X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


Tropik iqlimli Sharqiy Osiyo



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Tropik iqlimli Sharqiy Osiyo. 
Tropik (yoki subekvatorial) iqlimli o’lka 
tarkibiga Sharqiy Osiyoning janubiy qismi, Tayvan va Xaynan orollari (Janubiy 
Xitoy) kiradi. Bu yerdagi fasliy nam tropik o’rmonlarning issiqlik va namlik rejimi 
subekvatorial musson o’rmonlaridan kam farq qilganligi uchun janubiy Sharqiy 
Osiyoning iqlimini subekvatorial iqlim deb ham qarashadi. O’lka hududi o’rtacha 
va past tog’lar hamda sertepa balandliklar bilan band. Ular qadimgi burmalangan 
strukturalardan tarkib topgan bo’lib, Janubiy Xitoy burmali tog’lari deb ataladi. Bu 
tog’lar mustaqil nomlarga ega bo’lgan Yunnan-Guychjou tog’ligi, Nanlin past 
tog’lari va Uishan tizmalariga bo’linadi. Janubiy Xitoy tog’larining maksimal 
balandligi Uishan tog’ida 2120 m, Yunnan-Guychjou tog’ligida 2050 m 
(Yuanbaoshan tog’i), Nanlin tog’ida 1922 m. O’lkaning materik qirg’oqlari kuchli 
parchalangan, mayda tog’li orollar nihoyatda ko’p. Eng yiriklari Tayvan (36 000 
km
2
) va Xaynan (34 000 km
2
) orollaridir. Janubiy Xitoy tog’larining eng baland 
nuqtasi Tayvan orolida 3997 m ga yetadi. Orolning shimolida 13 ta so’ngan 
vulkanlar mavjud. Uning g’arbiy qismi sohil bo’ylab cho’zilgan pastekislik bilan 
band. 
Tropik iqlimli Sharqiy Osiyo okeanga yaqin joylashganligi tufayli iqlimi nam, 
yog’in musson rejimiga ega, havo harorati yil davomida yuqori. Yanvarning 
o’rtacha harorati +15°+20°S, iyulniki +27°+28°S. Yog’in miqdori o’lkaning materik 
qismida 1500-2000 mm, Tayvan orolining g’arbida 1000 mm, tog’li qismida 2000-
4000 mm. Nisbiy namlik 80°/

atrofida. Daryo to’ri qalin, lekin yirik daryolar kam. 
Eng katta daryosi Siszyan Yunnan tog’ligining sharqiy qismidan boshlanib Janubi-
Xitoy dengiziga quyiladi. Uzunligi 2129 km, havzasining maydoni 357 ming km
2
ga yaqin, o’rtacha yillik suv sarfi 8049 m
3
/sek. Musson yomg’irlaridan to’yinib, 
aprel-maydan to sentyabr-oktyabrgacha to’lib oqadi. Nisbatan kichiq bo’lgan 
Ouszyan, Minszyan, Xanszyan, Beyszyan daryolari ham sersuv va musson rejimli. 
Tropik iqlim sharoitida rang-barang o’simliklar, ayniqsa ularning tropik 
elementlari yaxshi rivojlangan. Birgina Tayvan orolining florasi 3265 tur 
o’simliklardan iborat bo’lib, shundan 1605 turi endemikdir. Tog’ etaklarida va 500 


325 
m balandlikkacha bo’lgan mintaqada palma, fikus, pandus, bambuk va lianalardan 
tarkib topgan doimiy yashil nam tropik o’rmonlar o’sadi. 500-1800
 
m balandlikda 
kamfar dafnasi, tunga daraxti, magnoliya, daraxtsimon paporotnik va janub igna 
barglilaridan iborat subtropik tipdagi doimiy yashil keng bargli o’rmonlar mintaqasi 
joylashgan. 1800
 
m dan balandda igna bargli (sarv daraxti, pixta, yel) o’rmonlar 
tarqalgan. Tayvanshanning 3700 m dan yuqori qismida baland tog’ butazorlari 
joylashgan. Tropik o’rmonlar tagida qizil, sarg’ish-qizil, qizg’ish-qo’ng’ir tog’ 
tuproqlari rivojlangan. Daryo vodiylarida, tekisliklarda va terrassalashtirilgan tog’ 
yon bag’irlarida agrolandshaftlar barpo etilgan. 
O’lkaning dehqonchiliq qilinadigan yerlarida banan, kokos palmasi, ananas, 
shakar qamish kabi tropiklarga xos madaniy ekinlar yetishtiriladi. Daryo vodiylarida 
va pastqam joylarda sholikorlik rivojlangan. Terrasalashtirilgan tog’ yon 
bag’irlarida choy butasi, limon, apelsin, mandarin va boshqa subtropik ekinlar 
ekiladi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish