Hozirgi zamon an’anaviy ta’limi



Download 36,85 Kb.
bet7/12
Sana31.12.2021
Hajmi36,85 Kb.
#278388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu

O’qitish metodlari bilimlarni berish usullari sifatida qaraladi va talabalarning ilmiy bilish faoliyatiga rahbarlik qilishga qaratilgan bo’ladi hamda o’quv jarayonida olim pedagogning talabalarga ta’sir ko’rsatishini shakllantiradi.

O’rganish metodlari bilim, malaka va ko’nikmalarni ijodiy egallashga hamda metodik va g’oyaviy-siyosiy e’tiqodlarni ishlab chiqishga qaratilgan talabalarning ilmiy bilish faoliyati usuli sifatida belgilanadi.

Oliy maktabdagi ta’lim xususiyati o’quv jarayonini tashkil etishda ko’rinadi. Maktab ta’limi metodlarni belgilash va o’qitish shakllarini tashkil qilishni tavsiya etadi, oliy maktabda esa o’qitish metodlari va shakllari qo’shilib ketadi, ya’ni oliy maktabdagi dars berish metodi ayni zamonda o’qitishning tashkiliy shakli ham hisoblanadi. Oliy maktabdagi o’qitish metodlari o’ziga qo’shimcha yuklanma – mashg’ulotni tashkil etishni ham oladi.

Oliy maktabdagi o’qitish metodlari tasnifi masalasi o’zining dolzarb­li­gini saqlab qoladi. Oliy maktabdagi o’qitish metodlari tasnifining didaktik yondashuvlari umumdidaktik yondashuvlarga monelik qilmaydi, balki ularni rivojlantiradi. Ular oliy maktabdagi o’quv jarayonining xususiyat­lari, ularning didaktik vazifalari xarakteriga asoslanadi.

Oliy maktabda o’qitish va o’rganish metodlari quyidagi guruhlardan iborat keng tarqalgan tasniflarga borib taqaladi.



Bilimlarni berish, idrok etish va o’zlashtirish, e’tiqodni shakllantirishni ta’minlovchi metodlar. Metodlarning bu guruhiga leksiya, talabalarning mustaqil ishlari, mustaqil tahsil olish bo’yicha ishlar, ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatish, maslahatlar, ko’rsatma berish, ommaviy axborot, programmalashtirilgan materiallarni idrok etish va boshqalar kiradi.

Bilimlarni tatbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko’nikmalarni hosil qilish, e’tiqodni chuqurlashtirish metodlari. Bu guruhga seminar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, programmalashtirilgan o’qituv kabinetlaridagi mashg’ulotlar, ishlab chiqarish amaliyoti kiradi.

Bilimlar, e’tiqodlarni shakllantirish, talabalarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash metodlari. Bu o’quv jarayonining reyting baholari, kollogiumlar, suhbat o’tkazish, kurs va diplom ishlari loyihalari va davlat attestasiyasi natijalarini baholashdir.

Bu tasnif konkret materiallar imkoniyatlarini belgilovchi eng muhim sifatlari asosiga qurilgan.

Birinchi guruhdagi shunday sifatlarga bilimlarni idrok qilish va o’zlashtirish, ikkinchi guruhga – tatbiq etish va mustahkamlash, uchinchi guruhga – attestasiya va bilimlarni aniqlash taalluqlidir.

Oliy maktabdagi o’qitish metodlari tizimiga quyidagi talablar qo’yiladi:



  1. metodlar tizimi ta’limiy funksiyaga ega bo’lishi lozim. Bu didaktik maqsadlar va o’qitish vazifalariga erishishning eng qulay usulidir;

  2. metodlar tizimi tarbiyalov-takomillashuv funksiyasiga ega bo’lishi lozim. Bunda talabalarning mustaqil ishlari, vazifalari, ularning ishga ijodiy yondashuvi hal qilinadi, talabalarning shaxsiy sifatlari, bilim, malaka va ko’nikmalar egallashga bo’lgan ehtiyojlari shakllanadi, ularning diqqati, irodasi, hissiyoti, xotirasi, tafakkuri o’sadi.

Eng jiddiy didaktik muammolardan biri ta’lim metodlarini tanlash nimaga bog’liq degan masaladir.

Didaktikaga oid adabiyotlarda o’qitish metodlarining quyidagi bog’liqliklari qayd qilinadi:



  1. birinchidan, o’quv mashg’ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bog’liq;

  2. ikkinchidan, bayon qilinadigan materialning xarakteriga bog’liq;

  3. uchinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog’liq;

  4. to’rtinchidan, o’quv jarayonida o’rganilayotgan fan asoslarining muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog’liq;

  5. beshinchidan, oliy o’quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bog’liq;

  6. oltinchidan, o’quv jarayonining moddiy-texnik ta’minoti bilan bog’liq;

  7. yettinchidan, o’qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va o’quv jarayonini tashkil etish darajasi, o’qituvchining hozirgi zamon metodlari bo’yicha bilimlariga bog’liq.

Shunday qilib, oliy maktabdagi o’quv jarayoni o’qitishning shakl va metodlarida tashkil etiladigan ko’pqirrali yaxlit tizim doirasida amalga oshiriladi. Bunda har bir shakl o’z oldiga qo’ygan vazifalarni bajaradi, lekin shakl va metodlar to’plami yagona didaktik majmuani (kompleksni) hosil qiladi. Didaktik majmuaning amalga oshirilishi o’quv jarayonining psixologik-pedagogik qonuniyatlari bilan belgilanadi. O’zbekiston Respublikasidagi oliy ta’limni isloh qilishning dolzarb vazifasi talabalarning o’quv-bilish faoliyatini jonlantirish, o’quv jarayoniga yangi texnologiyalarni tatbiq etishga xizmat qiladigan o’qitishning shakl va metodlarini takomillashtirishdan iboratdir.

Zamonaviy didaktik tizim. XX asrning 50-yillarida psixolog va pedagog B. Skin­ner rasmlarga bo’lingan axborotlarni yetkazish, bu jarayonni muntazam nazorat qilish asosida materialni o’zlashtirishda samaradorlikka erishish g’oyasini ilgari suradi. Mazkur g’oya keyinchalik dasturiy ta’lim deb ata­la­di. Keyinchalik N.Krauder nazorat natijalariga qarab o’quvchiga mustaqil ish­lash uchun turli materiallarni taklif etadigan tarmoqlashtirilgan dasturlarni yaratdi.

Dj. Dyuining nazariy g’oyalari muammoli ta’limning asosi bo’lib qoldi. Bugungi kunda muammoli ta’lim deb nomlanuvchi, ushbu g’oya o’qituvchi rah­barligi ostida muammoli vaziyatni yaratish va ularni щal etishda o’quvchi­lar­ning faollik va mustaqilliklarini ta’minlashga erishishni nazarda tutadi. Muammoli ta’limning vazifasi faol o’rganish jarayonini rag’bat­lash­tirish, o’quvchilarda fikrlash, tadqiqotchilik ko’nikmalarini shakllanti­rish­dan iboratdir.

L.V. Zankovning (1901-1977 yillar) rivojlantiruvchi ta’lim konsepsiyasi XX asrning 50-yillarida keng tarqaldi. Uning g’oyalarini amalga oshirish ta’lim jarayoniga insonparvarlik g’oyasini singdirish, shaxsni barkamol rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga imkon beradi.

Psixolog L.S. Vigotskiy (1896-1934 yillar) tomonidan 30-yillarda ilgari surilgan “Yaqin rivojlanish zonasi” g’oyasi щam muщim ahamiyatga ega. Unga ko’ra bola kattalar yordamida bilim olib, o’zi mustaqil bajara olmagan ishlarni bajara boshlaydi.

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonunida ta’lim va tarbiyani insonparvarlik, demokratik g’oyalarga muvofiq tashkil etilishi e’tirof etilgan.

Ta’limni insonparvarlashtirish ta’lim jarayonida o’quvchi shaxsini щurmat qilish, uning sha’ni, obro’si, qadr-qimmatini poymol etmaslik, mavjud iste’dodini rivojlantirishni nazarda tutadi. Demokratlashtirish esa pedagogik jarayonda rasmiyatchilikka yo’l qo’ymaslik, ta’lim dasturlarini tanlashda o’quvchilarning fikrlarini inobatga olishni ifodalaydi.

Respublika uzluksiz ta’lim tizimi ijtimoiy buyurtmani bajarishga xizmat qiladi, barkamol shaxs va yetuk mutaxassisni tarbiyalash vazifasini bajaradi.

1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish