X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov


Mo’tadil iqlimli Sharqiy Osiyo



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Mo’tadil iqlimli Sharqiy Osiyo. 
Bu o’lkaga Katta Xingan, Kichik Xingan tog’ 
tizmalari, Markaziy Manjuriya tekisligi, Janubiy Manjuriya pastekisligi va Koreya 
yarim oroli kiradi. O’lkaning g’arbiy qismida Katta Xingan tog’ tizmasi shimoldan 
janubga tomon 1200 km masofaga cho’zilgan, eng keng joyi 400 km gacha boradi. 
Aksariyat qismining o’rtacha balandligi 1200 m atrofida. Eng baland nuqtasi 
Xuanganshan cho’qqisi 2034 m. Tizma kristall jinslardan tarkib topgan, tepalarida 
tekislangan qadimiy yuzalar yaxshi saqlangan. Umumiy shakli assimmetrik 
xarakterga ega: g’arbiy yonbag’iri qiya, sharqiy yonbag’iri tik tushgan va daryo 
vodiylari bilan kuchli parchalangan. Katta Xingan shimolda Ilxuri-Alin tog’i orqali 
Kichik Xingan bilan tutashgan. Kichik Xingan o’rtacha balandlikdagi tog’, lekin 
uning yon bag’irlari tik, tor darasimon vodiylar bilan chuqur kesilgan. Eng baland 
joyi Duymyanshan tog’ida 1150 m ga yetadi. 
O’lkaning ichkari qismida Katta va Kichik Xingan, Lyaosi, Manjuriya-Koreya 
tog’lari bilan o’ralgan tektonik cho’kmada Manjuriya yoki Sunyalo tekisligi hosil 
bo’lgan. Uning markazidagi past joylari dengiz sathidan 50-100 m, chekka qiya 
tekisliklari 200-300 m baland. Tepalik suvayirg’ich Sunyalo tekisligini ikki qismga 
bo’ladi. Kengligi 500 km ga boradigan shimoliy katta qismi Markaziy Manjuriya 
tekisligi va kengligi 120 km gacha bo’lgan kichik qismi Janubiy Manjuriya 
pastekisligi deb ataladi. Sunyalo tekisligi shimoli-sharqda O’rta Amur va 
Xankabo’yi pastekisliklari bilan tutashgan. Barcha pastekisliklar qadimgi kristall 
zaminda joylashgan bo’lib, kaynozoyning ko’l va allyuvial yotqiziqlari bilan 
qoplangan. Manjuriya-Koreya tog’lari kristall massivning shimoliy qismida vujudga 
kelgan va Koreya yarim orolini ham egallagan. Balandligi 1000-2000 m atrofida
eng baland joyi Baytoushan vulkanida 2744 m ni tashkil etadi. Manjuriya-Koreya 
tog’lari granit, bazalt, metamorfik slanes va ohaktoshlardan tuzilgan. 


321 
Koreya yarim oroli Sariq va Yapon dengizlari orasida joylashgan va materik 
bilan Koreya bo’yni orqali tutashgan. Maydoni qariyb 150 000 km
2
, uzunligi 600 
km, eni 200 km. Uning Sharqiy qismi tog’lik, Yapon dengiziga tik tushgan, qirg’oq 
chiziqlari tekis. Janubiy va g’arbiy qirg’oqlari kuchli parchalangan, mayda orollar 
nihoyatda ko’p. Yarim orolning eng baland joyi Sharqiy Koreya tog’idagi Chirisan 
cho’qqisida 1915 m ga yetadi. G’arbiy qismida Pxenyan va Xangan tekisliklari 
joylashgan.
Mo’tadil iqlimli Sharqiy Osiyoda foydali qazilmalar ko’p. Manjuriya-Koreya 
tog’larida temir, mis, polimetall ruda konlari, magnezit koni mavjud. Kichik Xingan 
va Manjuriya tog’larida tosh ko’mir havzalari joylashgan. Koreya yarim orolida 
oltin, volfram, rangli metallar, toshko’mir, grafit qazib olinadi. 
O’lkaning iqlimi mo’tadil, mussonli. Faqat Koreya yarim orolining janubiy 
qismi subtropik iqlimga qaraydi. Qishda shimoli-g’arbiy musson yetti oy davomida 
hukmornlik qilib, havo juda sovuq bo’ladi. Yanvarning o’rtacha harorati shimolida 
-28°S dan janubida -8°S gacha o’zgaradi. Xarbinda mutloq minimal harorat -40°S 
kuzatilgan. Yarim orolning janubiy qismida subtropik iqlim barqaror bo’lib, 
yanvarning o’rtacha harorat +2°S ni tashkil etadi. Yozi hamma joyda issiq nam va 
seryog’in keladi. Iyulning o’rtacha harorati shimolda +23°S dan, janubda +28°S 
gacha ko’tariladi. Maksimal harorat +39°S ga yetadi. Yozgi musson yomg’irlari bir 
tekisda taqsimlanmagan. O’lkaning g’arbiy qismiga nisbatan janubi-sharqiy qismida 
yog’in ko’p bo’ladi. Markaziy Manjuriya tekisligida o’rtacha yillik yog’in miqdori 
400-700 mm ga teng. Koreya yarim orolining janubi-g’arbida 1000 mm gacha 
yomg’ir yog’adi. Yarim orolniig janubiy qismida yoz olti oygacha davom etadi. 
Daryolar yaxshi rivojlangan va sersuv. Ularning gidrologik rejimi atmosfera 
yog’inlarining fasliy taqsimlanishiga bog’liq holda yil davomida o’zgarib turadi. 
Daryolar bahorda qor suvlaridan va yozda musson yomg’irlaridan to’yinadi. 
Shuning uchun ular bahorda to’lib, yozda toshib oqadi. Eng yirik daryolari Amur 
havzasiga qaraydigan Sungari (1500 km) va Nunszyan (1200 km) hisoblanadi. 
Uncha katta bo’lmagan Lyaoxe, Xunxe, Koreya yarim orolidagi Tedongan, 
Naktongan daryolari ham qishloq xo’jaligini suv bilan ta’minlab turadi. 
Tekislik va past tog’lardagi dasht landshaftlarda qora va kashtan tuproqlar, 
botiqlardagi quruq dashtlarda qo’ng’ir, bo’z va sho’r tuproqlar ko’p uchraydi. 
Pastqam yassi tekisliklarda o’tloq-botqoq tuproqlar shakllangan. Manjuriya-Koreya 
tog’larining shimoli-sharqiy yonbag’irlarida tog’-podzol, janubi-g’arbiy yon 
bag’irlarida o’rmon-qo’ng’ir tuproqlari rivojlangan. Koreya yarim orolining 
janubida qizil tuproqlar uchraydi. 
O’simlik qoplami rivojlanish tarixiga ko’ra qadimiy va turlarga boy. Eng ko’p 
tarqalgan o’simlik tipi aralash va keng bargli o’rmonlardir. Ular shimolda tayga 
o’rmonlari bilan, markaziy tekislikslarda dasht va o’tloq o’simliklari bilan 
almashinadi. Koreya yarim orolining janubida doimiy yashil subtropik o’rmonlar 
o’sadi. Katta va Kichik Xinganning shimoliy qismi, Ilxuri-Alin tog’lari Dauriya 
tilog’ochi, Sibir yeli, qayin va ryabinalardan iborat tayga o’rmonlari bilan 
qoplangan. Manjuriya tog’larini va Koreya yarim orolining shimoliy qismini aralash 
va keng bargli o’rmonlar qoplab olgan. Bu o’rmonlarning yuqori chegarasi 1500 m 


322 
gacha ko’tarilgan. Ular Amur baxmal daraxti, Koreya kedri, jo’qa, eman, zarang, 
qora va kumush rang pixta, yovvoyi mevali daraxtlardan tarkib topgan. Daraxt 
tanalarini Amur yovvoyi toki, aktinidiya va limonniklar o’rab olgan. Tog’larning 
yuqori qismida aralash o’rmonlar tog’ taygasi bilan almashinadi. Tog’ taygasida 
Ayan yeli, Sibir yeli, pixta va qayinlar ko’pchilikni tashkil etadi. O’rmonlar tagida 
relikt o’simliklardan jenshen o’sadi. Koreya yarim orolining janubida subtropik 
o’rmonlar tog’ bag’irlab 400 m balandlikkacha ko’tariladi. Bu yerda Yapon 
kameliyasi, doimiy yashil emanlar, chiroyli gullaydigan daraxtlar o’sadi. Undan 
yuqorida bargini to’kadigan o’rmonlar mintaqasi joylashgan. Sunlyao tekisligining 
sharqiy va janubiy hududlarida, Koreya yarim orolining vodiylari va past 
tekisliklarida aholi juda zich joylashgan, tabiiy landshaftlari maksimal darajada 
madaniylashtirilgan. Qishloq xo’jaligida gaolyan, sholi, makkajo’xori, dukkaklilar 
va mevali daraxtlar ko’p ekiladi. Yarim orolning janubida bulardan tashqari paxta 
va madaniylashtirilgan jenshen yetishtiriladi. 
Hayvonot olamida taygaga va subtropiklarga xos turlar aralash holda uchraydi. 
Yirik tuyoqlilardan los, dasht antilopasi, kosulya, tog’ qo’yi, asl zotli bug’u, 
olachipor bug’ular yashaydi. Yirtqichlardan qora va qo’ng’ir ayiq, Ussuri yo’lbarsi, 
bo’ri, yovvoyi mushuk, suvsar, qunduz, latcha, Sharqiy Osiyo uchun endemik 
bo’lgan yenotsimon itlar keng tarqalgan. Ornitofaunasi juda rang-bararang. 
O’rmonlarda tustovuqlarning bir necha turi, daryo vodiylarida va ko’llarda qizil 
oyoq ibis, o’rdak-mandarinka, qora qarg’a, dashtlarda tuvaloqlar hayot kechiradi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish