Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ўзбекистон республикаси қурилиш вазирлиги


Ta’lim-tarbiya jarayonida loyihalash texnologiyasini tadbiq etish



Download 18,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/201
Sana19.02.2022
Hajmi18,71 Mb.
#460092
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   201
Bog'liq
3 китоб

 
Ta’lim-tarbiya jarayonida loyihalash texnologiyasini tadbiq etish 
Eshpulatov Sh., Umurzoqova D. (SamDU) 
 
Ta’lim-tarbiya vazifalarini ko’p mehnatni talab qiluvchi loyihalash 
texnologiyasi yordamida amalga oshirish va loyihaning ikki tipidan birini 
tanlashimizda talabaning ehtiyojini, shaxsiy xususiyatlarini va imkoniyatlarini, 
guruhdagi o’rnini, maqomini va shunga o’xshash xususiyatlarini hisobga olish 
zarurdir. Loyiha ishlarini guruhli boshqarish bir muncha qiyin bo’lsa ham, guruhli 


255 
ishlash nafaqat o’quv, balkim o’ziga xos tarbiyaviy vazifalarni ham samarali 
amalga oshirishda pedagogga yordam beradi. Loyihalash guruhini o’zini 
shakllantirish jiddiy vazifalardan hisoblanadi. Uning qatnashchilarini ongli, faol, 
mustaqil va mas’uliyatli bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, guruhli 
loyihalashni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun, qatnashchilar tarkibida 
quyidagilar bo’lishi kerak: 
1)
“g’oyalar generatori”- o’ylab topuvchi, yaratuvchi; 
2)
“iqtidor”- ko’p narsalarni biluvchi; 
3)
“tanqidchi”- shubhalanuvchi, tekshiruvchi va qayta tekshiruvchi. 
Etakchilar(liderlar) va bajaruvchilar ham bo’lishi lozim. Talabalar o’zaro 
hamkorlikda, kerakli vaqtda boshqalarning nuqtai nazarlarini tushunishi, o’zining 
fikrini himoya qila olishi, umumiy maqsadga erishish uchun o’zaro kelisha olishi 
hamda shu bilan birgalikda boshqalarning fikrini qabul qila olishi yoki qat’iyatli 
bo’lishlari kerak. 
Loyiha ustidan guruhli ish olib borishning yana bir cheklovchi omili-ular 
uzoq vaqt mobaynida amalga oshirilishi mumkin bo’lmasligidir. Talabalar 
hamkorlikdagi ishlarini mustaqil yo’lga qo’ya olishi qiyin bo’lib, bundan tashqari 
uzoq muddat davomida guruhli ishni pedagog nazorat qilib borishi ham oson 
kechmaydi. Shuning uchun guruhli loyihalarni darsdan tashqari qisqa muddatli 
loyihalar sifatida bajarilishi ko’p uchraydi. 
Guruhlarni talabalarning do’stlik aloqalari, yoki o’quv qiziqishlari, asosida 
yoki qur’a tashlash yo’li bilan, yoki pedagogning ko’rsatmalari bilan tuzishimiz 
mumkin. Guruhlarda taqsimlanishda kelishmovchiliklar kelib chiqmasligi uchun 
pedagog guruhdagi o’zaro shaxsiy munosabatlarni, talabalarning maqomi, o’ziga 
xos xususiyatlarini bilishi, shu bilan birgalikda guruhli ishlarni olib borish 
jarayonida amalga oshirilayotgan tarbiyaviy vazifalarni ham e’tiborga olishi zarur. 
Guruhli loyihalashni tashkil etishda o’quv maqsadlariga erishish bilan birgalikda 
talabalarda hamkorlik qilish ko’nikmalarini ham shakllanib boradi. Lekin, guruhli 
loyihalashda har bir talabaga loyihani amalga oshirish bosqichlarida bir xil faol va 
mas’uliyat bilan ishtirok yetish malakasini shakllantirish uchun sharoit yaratish 
imkoniyati yo’q. Kimdir loyihani bajarishda asosiy ishni, kimdir ikkinchi 
darajadagi ishlarni bajaradi. Shuning uchun talabalar guruhli loyiha ishlari bilan 
birgalikda yakka loyiha ishlarida ham o’zlarini sinab ko’rishlari lozim bo’ladi.
Talaba ishni bajarilish vaqtida kerak bo’ladigan hujjatlar, loyiha 
hisobotlarining
 
yozuv qismini yozib, o’rganib borishlari lozim. Hujjatlarni to’g’ri 
yuritish loyiha mualliflarida intizomlilikni shakllantiradi, ishning asosiy 
maqsadidan chalg’imaslikka yordam beradi. Bu yozuvlar ishning ayrim qismlarini 
bajarishda va ishning oxirida har bir talabaning faoliyati natijasiga ta’sir etish 
mumkinligi uchun e’tibordan qolmasligi zarurdir. Tahlil natijalari esa yo’l 
quyilgan kamchiliklarni yo’qotishga, kelgusida tajriba almashishni yo’lga quyish 
uchun, samarali ishlayotgan pedagoglarni aniqlashga, OO’Yuda talabalarning 
loyihalash faoliyatini tashkil etish tizimini yuqori darajaga ko’tarishga yordam 
beradi. 
Qilingan ishlar tahlil etib, qanday natijaga erishildi yoki erishilmadi, 
quyilgan maqsad nima uchun amalga oshmadi; yuzaga kelgan muammolarni hal 
qilish uchun barcha imkoniyatlar safarbar etildimi; ishning boshida qabul qilingan 


256 
rejaga kiritilgan o’zgarishlar qanchalik asosli ekanligini o’rganib chiqiladi. Shu 
yerda loyiha ishtirokchilari o’zlashtirgan malakalarini, tajribalarini va o’zining 
harakatlarini baholaydilar.
Loyihaning yozuv qismi o’z-o’zini baholash bilan bog’liq bo’lib, uning 
amalga oshirish loyiha qatnashuvchilar ayrim qiyinchiliklarni tug’dirishi mumkin, 
chunki ularda o’zlari haqida haqqoniy tushuncha shakllangan emas. Ularda o’z-
o’zini baholash shakllanish bosqichida bo’lib, o’zlarining ishlarini mustaqil tahlil 
etishga undashi muhimdir, etalonning o’zi bilan qiyoslab baholash mezonlarini 
ifoda etadi, shu asosda o’z faoliyatining samaradorligini baholaydi. 
Bu holat loyiha qatnashchilarida o’z-o’zini to’g’ri baholashni ma’lum 
darajada shakllantiradi. Bu loyiha ustida ishlashning yana bir tarbiyaviy qirrasi, 
imkoniyatlaridan biri hisoblanadi. 
Loyihani himoya qilishda talabada eng kerakli, eng zarur malakalardan 
birini, ya’ni bajargan ishini, loyiha mahsulotini taqdimotida so’zga chiqish va 
o’zining chuqur bilimga ega ekanligini ko’rsata olishi lozim. Chunki, o’zi va ishi 
haqida ishonchli va qisqa so’zlab berish hozirgi zamon talabi hisoblanadi. 
Olib borilgan tadqiqotlarimizning natijasi shundan dalolat bermoqdaki, 
loyiha ustidan guruhli ish olib borish talabalarning ijodiy imkoniyatlarini to’la 
ko’rsata olish, o’zlarining bilimini va kuchini sinab ko’rish, boshqalarga foyda 
keltirish, erishgan muvaffaqiyatini jamoa oldida ko’rsata olish imkoniyatiga 
egadir. Bunda loyiha ishtirokchilarini shaxsning rivojlanishi, layoqatlarini 
rivojlantirish, borliqni o’zlashtirishning ko’p qirrali yo’li sifatida loyihaviy 
faoliyatning amaliy ko’nikmalarini egallash, fikrlash layoqatini rivojlanishi amalga 
oshadi hamda o’ziga xos yangi bilimlarni (ya’ni, aniq o’quvchi uchun yangi va 
shaxsiy ahamiyatga ega bo’lgan mustaqil egallangan) o’zlashtirish asosida tashkil 
etilgan o’quv jarayoni talabalarning shaxsiy ishtirokini faollashtirishga, qiziqarli 
muammoni yechishga qaratilgan va shu muammoni amaliy yechish yo’lining 
xususiyatga ega bo’lishi ta’lim oluvchilar uchun qiziqarli va ahamiyatli bo’lishga 
xizmat qiladi. 

Download 18,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish