X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Yapon orollari. 
Sharqiy Osiyodan Yapon dengizi orqali ajralib turgan Yapon 
orollari to’rtta yirik orol - Xokkaydo, Xonsyu, Sikoku, Kyusyularni, ulardan janubda 
joylashgan Ryukyu arxipelagini va boshqa mayda orollarni o’z ichiga oladi. Yapon 
orollari shimoldan janubga tomon 2300
 
km dan ziyod masofaga cho’zilgan. 
Maydoni 384 ming km
2

Yapon orollari Aleut, Kuril va Filippin orollari bilan birgalikda Tinch okean 
geosinklinal mintaqasiga kiradi. Orollar o’zining shakllanish tarixida paleozoydan 
boshlab so’nggi davrgacha bir necha burmalanish bosqichlarini boshdan kechirgan. 
Tog’ hosil bo’lish jarayoni ayniqsa mezozoyda kuchli bo’lib, vulkanlar faol harakat 
qilgan. Kaynozoyga kelib mezozoy qurilmalari qaytadan burmalangan. Neogen va 
antropogenning boshida yuz bergan vertikal harakatlar Yapon orollarining hozirgi 
rel’ef shakllarini vujudga keltirgan. Bu davrda vulkanlar faoliyati kuchli bo’lgan. 
Yaponiyada mavjud bo’lgan 150
 
ta vulkandan 40
 
tasi hozir ham harakatdagi vulkan 
hisoblanadi. Aksariyat vulkanlarning konuslari orollar rel’efini tuzilishida yetakchi 
rol o’ynaydi va ularning eng baland nuqtalari bo’lib xizmat qiladi.
 
Bu yerda seysmik 
harakatlarning intensivligi yer yuzasining doimiy ravishda o’zgarib turishiga ham 
ta’sir ko’rsatadi. 
Yaponiya orollari tog’lik va servulkan orollar bo’lib, pastekisliklar kam 
uchraydi. Orollardagi barcha tog’lar uchun bo’ylama yo’nalish xarakterli. Xokkaydo 
(77,7 ming km
2
) orolida joylashgan o’rtacha balandlikdagi Kitami va Xidaka tog’lari 
shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa tomon cho’zilgan. Ular granit, kvarsit, ohaktosh va 
slaneslardan tuzilgan. Orolning eng baland nuqtalari Asaxi (2290
 
m), Tarumae 
(1893
 
m), Meakan (1503
 
m) va boshqa harakatdagi vulkanlar hisoblanadi. Isikari 
pastekisligi orolning asosiy qismidagi tog’larni Osima yarim orolidagi tog’lardan 
ajratib turadi. 
Xonsyu Yaponiyaning eng katta oroli bo’lib, uning maydoni 223,4 ming km
2

qirg’oq chizig’ining uzunligi 8298 km. Yaponiyaning 75%
 
aholisi shu orolda 
joylashgan. Uning rel’efida past va o’rtacha balandlikdagi tog’lar ustunlik qiladi. Bu 
tog’lar Al’p burmalanishi natijasida ko’tarilgan qadimiy tekislangan yuzalardir. 
Orolning shimoliy qismidagi tog’lar vodiylar va botiqlar bilan ajralgan uchta 


326 
bo’ylama tizmadan iborat. Markaziy qismida Oybosh tizmasi joylashgan. Tizmadagi 
Ivate vulkani dengiz sathidan 2040 m baland. Bosh tizmadan g’arbda Deva tog’lari, 
sharqda Kitamaki va Abukuma tog’lari sohil bo’ylab cho’zilgan. Orolning o’rta 
qismida shimoliy va janubiy tog’ tizmalarini birlashtirb turgan Yaponiyaning eng 
baland, servulkan, seysmik harakatchan, chuqur tektonik uzilmalar bilan kesilgan 
yirik tog’ massivi joylashgan. Bu massivni Buyuk graben deb ataluvchi tektonik 
cho’kma Tinch okean sohilidan Yapon dengizi sohiligacha kesib o’tgan. Cho’kma 
vulkanik jinslar bilai to’lgan. Buyuk graben bo’ylab Yaponiyaning eng baland 
vulkani Fudziyama (3776 m) hamda Yarigatake (3190 m), Ontake (3063 m), 
Xanusan (2702 m) vulkanlari serjilo tabiati bilan yuksaklikka qad ko’tarib turibdi. 
Buyuk grabendan janubi-g’arbda Yaponiya Al’pi deb nom olgan va Al’p rel’ef 
shakllari xos bo’lgan Akaisi, Kiso va Xida tog’lari joylashgan. Orolning dengiz 
sohillarida va tog’oralig’i botiqlarida uncha katta bo’lmagan tekisliklar mavjud. 
Bular Kanto, Nobi, Kinki, Etigo va boshqa tekisliklardir. Sikoku orolida Surugi 
(1955 m) vulkani va Kyusyu orolida Kudzyu (1788 m), Aso (1592 m) va Kirisima 
(1700 m) vulkanlari past tog’lar ustidan yuqoriga bo’y cho’zib turadi. Bu orollardan 
janubda 98 ta mayda orollardan tarkib topgan yoysimon shakldagi Ryukyu 
arxipelagi joylashgan. 
Yapon orollarining iqlimi mo’tadil va subtropik musson iqlim. Xokkaydo oroli 
va Xonsyuning shimoliy qismi mo’tadil mintaqada, Xonsyuning janubiy qismi
Sikoku, Kyusyu va Ryukyu orollari subtropik mintaqada joylashgan. Yozda tropik 
musson ta’sirida havo issiq va dim bo’ladi. Shimolda Oyya-Sivo sovuq oqimi tufayli 
harorat bir oz pasayadi. Iyulning o’rtacha harorati shimolda Xokkaydo orolida 
+17°+21
0
S ni, janubda Kyusyu orolida +25°+27°S ni tashkil etadi. Qishda sovuq 
havo massalari Yaponiyaning shimoliy qismiga ko’proq ta’sir etadi va haroratni 
pasaytiradi. Yanvarning o’rtacha harorati Xokkaydoda -3°-10°S ga, Kyusyu orolida 
+8°S ga teng. Yaponiyaning janubiy qismida tayfunlar tez-tez takrorlanib, juda katta 
talafotlar keltiradi. 
Yaponiyada daryolar va ko’llar juda ko’p, ammo ular qisqa va kichik. 
Xokkaydodagi Tesio (491 km) va Isikari (365 km) daryolari Yapon dengiziga 
quyiladi. Xonsyu orolida Sinano, Tone, Kiso daryolari bor. Ular musson 
yomg’irlaridan va qor suvlaridan to’yinadi. Yaponiyaning eng katta ko’li 
Xonsyudagi Biva (716 km
2
) tektonik ko’lidir. Xokkaydodagi vulkan kraterlarida 
Kuttyaro (76 km
2
), Sikosu (72 km
2
) va boshqa vulkanik ko’llar hosil bo’lgan. Dengiz 
sohillarida laguna ko’llari ko’p uchraydi. 
Aholi nihoyatda zich joylashgan bo’lishiga qaramasdan Yaponiyaning 60% 
maydoni o’rmonlar bilan band. Ular shimoldan janubga tomon kenglik zonallik, 
tog’larda balandlik mintaqalari bo’ylab tarqalgan. Xokkaydoning shimoliy qismi 
Saxalin pixtasi, Xokkaydo yeli, qisman tilog’ochdan tarkib topgan tayga o’rmoni 
bilan qoplangan. Taygada podzol va torfli botqoq tuproqlar rivojlangan. 
Xokkaydoning janubidagi va Xonsyuning shimolidagi qo’ng’ir o’rmon tuproqlari 
keng bargli o’rmonlar bilan qoplangan. Uning tarkibi buk, eman, zarang, Manjuriya 
shumtoli, Yaponiya sarv daraxti, quyi yarusi yovvoyi gilos, magnoliya, 


327 
bambuklardan iborat. Tog’larda 500 m dan balandda keng bargli o’rmonlar igna 
bargli o’rmonlar bilan, undan yuqorida subal’p butazorlari bilan almashinadi. 
Xonsyuning Xitati-Nomo yarim oroli kengligidan janubda doimiy yashil 
subtropik o’rmonlar paydo bo’ladi. Bu o’rmonlarda doimiy yashil eman, kamfar 
dafnasi, Yaman qarag’ayi, Yapon sarv daraxti, tuya, tis, kriptometriyalar ko’pchlikni 
tashkil etadi. Quyi yarusda bambuk, magnoliya, azaliya, aukubalar o’sadi. 
Yaponiyaning subtropik o’rmonlari aholi zich bo’lganligi sababli ko’proq kesilgan 
va ularning o’rnini turli xil madaniy o’simliklar egallagan. Tog’larning 500-800 m 
dan yuqori qismida subtropik o’rmonlar igna va keng bargli aralash o’rmonlar bilan, 
undan yuqorida tog’ taygasi bilan almashinadi. Kyusyu orolining janubiy qismida 
tipik tropik o’rmonlar shakllangan. Doimiy yashil subtropik o’rmonlar tog’ bag’irlab 
1000 m gacha ko’tarilgan. Ryukyu orollarining 300-500 m balandligigacha bo’lgan 
qismi ham tropik o’rmonlar bilan qoplangan.
Yapon orollarining tekisliklari, daryo vodiylari va dengiz sohillari kuchli 
o’zlashtirilgan. Subtropik mintaqadagi o’zlashtirilgan yerlarda bug’doy, arpa, sholi, 
shakar qamish, araxis, batat, dukkaklilar ekiladi. Terrasalashtirilgan tog’ yon 
bag’irlarida sitrus plantasiyalari, choy butazorlari, tutzorlar, bambukzorlar barpo 
etilgan. Barcha orollar fauna turlariga ancha kambag’al. Xokkaydoda qo’ng’ir ayiq, 
olmaxon, sobol uchraydi. Subtropik o’rmonlarda janubga xos turlar-yapon qora 
ayig’i, makakalar yashaydi. Yenotsimon it keng tarqalgan. Suvda va kuruqlikda 
yashaydigan hayvonlardan salamandra saqlanib qolgan. Yaponiyada tabiatni 
muhofaza qilishga va uni sog’lom saqlashga katta ahamiyat beriladi. Xokkaydoda 
tashkil etilgan Taysetsudzan, Xonsyudagi Nikko va Kyusyudagi Aso milliy parklari 
buning isbotidir.

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish