24
bo‗lgani sababli adabiyotshunoslik va tilshunoslik materialini
saralash boshqa bir
spesifik tamoyil –
matnning adabiyotshunoslik va tilshunoslik fenomeni sifatidagi
o„ziga xosliklarini hisobga olish asosiga qurildi
8
. Adabiy matnlar bilan tanishishning
nazariy asosini quyidagi tushunchalar guruhlari tashkil qildi: ―asar olami‖, ―janrlar‖,
―matn‖, ―nutq tiplari‖, ―nutq uslublari‖, ―tilning obrazli vositalari‖. Ajratib
ko‗rsatilgan tushunchalar eshitishda nuqsoni bo‗lgan o‗quvchilarni badiiy asar bilan
tanishtirishga ko‗maklashadi, faqat amaliy darajada kiritiladi va bolalar tomonidan
o‗zlashtiriladi. E
motsionallik spesifik tamoyili bolaning tabiati va faoliyatidan kelib
chiqadi. Intellektual emotsiyalarni faollashtirish adabiy ta‘lim jarayonida nutqni
rivojlantirish pedagogik tizimi sharoitida o‗quvchilarda mutolaa bo‗yicha o‗quv-
bilish faoliyatida intellektual-emotsional ehtiyojlarni shakllantirishga ko‗maklashadi.
U o‗quvchi shaxsining emotsional sohasi rivojlanishini rag‗batlaydi, ta‘lim
jarayonida mustaqil ijodiy faoliyatdan estetik qoniqishning tiklanishi va
rivojlanishiga olib keladi. Tadqiqotning maqsadli
vazifalarini hal qilishni
ta‘minlashda navbatdagi qadam adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‗lgan
o‗quvchilarni nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining asosiy
maqsadli, mazmuniy,
faoliyatli, baholash-natijaviy komponentlarini (tarkibiy qismlarini) ajratishdan iborat
bo‗ldi. Adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‗lgan bolalar nutqini
rivojlantirish mazmunini o‗zgartirish o‗quvchilar faoliyatini tashkil qilishning yangi
shakllaridan foydalanishga ham olib keladi. Adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda
nuqsoni bo‗lgan bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining faoliyatli
komponenti doirasida an‘anaviy darslar kabi ―dars-bayram‖, ―dars-konsert‖, ―dars-
viktorina‖, ―dars-sayohat‖, ―dars-taqdimot‖ dars-o‗yinlar ishlab chiqildi. Ishlab
chiqilgan tizimda adabiy o‗qish darsi bilan darsdan tashqari faoliyat o‗rtasida qat‘iy
chegaralashning mavjud emasligi tamoyili yangilik hisoblanadi. Fikrimizcha, adabiy
o‗qish darslarida va sinfdan tashqari paytda o‗quvchilar faoliyatini tashkil qilishning
turli shakllaridan foydalanish adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‗lgan
bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik tizimini qo‗llash uchun optimal sharoit
yaratadi, eshitishida nuqsoni bo‗lgan o‗quvchilarga kitobxonlik
va adabiy-ijodiy
faoliyatida yuqori darajalarga erishish imkonini beradi. Adabiy ta‘lim jarayonida
eshitishda nuqsoni bo‗lgan bolalar nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining
strukturaviy kompolnentlarini ishlab chiqishda navbatdagi qadam
baholash-natijaviy
komponentini ishlab chiqish bo‗lib, uning mohiyatini pedagogik jarayonning
samaradorligini aks ettirish va qo‗yilgan maqsadga muvofiq erishilgan siljishlarni
namoyon qilish bilan ifodalandi
9
. Baholash-natijaviy komponentni
ishlab chiqishda
adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‗lgan bolalar nutqini rivojlantirish
darajasi ko‗rsatkichlarini kompleks diagnostikalashga tayanamiz, diagnostika nafaqat
o‗qish texnikasi, balki asarni idrok qilish darajasi, mustaqil jumla yaratish, bibliograif
kompetentlik hamda kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatining motivsion bahosini
aniqlashni nazarda tutadi. Adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‗lgan
8
Yo‗ldoshev Q. Umumta‘lim maktablarida adabiyotdan mustaqil ishlarni tashkil etish: Fil. fan.
dok. ...diss. – T., 1997.– B. 48.
9
Mirqosimova M.M. O‗quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va takomillashtirish
usullari :Fil. fan. dok. ...diss. – T., 1995. – B.76.
25
bolalar nutqini rivojlantirish jarayonida o‗qitish natijalari diagnostik xulosalarning
aniqligi, to‗liqligi va o‗z vaqtida qilinganiga to‗g‗ridan to‗g‗ri va bevosita
bog‗liq.Ishlab chiqilgan adabiy ta‘lim jarayonida eshitishda nuqsoni bo‗lgan bolalar
nutqini rivojlantirish pedagogik tizimining
(maqsadli,
mazmunli, faoliyatli va
baholash-natijaviy) komponentlari bir-biriga o‗zaro bog‗liq, birgalikda tizimning
ahamiyati va mazmunini hamda kommunikativ, kitobxonlik va adabiy-ijodiy
malakalarning shakllanishini belgilaydigan elementlarni o‗z ichiga olgan tizimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: