.
6-jadval
Namangan viloyatining Oliy ta’lim tashkilotlari haqida ma’lumot
(o‘quv yili boshiga, birlik)
Hududlar
|
oliy ta’lim tashkilotlar soni
|
talabalar soni
|
professor-o‘qituvchi xodimlar soni, kishi
|
|
2018/
2019 o‘/y
|
2019/
2020
o‘/y
|
2020/
2021
o‘/y
|
2018/
2019
o‘/y
|
2019/
2020
o‘/y
|
2020/
2021
o‘/y
|
2018/
2019
o‘/y
|
2019/
2020
o‘/y
|
2020/
2021
o‘/y
|
Namangan viloyati
|
3
|
3
|
3
|
16742
|
39109
|
41504
|
1013
|
1131
|
2665
|
Namangan sh.
|
3
|
3
|
3
|
16742
|
39109
|
41504
|
1013
|
1131
|
2665
|
Manba:Namangan viloyat statistika boshqarmasi materiallari
Namangan muxandislik texnologiya istituti ja’mi talaba 6 ta fakultet 23 ta ta’lim yo‘nalishi 7 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlar tayyorlamoqda ja’mi talaba 7988 ta talaba, Namangan muhandislik-qurilish instituti jami talaba 4516ta 6ta yo‘nalishda fakultet 21 ta yo‘nalishdalar 7 ta yo‘nalish magistratura yo’nalishlari mavjud.
Viloyat oliy ta’lim sohasida ham katta ishlar amalga oshirilib talabalar sonini ortishi yo’nalishlarda qo’shimcha mutahasisliklarni ochilishi bilan muassasalarning qo’shimcha binolarga bo’lgan ehtiyojlari ortdi,ayrim kollejlarni yopilishi munosabati bilan ular tassarufidagi binolar oliy ta’lim tarkibiga qo’shib berilishi imkoniyatlarni kengaytirdi.
2.2.Namangan viloyati ta’lim xizmati muassasalarining rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari
Mamlakatimizda har bir sohadagi kabi ta’lim xizmati muassasalarining rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy huquqiy bir qator hujjatlarda belgilab berilgan. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun ta’lim muassasalarini rivojlantirishga tadbiq etishning so‘nggi bosqichi sifat samaradorligini ta’minlovchi ma’suliyatli davri davom etmoqda.
Namangan viloyati Oliy ta’lim muassasalari, kasb hunar kollejlari, akademik litseylarini ,umumiy o’rta ta’lim,maktabgacha bo’lgan ta’limni moddiy bazasi kun sayin mustaxkamlanib bormoqda ular zamonaviy o‘quv xonalari va labaratoriya jihozlari, zamonaviy axborot-resurs markazlari bilan ta’minlanmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi “Ta’lim to‘g’risida”gi Qonunni tasdiqladi. Qonunda ta’lim sohasidagi asosiy tamoyillar, ta’lim tizimi, boshqaruv tarkibi, pedagog xodimlarning huquqlari, burch va ma’suliyatlari aniq belgilab berildi. Bu hujjat ta’lim sohasida amalga oshiriladigan barcha islohotlarning muqaddimasi hamda huquqiy kafolati hisoblanadi.
Namangan viloyati ta’lim xizmati muassasalarining rivojlantirishning o’ziga xos jihatlari va uning asosiy yo'nalishlari ularda olib borilayotgan islohotlarni amalga oshirilayotgani katta ahamiyat kasb etmoqda.
Namangan viloyati maktabgacha ta’lim yo’nalishi farzandlarni sog’lom va yetuk, maktabda o’qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. Bu ta’lim olti-etti yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulk shaklidan qat’i nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi.
O’zbekiston Respublikasida 2030 yilgacha maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi»ning qabul qilinishi sohadagi islohotlarni amalga oshirishda huquqiy asosni yaratdi. Konsepsiya asosan Namangan viloyatida maktabgacha ta’limni rivojlantirishda hududlar, shahar va qishloqlar o’rtasidagi nomutanosiblikni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 3-6 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni kengaytirish nafaqat yangi muassasalarni qurish va eskilarini ta’mirlash hisobiga (qo’shimcha bola o’rinlarini joriy etish), balki ota-onalar orasida maktabgacha ta’limning ahamiyati haqida faol tushuntirish va tashviqot ishlari olib borish, kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash hisobiga ham erishilmoqda. 2020 yilga kelib viloyatda ushbu ko’rsatkich Namanganda – 3, barobar oshdi, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorgarlik tizimi bilan qamrab olish bo’yicha Namangan (44,6 foiz) viloyatlar ichida eng yaxshi natijalarga erishilganini ko’rish mumkin.Konsepsiyasiyaga ko’ra viloyatda 6 yoshli bolalarni 2022 yil yakuniga kelib, maktabga tayyorlash tizimi bilan to’liq qamrab olish maqsadli paramert qilib belgilangan.
Prezidentimizning 2017 yil 15 sentyabrdagi “Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori muhim dasturilamalga aylandi. Bu borada Mamlakatimizda nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish, sohaga davlat-xususiy sherikchilikning samarali mexanizmlarini joriy etish, bu borada ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish bo‘yicha qator yangiliklar qilindi.
Hozirgi kunda viloyatimizda nodavlat maktablarni tashkil etish jarayoni ortib bormoqda. Ularning soni yanada ko‘payishi shubhasiz. Umuman olganda, nodavlat ta’lim xizmatlari sohasidagi faoliyat maktabgacha (bog‘chalar), umumiy-o‘rta (maktab) va kadrlar malakisini oshirish va ularni qayta tayyorlash (o‘quv markazlari) ta’lim turlari bo‘yicha tez rivojlanib bormoqda va mazkur ta’lim turlari bo‘yicha nodavlat ta’lim maskanlari soni ortayapti Namangan viloyatida bugungi kunda 15 ta nodavlat ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Ularda 1133 nafar o‘quvchilar ta’lim-tarbiya olmoqda.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, axborot-kutubxona muassasalari, sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar viloyat markazi va tumanlarda faoliyat yuritmoqda va rivolantirilmoqda
Namangan viloyatida oilada ta’lim olishga va mustaqil ravishda ta’lim olish yo’nalishi ham shakllangan. Bolalarni oilada o’qitish va mustaqil ravishda ta’lim olish tegishli ta’lim muassasalarining dasturlari bo’yicha amalga oshiriladi.
Namangan viloyatida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini «Zamonaviy maktab» talablari asosida qurish, va ta’mirlash ishlarini rivojlantirishda ham bir qator ishlar amalga oshirildi.
2020-2022 yillarda Namangan viloyatida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini «Zamonaviy maktab» talablari asosida qurish, va ta’mirlash ishlari jadal olib borilmoqda. 2020 yilda Namangan viloyati bo’yicha ja’mi 26 ta maktabda qurish, va ta’mirlash ishlari olib borilgan bo’lsa,2022 yilda 23 ta maktabda qurish, va ta’mirlash ishlari olib borilmoqa, shundan,2020 yilda 6 ta yangi maktab qurilishga 31 285 mln.so’m, 12 ta maktabni rekonstruksiya qilishga 41038 mln.so’m, 9 ta maktabni mukammal ta’mirlash ishlariga 12672,2 mln.so’mlik xarajatlar amalga oshirilgan bo’lsa, 2022 yilga 7 ta yangi maktab qurilishi,7 ta maktabni rekonstruksiya qilishga 11 784 mln.so’mlik, 9 ta maktabni mukammal ta’mirlashga 41720 mln.so’mlik ishlari reja asosida amalga oshirilmoqda. (7-jadval)
E’tibor qaratsak,umumiy o’rta ta’lim bosqichlari quyidagilardan iborat:boshlang’ich ta’lim (I—IV sinflar) boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’lim olish uchun zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning birinchi sinfiga bolalar olti-etti yoshidan qabul qilinadi.Umumiy o’rta ta’lim (I—IX sinflar).Umumiy o’rta ta’lim bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga yo’naltirishga va ta’limning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |