Hozirgi zamon an’anaviy ta’limi


Ta’lim mazmunini tanlash tamoyillari va me’yorlari



Download 36,85 Kb.
bet3/12
Sana31.12.2021
Hajmi36,85 Kb.
#278388
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu

Ta’lim mazmunini tanlash tamoyillari va me’yorlari
Pedagogika nazariyasida ta’lim mazmunini shakllantirishning asosiy tamoyillari V.V. Krayevskiy tomonidan ishlab chiqilgan. Ular quyidagilardir:

  1. Ta’lim mazmunining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs muvofiqligi tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmuniga zarur bo’lgan bilim, malaka va ko’nikmalarni, shuningdek, jamiyat, madaniyat va shaxs imkoniyatlari rivojlanishining zamonaviy darajasini aks ettiruvchi bilimlarni kiritishni ko’zda tutadi.

  2. O’qitishning mazmun prosessual jihatlarining yagonaligi tamoyili. Bu tamoyil o’quv jarayonining konkret xususiyatlari, uning tamoyillari, ularni amalga oshirish texnologiyalari va o’zlashtirish darajasi birligini aks ettiradi.

  3. Turli sathlardagi ta’lim mazmuni tuzilmasining yagonaligi tamoyili. Buni shakllantirish nazariy tasavvur, o’quv fanlari, o’quv materiallari, ta’lim oluvchining shaxsi kabi qismlarning muvofiqlashtirilishini taqozo qiladi.

  4. Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil shaxsning umuminsoniy madaniyati, uning ma’naviy ehtiyoji va qobiliyatlarining faol ijodiy va amaliy o’zlashtirilishiga shart-sharoit yaratishni taqozo qiladi.

  5. Ta’lim mazmunining asoslanganligi tamoyili. Bu gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni integrasiyalash, uzviylik va fanlararo aloqalarni o’rnatishni talab qiladi.

  6. Ta’lim mazmuni asosiy komponentlarining shaxs ichki (tayanch) madaniyati tuzilmasiga muvofiqligi tamoyili.

Zamonaviy pedagogika fani ta’lim mazmunining quyidagi komponentlarini belgilaydi:

  • shaxsning kognitiv tajribasi;

  • amaliy faoliyat tajribasi;

  • ijod tajribasi;

  • shaxs munosabatlari tajribasi.

Shaxsning kognitiv tajribasi. Bu komponent tabiat, jamiyat, tafak­kur, texnika, faoliyat usullari to’g’risidagi bilimlar tizimini o’z ichiga oladi. Bu asosiy komponent hisoblanadi, chunki shaxs shakllanishining aso­sini bilim tashkil etadi. Bilimlar borliqni, tabiat, jamiyat, tafakkurning rivoj­lanishi qonunlarini bilish natijasi sifatida belgilanadi. Bilimlarning asosiy funksiyalari dunyoning umumiy manzarasini yaratish, bilim va amaliy faoliyatni ta’minlash, yagona ilmiy dunyoqarashni yaratishdan ibo­rat­dir.

Ta’lim mazmunining amaliy komponenti malaka va ko’nikmalarni shakllantirishni o’z ichiga oladi. Tashqi yoki amaliy, ichki yoki intellektual malaka va ko’nikmalar mavjud.

Malaka va ko’nikmalar barcha o’quv fanlari uchun umumiy bo’lishi mumkin, har bir o’quv fani uchun o’ziga xos va xarakterli bo’ladi. Malaka va ko’nikmalar muayyan faoliyat turining asosini tashkil etadi. Faoliyatning esa bilish, mehnat, badiiy, ijtimoiy, qadriyatlarga yo’naltirilgan va kommunikativ turlarini qayd qilish mumkin.

Ijodiy faoliyat tajribasi. U yangi muammolarni hal qilish va voqyelikni ijodiy qayta yaratishga tayyor bo’lishda namoyon bo’ladi.

Shaxs munosabatlari tajribasi. Bu asoslash (motivasiya) – baholash, his­siylik, irodalilik munosabatlar tizimidan iboratdir. Bu tajriba dunyoga, voqyelikka, odamlarga baho berish munosabatida namoyon bo’ladi.

Mutaxassis shaxsi rivojlanishining asosiy vositalaridan biri va ular­ning chuqur fundamental bilim hamda amaliy tayyorgarligi oliy maktab­dagi ta’lim mazmuni bilan belgilanadi.

Ta’lim mazmunining rivojlanishi shuni ko’rsatadiki, u ta’lim oluvchining ijtimoiy va individual talablarini hisobga oladi hamda tobora takomillashtirib borish, tarbiyalash hamda bilish ahamiyatini kasb etadi.

Pedagogika nazariyasi ta’limning bir necha shakllanish tamoyillarini asoslab berdi: ta’lim mazmunining jamiyat, fan, madaniyat, shaxs rivoj­la­ni­shi talablariga muvofiqligi tamoyili, ta’limning yagona mazmun va proses­sual jihatlari mazmuni, turli sathlarda ta’lim mazmuni tuzilmasining yago­na­­ligi, ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish, ta’lim mazmunining asos­langanligi, ta’lim mazmuni asosiy komponentlarining shaxs ichki (tayanch) mada­niyati tuzilmasiga muvofiqligi.

Ta’lim mazmunining asosiy komponenti quyidagilar: shaxsning kognitiv tajribasi, amaliy faoliyat tajribasi, ijod tajribasi, shaxs munosabatlari tajribasi.


Download 36,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish