X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Hind-Gang pastekisligi.
Hind-Gang pattekisligi Himolay tog’lari bilan 
Hindiston yarim oroli oralig’ida joylashgan bo’lib, shimoliy chegarasi Himolay tog’ 
etaklaridan, janubiy chegarasi Dekan yassi tog’ligi etaklaridan o’tadi. U g’arbda 
Arabiston dengizi sohilidan sharqda Bengal qo’ltig’i sohiligacha 3000 km masofaga 
cho’zilgan, eni 250-350 km. Hind va Gang daryolari havzalari o’rtasida 250 m gacha 
ko’tarilgan suvayirg’ich, pastekislikni ikki qismga-g’arbiy va sharqiy qismlarga 
bo’ladi. Pastekislikning yuzasi suvayirg’ichdan daryo oqimi bo’ylab dengiz 
sohiligacha juda sekin pasayib boradi. Masalan, pastekislik yuzasining pasayishi 
o’rta qismida 1 km masofada 35 sm ni, quyi qismida 10 sm ni tashkil etadi. Allyuvial 
tekislikning ayrim joylaridagina jarlar uchraydi. 
Kaynozoyda mavjud bo’lgan tog’oldi bukilmasidagi dengiz havzasi tog’lardan 
keltirilgan nuroq jinslar va allyuvial yotqiziqlar bilan to’la borgan. To’lish jarayoni 
bukilmaning cho’kish jarayoni bilan birgalikda davom etgan. Shuning uchun 
pastekislikni hosil qilgan qadimgi allyuvial yotqiziqlarning qalinligi 2500 m gacha 
yetadi. Hozirgi allyuvial yotqiziqlar mayda zarrachali qumoq-gillardan tarkib 
topgan. Sharqda pastekislik Bengal qo’ltig’i yaqinida maydoni 80 000 km
2
bo’lgan 
Gang va Braxmaputra del’tasi bilan tugaydi. Del’tada daryolar ko’plab 
shoxobchalarga bo’lingan, botqoq bosgan yerlar keng tarqalgan. Hind-Gang 
pastekisligi o’lka tabiiy sharoiti jihatidan farq qiladigan bir necha qismlarga 
bo’linadi. Gang va Braxmaputra daryolarining quyi qismi Bengal pastekisligi, Hind 
pastekisligining yuqori qismi Panjob, o’rta va quyi qismi Sind pastekisligi deb 
ataladi. Hind pastekisligidan sharq tomonda Tar cho’li joylashgan. 
O’lkaning sharqiy qismida, ayniqsa Bengal, Assam pastekisliklarida va 
Shillong massivida nam tropik iqlim hukmron. Yozda Hind okeanidan esadigan 


331 
ekvatorial passatlar katta miqdorda namgarchiliq olib keladi. Yiliga 1000-2500 mm 
atrofida yog’in tushadi. Shillong platosining janubiy yonbag’rida, 1358 m 
balandlikda joylashgan Cherrapunjada yog’in miqdori 12 000 mm dan ham oshadi. 
G’arbga borgan sari iqlim kontinentallashib boradi. Hind tekisligi Gang 
pastekisligiga nisbatan juda quruq. Bu yerga janubi-sharqiy musson ancha 
kuchsizlashib keladi, shimoli-g’arbiy shamollar esa quruqlikdan esadi. Uning 
hamma qismida yog’in miqdori 500 mm dan oshmaydi. Jumladan, yillik yog’in 
miqdori Panjobda 400 mm ni, Tar cho’lida 100-150 mm ni tashkil etadi. O’lkada 
kuchli issiq may oyida boshlanadi, o’rtacha harorat +30°+32°S ga yetadi. G’arbda 
yuqori harorat +38°S gacha ko’tariladi. Yanvarning o’rtacha harorati +18°+20°S ga 
teng. Pastekislikning musson iqlimli sharqiy qismida g’arbiy qismiga nisbatan daryo 
to’ri yaxshi rivojlangan. Allyuvial yassi tekislikni tog’lardan oqib tushadigan Hind, 
Gang, Braxmaputra, Jamna daryolari kesib o’tgan. Ularning irmoqlari Himolay 
tog’laridan boshlanib musson yomg’irlari, qor va muzlik suvlaridan to’yinadi. Hind 
havzasida va Gang havzasining g’arbiy qismida kanallar, to’g’onlar va suv 
omborlari qurilgan. 
Gang daryosining vodiysida va del’tasida botqoq landshaftlar rivoj topgan. 
Botqoqlarda baland bo’yli o’tlar, orxideylar, paporotniklar, bambuklar, uzun bargli 
nipa palmasi va lianalar o’sadi. Suv havzalarida hind nilufari ko’p uchraydi. Gang 
va Braxmaputra del’tasining ancha qismi mangra va doimiy yashil o’rmonlar bilan 
qoplangan. Qishloqlar atrofini mango, figi daraxtlari, bambukzorlar, o’lkan bananlar 
o’rab olgan. O’lkaning g’arbiy qismidagi sho’rxok va qumli cho’llarda siyrak holda 
sho’ra, saksovul, yantoq va boshqa kserofit o’simliklar o’sadi. Ganga pastekisligida 
aholi nihoyatda zich joylashganligi tufayli tabiiy landshaftlar juda kam saqlangan. 
O’zlashtirilgan yerlarda sholi, shakarqamish, makkajo’xori, tariq, bug’doy, tola 
beradigan jut kabi madaniy ekinlar ekiladi. Bengal va Assam pastekisliklarida 
banan, kokos palmasi va choy plantasiyalari barpo etilgan. Hind tekisligida don va 
sabzavot ekinlari bilan bir qatorda ko’plab paxta ham ekiladi. Umuman, Gang 
pastekisligining o’rta va yuqori qismida, Hind tekisligida sug’orma dehqonchilik 
yaxshi rivojlangan. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish