2. . Darslarning tiplari va strukturasi. Dars – darslarning butun tizimidagi zveno bo’lib, ulardan har biri o’zining ma’lum vazifasini hal qiladi. Bu vazifa o’qitish zvenolaridan kelib chiqadi. Bunday ayrim darslar barcha zvenolarni, boshqalari faqat ayrimlarini, uchinchilari faqat bittasini qamrab olishi mumkin. Darslar qancha zvenoni qamrab olishi va qanday vazifalarni hal etishiga ko’ra turlicha strukturaga ega bo’lgan tiplarga bo’linadi. Struktura – bu dars qismlarining nisbati va o’zaro bog’lanishi bo’lib, ular o’z vazifasi va o’qituvchi bilan o’quvchilar faoliyati xarakteri bilan farq qiladi.
Demak, yetakchi didaktik vazifa va strukturaga ko’ra darslar quyidagi tiplarga bo’linadi:
1) kombinasion darslar (o’qituvchi yangi materialni tushuntiradi, mustahkamlaydi, takrorlaydi, kontrol qiladi);
2) yangi materialni o’rganish darslari;
3) bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash darslari
4) mashqlar va amaliy ishlar darslari;
5) umumlashtiruvchi takrorlash darslari;
6) laboratoriya darslari;
7) o’quvchilar bilimini nazorat qilish, tekshirish va baholash darslari, bundan tashqari standart bo’lmagan, innovasion dars shakllari ham keng qo’llaniladi: seminar-darslar, konferensiya-darslar, rolli o’yinlar, integrallashgan darslar.
Aralash yoki kombinasion dars o’zida o’quv ishlarining turli maqsad va turlarini aks ettiradi
- o’tilgan material ustida ishlash
- yangi mavzularni anglash va o’zlashtirish
- amaliy ko’nikma va malakalarni hosil qilish
Shu bilan bog’liqlikda aralash darsda odatda quyidagi strukturaviy komponentlar ajraladi.
- o’quvchilarni darsga tayyorlash
- takrorlash-umumlashtirish ishlari
- yangi materialni anglash va o’zlashtirish ishlari
- bilimlarni amaliyotda qo’llash ko’nikma va malakalarini shakllantirish ishlari bo’yicha ishlar
- uyga vazifa
Yangi materialni bayon qilish darslari. O’qituvchi tomonidan o’quvchilarni yangi material ustida ishlashdan xabardor qiladi va o’rta va yuqori sinflarda katta hajmli va murakkab materiallarni o’rganishda muvaffaqiyatli qo’llaniladi.
Bunday dars strukturasi: o’quvchilarni darslarga jalb etish, dars maqsadlarini qo’yish; qisqa tekshrish, uyga vazifa.
O’rganilgan materialni mustahkamlash va amaliy ko’nikma va malakalarni hosil qilish darslari uning yanada chuqurroq anglash va o’zlashtirish, amaliy ko’nikma va malakalarni amaliyotda qo’llash maqsadidan kelib chiqib, hamma sinflarda alohida mavzuni yoki bo’limlarni o’rganilgandan keyin o’tilgan materialni takrorlashga yo’naltirilib o’tkaziladi.
Takrorlash, tizimlashtirish va umumlashtirish darslari o’quv dasturining katta bo’limlarini takrorlash bilan bog’liq va darhol mavzularni o’rganilgandan keyin yoki o’quv yili oxirida o’tkaziladi.
Dars tuzilishi zamonaviy dars amaliyoti va nazariyasida prinsipial, ahamiyatga ega, xuddiy shunday ta’limda samaradorligi va natija egaligini aniqlab beradi. Dars elementlari sifatida quyidagi tarkibiy qismlar ajratiladi:
- yangi materialni o’rganish;
- uyga vazifa;
- bilimlarni nazorat qilish;
- bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish;
- o’rganilgan materiallarni mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |