Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон республикаси қурилиш вазирлиги


Ekologik sayohatlarni rivojlantirishning ilmiy asoslari



Download 18,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/201
Sana19.02.2022
Hajmi18,71 Mb.
#460092
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   201
Bog'liq
3 китоб

 
Ekologik sayohatlarni rivojlantirishning ilmiy asoslari . 
Sam ISI o`qituvshisiR.B.Kosse 
SamDAQI kattao`qituvshisiA.M.Dehqonov 
 
Ekologik maqsaddagi sayohatlarnina, yurtini go’zalligini bilmoq uchun
go’zallikka intilgan va go’zal qalb zarur bo’ladi. Bunday qalbni esa ona yurtga va 
ona tabiatga muhabbat tarbiyalaydi. Shunday qilib, ekologik turizm, ya’ni ekologik 
sayohatlar insoniyat o’tmishidagi o’simlik va hayvonot dunyosi va umuman 
moddiy olam ne’matlaridan tejab, asrab-avaylab foydalanish, ularni kelajak 
avlodlarga ham yetkazish bilan bog’liq ijtimoiy, madaniy ahamiyatga ega bo’lgan 
turmush tajribalarini keksa avlod vakillari tomonidan yosh avlodga berilishi va bu 
tajribalarni yosh avlod tomonidan faol o’zlashtirib olish jarayonidir
.
Jismoniy 
tarbiya bilan shugullanayotgan talaba yoshlarni ekologik tarbiya berisyda 


253 
“Turizm” va uni o’qitish uslubiyati fani alohida o’rin tutadi. Chunki turizm fani 
jarayonida o’rganilgan ilmiy, nazariy ma’lumotlar va amaliy ko’nikmalar yosh 
mutaxassis talaba yoshlarni har tomonlama tabiatga mehrruhida tarbiyalashda 
muhim ahamiyat kasb etadi.
 
Ekologik sayohat, salomatlikni saqlash yo’lida sayohatga chiqish, havo 
almashtirish tadbirlaridan ko’ra, ko’proq , iqtisodiy foyda olish masalalarini ilgari 
surgan va targ’ibot qilgan. Bunday adabtiyotlarni o’rgangan odamda, tabiatga 
sayohat qilib, vaqtni mazmunli o’tkazish,jismoniy kamolatga intilish,Vatan 
sarhadlarini sezish va uning go’zalligini his qilishdan ko’ra, ko’proq iqtisodiy 
foyda olish maqsadida sayohat ishlarini tashkil etish bilan bog’liq ta’surotlarni 
hosil qiladi. Shunday bo’lsada ekologik sayohatchilarda iqtisodiy intilishlar 
negiziga asoslangan yuksak ma’naviy boylik va vatanparvarlikni targ’ibot qilish 
muhimdir.
Butunjahon turistik tashkiloti quyidagi vazifalarni bajarishni asosiy maqsad 
qilib qo’ygan: 
- muhofaza qilinadigan hududga yaqin bo’lgan qishloq tumanlari aholisining 
turmush darajasini oshirish; 
- tabiatni bilish va unga ehtiyotkorona, tejab, munosabatda bo’lishni, 
mahalliy xalq madaniyatiga, biologik va madaniy xilma-xillikka ijobiy 
munosabatni rag’batlantirish. 
Bunday xalqaro ahamiyatga ega bo’lgan vazifalarni respublikamiz hududida 
ham amalga oshirish hozirgi avlodlarni kelajak avlodlarga sof tabiat manzaralari va 
boyliklarini meros qilib qoldirishda, Ona yer hayotining manguligini ta’minlashda 
muhim ahamiyatga egadir. 
Ekologik sayohatlar jismoniy madaniyatning o’ziga xos vositalaridan biri 
bo’lib, u yoshlarni tabiatga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashdan tashqari , ularni 
mehnatsevar va vatanparvar, rostgo’ylik, sadoqat, o’zaro ishonch, tabiatga mehr-
muhabbat ruhida tarbiyalashga ham katta yordam beradi. Shuningdek, ekologik 
sayohatlar jarayonida o’quvchilarda mardlik, jasurlik, chidamlilik, kuchlilik, 
keskin vaziyatlarda zarur qarorga kelish kabi ruhiy va jismoniy sifatlarni ham 
tarbiyalash imkoniyati juda keng. Respublikamizda hali yaxshi o’rganilmagan, 
inson oyog’i yetmagan joylar juda ko’p. Turistik sayohatlar va ularni tashkil 
qilish, o’tkazish bo’yicha respublikamizda katta tajriba to’plangan. Bugungi kunda 
bu tajribalarni yanada rivojlantirish, uni zamonaviy darajaga ko’tarish zaruriyati 
tug’ildi.O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida” gi 
2015 yil yangi qonunida (12–modda) belgilanganidek, “Sanatoriy-kurort 
muassasalarida, dam olish uylari va turistik markazlarda jismoniy tarbiya-
sog’lomlashtirish ishlari” muhim ahamiyatga ega bo’lgan tadbirlardan biridir. Shu 
sababdan “Barcha sanatoriy–kurort muassasalarida, dam olish uylari va turistik 
markazlarda jismoniy tarbiya moddiy bazasi hamda yakka tartibda va guruh bo’lib 
o’tkaziladigan jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish mashg’ulotlari uchun shart-
sharoit yaratiladi”, - deb alohida ta’kidlangan. Buning boisi shundaki,tabiat 
qo`yniga ekologik sayohatlar sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya vositalarining 
muhim tarkibiy qismidir. 
E’tirof etish lozimki, jahondagi juda ko’p mamlakatlarda turizmning bu 
shakllari bilan bir qatorda havaskorlik turizmi (piyoda yurish, toqqa chiqish, 


254 
transportlarda yurish, daryo, ko’llar va hakozolarda sayr qilish) ham asosiy 
hisoblanadi. O’zbekistonda havaskorlik sayohatning shakllanishi va uning 
rivojlanishida kasaba uyushmalari tashkilotlari g’amxo’rlik qilib kelganligi 
yuqorida bayon etildi. Keyingi davrda havaskorlik turizmi shaklan va mazmunan 
o’z kuchini qisman pasaytirdi. Buning obyektiv va sub’ektiv sabablari bor, albatta. 
Ya’ni moddiy ta’minot, transport, jihozlar, xavfsizlikni saqlash, tashkiliy va 
xo’jalik ishlari hamda boshqa ko’p muammolar vujudga keldi. Shunga qaramasdan 
aholining salomatligini yaxshilash, talaba-yoshlarning jismoniy kamolotini 
o’zgartirish yo’lida sayohatning o’rni va mohiyati yo’qolgan emas. Bular axoli
davlat , jamoat tashkilotlari tomonidan e’tirof etilmoqda. Bunday ijtimoiy-madaniy 
va tarbiyaviy jarayonlarni amalga oshirish maqsadida “Alpomish” va “Barchinoy” 
maxsus testlari majmuyi ishlab chiqilib, u 2000 y. 1 martdan boshlab amalga 
oshirib kelinmoqda. E’tiborli tomoni shundaki, bu majmuyida barcha yoshdagi (6 
yoshdan 60 yoshgacha) kishilar uchun mo’ljallangan sinov me’yorlar tarkibida 
sayr-sayohatlar (piyoda yurish) o’rin egallagan. Ularni namuna qilib ko’rsatish 
maqsadga muvofiqdir: 
Salomatlik maxsus testlardagi sayohat talablar va sinov me’yorlari 
shug’ullanuvchi yoki qatnashchilarning yoshi, jismoniy tayyorgarligi, jinsi hamda 
sayohatlarga qiziqishlarini e’tiborga oladi. O’z navbatida ularning jismoniy 
jihatdan rivojlanishi, salomatlikni yaxshilash, chiniqish kabi sifatlar hamda o’zaro 
hamkorlik, do’stlik, o’lkani o’rganish bilan Vatanga mehr-muhabbat, sadoqat, 
ekologik muhitni saqlashga ko’maklashadigan nazariy bilim hamda amaliy 
ko’nikmalarni 
yanada 
mustahkamlash, 
ularni 
boyitish 
fazilatlari 
ham 
mujassamlashtirilgan

Ekologik sayohat Respublikamiz aholisining ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-
ma’rifiy salohiyatini yanada mustahkamlashga ma’lum darajada o’z hissasini 
qo’shmoqda. Bu yo’lda Respublikamiz Prezidenti va hukumati tomonidan olib 
borilayotgan turli–tuman tadbirlar, bevosita g’amxo’rliklar muhim ahamiyat kasb 
etmoqda.Bular aholining salomatligini yaxshilash, talaba-yoshlarning jismoniy 
barkamolligini tarbiyalashda ekologik sayohat o’z mavqyei va maqomiga 
erishmoqda. Bu jihatlar “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari majmuyida 
o’z ifodasini topganligi muhim ahamiyatga egadir. Hulosa qilib aytkanimizda 
respublikamizning mustaqilligi tufayli va shaharlarning bugungi jamoli keskin 
ravishda o’zgarib borishi tufayli aholi o’z sayrlarini yurtimiz hududlarida 
o’tkazmoqda.
O’zbekistonning geografik jihatdan joylashishi va iqlim sharoiti 
sayohatlarning deyarli barcha turlari uchun qulaydir.

Download 18,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish