X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet233/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Himolay tog’lari. 
Himolay Janubiy Osiyoda joylashgan Yer yuzidagi eng 
baland tog’ tizimidir. Uning nomi "qorlar makoni" degan ma’noni bildiradi. 
Himolay tog’larining chegarasi tabiiy geografik, tektonik, orografik jihatdan aniq 
ifodalangan. U shimolda Tibet tog’ligidan Hind va Braxmaputra daryolarining 
bo’ylama tog’ oralig’i tektonik vodiylari orqali ajralib turadi. Janubda Hind-Gang 
pastekisligining shimoliy chekka qismi bilan chegaradosh. Himolay shimoli-g’arbda 
Hindiqush tog’lari bilan, janubi-sharqda Sino-Tibet tog’lari bilan chegaralangan. 
Tizma shimoli-g’arbdan janubi-sharqqa tomon 2400 km masofaga cho’zilgan. 
Kengligi 200-300 km ni tashkil etadi, o’rtacha balandligi 6000 m, maydoni 650 000 
km
2
. Himolayda har biri 8000 m dan baland bo’lgan 11
 
ta cho’qqi bor. Shulardan 
eng balandlari Jomolungma (8848 m), Kanchenjanga (8585 m), Dxaulagiri (8221 
m), Nangaparbaton (8126 m) va boshqalar. Jomolungma (Everest) Yer yuzidagi eng 
baland cho’qqi bo’lib, u al’pinistlar tomonidan ilk bor 1953 yilda zabt etilgan. 
Himolay tog’ tizimi Al’p orogenizining oligosen, miosen va antropogen 
fazalarida vujudga kelgan. Bu tizim O’rta dengiz burmalanish mintaqasida 
joylashgan Tibet tog’ligidan farq qilib, u Hindiston platformasining shimoliy 
chekkasida neogen va antropogenda yuz bergan intensiv vertikal tektonik harakatlar 
natijasida burmalangan. Himolayning geologik tuzilishida asosan kembriydan 
oldingi qadimiy kristall metamorfik vulkanik jinslar, qisman geosinklinal tipdagi 
dengiz yotqiziqlari va kontinental jinslar ishtirok etadi. Himolay tog’larining 
ko’tarilishi hozir ham davom etmoqda. Seysmik harakatlarning faolligi va kuchli 
zilzilalarning tez-tez takrorlanib turishi buning isbotidir. 
Himolay tog’lari Hind-Gang pastekisligi tomonidan tik ko’tarilgan uchta 
bosqichli orografik mintaqadan iborat. Birinchi yosh yotqiziqlardan tuzilgan 
tog’oldi mintaqasi Sivalik tizmasi deb ataladi. Uning shimoliy va janubiy yon 
bag’irlari tik, balandligi 1000 m gacha boradi. Ikkinchisi kristall va 
metamorflashgan jinslardan tarkib topgan Kichik Himolaydir. Bu tizmalar uchun 
intensiv burmalanishlar, ko’ndalang va bo’ylama uzilmalar, vulkanizm xarakterli. 
Kichik Himolay tizmasining o’rtacha balandligi 3500-4500 m, ayrim tog’ 
cho’qqilarining balandligi 6000 m dan oshadi. Uchinchisi Himolayning eng baland 


329 
cho’qqilari joylashgan Katta Himolaydir. Sharqqa borgan sari Himolay tog’lari 
toraya boradi. Sharq tomonda Kichik Himolay tizmasi juda yaqinlashib kelib, 
o’rtacha balandlikdagi Maxobxorat va kuchli parchalangan Duara tog’lariga bo’linib 
ketadi. Katta va Kichik Himolay tizmalari oralig’ida bo’ylama tektonik botiqlar 
hosil bo’lgan. Shulardan eng yiriklari 1400 m balandlikdagi Katmandu va 1600 m 
balandlikdagi Kashmir botiqlaridir. Katta Himolaydan shimolda balandligi 4000-
4500 m bo’lgan Ladakx tizmasi cho’zilgan. Undan shimolroqda Hind va 
Braxmaputra daryolari oqib o’tadigan bo’ylama tektonik cho’kma joylashgan. 
Himolayda qazilma boyliklar geotektonik strukturaga bog’liq holda tarqalgan. 
Kristall jinslar keng tarqalgan hududlarda mis, xromit rudasi, oltin konlari bor. 
Botiqlarda va tog’oldi zonasida neft, tabiiy gaz, qo’ng’ir ko’mir, turli xil tuz konlari 
joylashgan. 
Himolay tog’lari Markaziy Osiyo bilan Janubiy Osiyo o’rtasida iqlim bo’luvchi 
vazifani bajaradi. Uning shimoliy qismida mo’tadil mintaqaning kontinental havo 
massasi, janubida mussonli tropik havo massasi hukmronlik qiladi. Himolayning 
shimoliy va janubiy yon bag’irlari iqlimi o’rtasida keskin farq bor. Uning janubiy 
yonbag’irida yil bo’yi harorat yuqori bo’ladi. 2000 m balandlikkacha yanvarning 
o’rtacha harorati +6°+7°S gacha ko’tariladi. Iyulning o’rtacha harorati +18°+19°S 
atrofida. 3000 m balandlikkacha yanvarning o’rtacha harorati 0°S dan pastga 
tushmaydi. Iyul oyida manfiy harorat 4500 m dan yuqorida kuzatiladi. Janubiy 
yonbag’irlarda atmosfera yog’inlari g’arbda 1000 mm dan sharqda 2000-3000 mm 
gacha ko’payib boradi. Tog’oralig’i botiqlarida va ichki daryo vodiylarida yillik 
yog’in miqdori 1000 mm dan oshmaydi. Baland tog’lar uchun kuchli shamollar 
xarakterli. Qor chizig’i g’arbda 5100-5300 m dan sharqda 4500 gacha pasayadi. 
Himolay tog’larida muzliklarning hosil bo’lishi uchun balandlik va namlik omillari 
to’liq mujassamlashgan. Shuning uchun barcha cho’qqilar qor va muzliklar bilan 
qoplangan. Eng katta muz massivlari Kumaon Himolayidagi Gangotri (uzunligi 26 
km), Kanchenjondagi Zemu (25 km), Jomolungmadagi Rongbuk (19 km) 
muzliklaridir. Janubiy Osiyoning eng yirik daryolari Hind, Gang, Braxmaputra va 
ularning ko’plab irmoqlari ana shu qor va muzliklardan to’yinib, yozda to’lib oqadi. 
Shulardan Braxmaputra daryosining uzunligi 2900 km, havzasining maydoni 935 
ming km
2
, o’rtacha yillik suv sarfi 12100 m
3
/sek. 
Himolayda o’simlik mintaqalari asimmetrik shaklda joylashgan. Yog’in ko’p 
tushadigan janubiy yon bag’rida nam tropik o’rmonlardan tortib, subal’p va al’p 
o’tloqlarigacha rivojlangan. Himolayning janubiy tog’ etaklarida teraylar - botqoq 
bosgan chakalakzorlar va o’rmonlar polosasi joylashgan. Tuprog’i qoramtir balchiq 
tuproqlardan iborat. Butazor va qalin o’rmonlarda sovun daraxt, sal, mimoza, 
magnoliya, banan, bambuk, pakana palmalar o’sadi. Daraxt tanalariga lianalar 
chirmashib ketgan. Quritilgan terassalarda tropik ekinlar ekiladi. 
Teraylardan yuqorida 1000-1200 m balandlikkacha doimiy yashil nam tropik 
o’rmonlar o’sadi. Bu o’rmonlar dafna, baland bo’yli palma, daraxtsimon paporotnik 
va bambuklardan iborat. Lianalar va epifitlar keng tarqalgan. 1000-1200 m dan 
yuqorida tropik o’rmonlar tarkibiga doimiy yashil, bargini to’kuvchi subtropik turlar 
- emanlar, qarag’aylar, zaranglar, kashtanlar, magnoliyalar ko’shiladi. 2000 m dan 


330 
balandlikda subtropik o’rmonlar mo’tadil tipdagi o’rmonlar bilan almashinadi. Igna 
barglilar orasida kumush rang pixta, tilog’och, mojjevelniklar ko’p uchraydi. 3500 
m dan yuqorida o’rmonlar baland bo’yli o’tlar va butalar o’sadigan subal’p mintaqa 
bilan va undan yuqorida al’p mintaqasi bilan almashinadi. Al’p mintaqasining 
yuqori chegarasi sharqda 5000 m balandliqdan o’tadi. 
Janubiy yonbag’irning g’arbiy qismida namlik kamroq bo’lganligi sababli 
teraylar uchramaydi. O’simlik qoplamida o’rta dengiz subtropik turlar - doimiy 
yashil tosh eman, tilla bargli zaytun, Himolay kedri, pixtalar ko’pchilikni tashkil 
etadi. O’rmonlardan yuqorida subal’p va al’p mintaqalari joylashgan. Himolayning 
shimoliy yonbag’irida aksincha, balandlik mintaqalar unchalik aniq ifodalanmagan. 
Mavjud bo’lgan tog’ landshaftlarining xususiyatlari Markaziy Osiyo tog’-cho’l 
landshaftlariga o’xshash. Quyi daryo vodiylaridan tog’ tepalarigacha siyrak quruq 
o’tlar va kserofit butalar uchraydi. Himolayning hayvonot dunyosi nihoyatda xilma-
xil. Ayniqsa uniig janubiy yon bag’rida tropiklarga xos fauna turlari ko’p uchraydi. 
Teraylarda va nam tropik o’rmonlarda fil, buyvol, yovvoyi cho’chqa, karkidon, 
antilopa, maymunlar, yirtqich hayvonlardan yo’lbars va qoplonlar yashaydi. 
Tog’larnipg yuqori qismlarida va shimoliy yon bag’irlarida Markaziy Osiyo 
faunasiga xos turlar-yovvoyi qo’y, yovvoyi echki, qo’tos, tog’ bo’risi, Himolay qora 
ayig’i va ko’plab kemiruvchilar uchraydi. Qushlardan yovvoyi tovuqlar, to’tilar, 
tustovuqlar va tovuslar xarakterli. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   229   230   231   232   233   234   235   236   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish