Oliy maktabda o’qitishni tashkil etishning shakl va metodlariga qo’yiladigan talablar
Asosiy qoidalar
Har bir fan obyektiv voqyelikni o’rganish qonunlarini belgilab beradi. Didaktik qonunlar o’qitish va ta’limot birligi hamda ularning o’zaro aloqadorligida o’rganiladi.
Hozirgi oliy maktab didaktikasida qanday o’qitish jarayoni qonuniyatlari mavjud?
Oliy maktabdagi o’quv jarayoniga sistem-struktur yondashuv nuqtai nazaridan qaralganda uning o’zaro bog’langan ikki tizimi amal qiladi.
Birinchidan, o’quv jarayoni o’zining o’qitish maqsadi, o’qitish va o’quv faoliyati, ta’lim mazmuni, o’qitish vositalaridan iborat murakkab tizim sifatida namoyon bo’ladi. Ular o’zaro bir-biri bilan bog’lanib ketgan.
Ikkinchidan, o’quv jarayoni nisbatan yirik tizim bo’lgan pedagogik jarayonning tizimidir. Bu tizim o’qitish, ta’lim berish va tarbiya jarayoni birligi sifatida namoyon bo’ladi. Shu bilan birga bu tizimda salmoqli tizim sifatida oliy o’quv yurti o’quv jarayoni rivojlanishi qonuniyatlariga bevosita ta’sir ko’rsatadigan ijtimoiy jarayonlar va talablar tizimi ham mavjud.
Shunday qilib, o’kuv jarayonining muhim tashqi va ichki bog’liqligini farqlash lozim. Shu asosda ta’lim qonunlari tasniflanadi. Didaktikaning o’z qonuniyatlari sifatida o’quv jarayoni komponentlari orasidagi zaruriy, takrorlanuvchi va muhim bog’lanishlarni ko’rsatish mumkin.
Sosial-pedagogik qonuniyatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
oliy o’quv yurtidagi ta’lim jarayoni jamiyat ishlab chiqarish taraqqiyotini aks ettiradi;
oliy o’quv yurtidagi ta’lim jarayoni tarbiya jarayoni va talabalar rivojlanishi bilan qonuniy bog’langan;
oliy o’quv yurtidagi o’quv jarayoni tashqi sharoitga ham qonuniy bog’liq;
oliy o’quv yurtidagi o’qitish va o’rgatish jarayonlari yaxlit o’qitish jarayoni bilan, muayyan ta’lim mazmuni bilan, ikki tomonlama qonuniy aloqani tashkil etadi;
talabani u yoki bu faoliyatga o’rgatish uni shu faoliyatga, maqsadga muvofiq jalb qilish orqali amalga oshiriladi;
o’qitish maqsadi va oliy o’quv yurti ta’lim mazmuni, o’qitish metodlari va shakllari o’rtasida qonuniy bog’liqlik mavjud;
o’quv jarayoni talaba maqsadlarining o’qituvchi maqsadlariga muvofiq kelgan taqdirdagina davom etadi. Bunda o’qituvchi faoliyati o’zlashtirilishi lozim bo’lgan mazmunga mos bo’lishi shartdir;
ta’lim mazmunining o’zlashtirilish sur’ati va mustahkamligi o’qituvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo’lgan o’quv faoliyatiga talabalarning bilishga bo’lgan qiziqishini ta’minlash bilan proporsionaldir;
o’qitish va rivojlantirishning muvaffaqiyatliligi va tezligi talabani u o’zlashtirishi mumkin bo’lgan o’quv-bilish jarayoniga jalb qilinishiga bog’liq;
anglab olingan o’quv materiali mazmunining mustahkamligi ushbu mazmunni doimo to’liq va qisman takrorlashdan, uni avval o’zlashtirilgan bilimlar tizimiga kiritishdan ko’ra muhimdir.
O’quv jarayoni qonuniyatlarini asoslash yo’li bilan qo’lga kiritilgan nazariy bilimlar o’quv jarayonini kelgusidagi takomillashishiga xizmat qilishi lozim. Buning uchun esa o’qitishning ilmiy tavsifidan uni loyihalashga, ya’ni nazariyadan amaliyotga o’tish lozim bo’ladi.
O’quv jarayonida bilish qonuniyatlaridan qanday foydalanish mumkin? Buning uchun didaktik tamoyillarga amal qilish zarur.
Didaktik tamoyillar. Bu idrok qilingan didaktik qonuniyatlarning metodologik in’ikosi; bu – amaliyotning doimiy me’yori sifatida foydalanishga monelik qilmaydigan shakldagi o’qitishning maqsadi, mohiyati, mazmuni, tuzilmasi to’g’risidagi g’oya.
Demak, oliy maktabdagi o’qitish nazariyasining didaktik qonuniyatlari tizimiga o’quv jarayonini tashkil etish va rejalashtirish uchun zarur bo’lgan asosiy qoidalar sifatida qatnashadigan didaktik tamoyillar tizimi muvofiq keladi.
Didaktik tamoyillar V.I. Zagvyazinskiy, L.I. Grisenko, M.A. Danilov, I.I. Kobilyaskiy, M.G. Garunovlar tomonidan ishlab chiqilgan.
O’qitishning tamoyillarini asoslashda oliy maktab didaktikasi quyidagilarni nazarda tutadi:
jamiyat talablariga muvofiq keluvchi o’qitishning maqsadi;
o’qitishning obyektiv qonuniyatlari;
o’quv jarayoni borishining konkret sharoiti.
Oliy maktab didaktikasi o’qitish tamoyillarini asoslashga turlicha yondashuvlar mavjud. Ular quyidagilar:
Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi xulosalar chiqadi:
asosiy didaktik tamoyillar maktab va oliy maktab uchun umumiy bo’lsa-da, ularga maktabda va oliy maktabda amal qilish farqlidir;
oliy maktab sharoitida amal qiladigan maxsus tamoyillar ham mavjud.
Shunday qilib, oliy maktab didaktik tamoyillari tizimini yaratishda unga xos bo’lgan o’qitishning umumiy qonuniyatlari bilan birga umuman o’qitish nazariyasining qoidalarini ham hisobga olish zarur.
Oliy maktab amaliyotida qanday didaktik tamoyillar amalga oshiriladi?
Oliy maktabdagi didaktik tamoyillar tizimiga quyidagilar kiradi: ilmiylik, qulaylik, izchillik, uzviylik, nazariyaning amaliyot bilan bog’liqligi, onglilik, faollik va mustaqillik, ko’rgazmalilik, mustahkamlik, guruh qilib o’qitish hamda unda individual yondashishni qo’shib olib borish, o’qitishning tarbiyalovchi va takomillashtiruvchi xarakteri, o’qitishning kasbiy yo’naltirilganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |