X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Hinduqush va Qoraqurum. 
Hinduqush va Qoraqurum tog’ tizimlari Pomir 
tog’ligi bilan birgalikda Tibet, Eron tog’liklarini va O’rta Osiyo tog’liklarini bir-biri 
bilan tutashtirib turuvchi g’oyat katta tog’ tuguni hisoblanadi. Ular Yer yuzidagi eng 
baland tog’ tizimlari qatoriga kiradi. Hinduqush forscha Hinduko’h deb atalib, Hind 
tog’i degan ma’noni bildiradi. U shimoli-g’arbdan shimoli-sharqqa tomon 800 km 
masofaga cho’zilgan. Ko’xi Bobo, Tag’mon, Hinduraj tizmalari uniig asosiy 
tarmoqlari hisoblanadi. Hinduqush tog’larining balandligi g’arbdan sharqqa tomon 
balandlashib boradi. Ko’xi Boboning maksimal balandligi 5143 m (ayrim 
manbalarda 4951 m), G’arbiy Hinduqushniki 4000-5000 m dan oshadi, Sharqiy 
Hinduqush esa 6000-7000 m dan ham ziyod. Eng baland joyi Tirichmir cho’qqisida 
7690 m ga teng. Hinduqush tog’ tizimi kembriydan oldin vujudga kelgan granit va 
gneyslardan, paleozoy marmarlaridan, mezokaynozoy slaneslari, qumtoshlari va 
ohaktoshlaridan tarkib topgan. Hinduqushning dastlabki tektonik tarkibi mezozoy 
orogenezida burmalangan. Hozirgi orografik tuzilishi va rel’efi neogen-
antropogenda sodir bo’lgan vertikal tektonik harakatlar natijasida shakllangan. 
Hinduqush Al’p burmalanish mintaqasiga mansub bo’lganligi tufayli seysmik 
harakatlar juda faol hisoblanadi. 
Qoraqurum Markaziy Osiyoning eng baland tog’ tizimi. Balandligi jihatidan 
Yer yuzida Himolaydan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Qoraqurum Pomirdan 
Qorachuqur daryo vodiysi bilan ajralgan bo’lib, janubi-sharqqa tomon 800 km 
masofaga cho’zilgan. Bu yuksak tog’ Kunlun bilan Himolay tizimlari oralig’ida 
joylashgan. Qoraqurumning o’rtacha balandligi 6000 m, ko’pchilik cho’qqilarining 
balandligi 7000-8000 m dan oshadi. Maksimal balandligi 8000 m dan ziyod bo’lgan 
Chogori (8611 m), Gasherbrum (8073 m), Xidden (8068 m) cho’qqilari o’zining tik 
qoyali Al’p rel’ef shakllari va muzliklari bilan hayratda qoldiradi. Davonlari 4600-
5800 m balandlikda joylashgan. Qoraqurumning geologik tuzilishi nihoyatda 
murakkab, janubiy qismi granit va gneyslardan, o’rta qismi paleozoy va 
mezozoyning cho’kindi dolomitlashgan ohaktoshlaridan, qoramtir slaneslaridan
qumtoshlaridan va metamorfik jinslaridan, shimoliy qismi kristalli slaneslardan va 
yura davrining ohaktoshlaridan tarkib topgan. Rel’efi keskin parchalangan, Al’p 
tipidagi rel’ef shakllari keng tarqalgan. Ko’ndalang daryo vodiylari nihoyatda 
chuqur, tik yon bag’irli tor daralar hosil qilgan. Qoraqurumda tog’ hosil bo’lish 
jarayoni mezozoyda bo’lib o’tgan bo’lsada, unnng hozirgi yoshargan rel’efi va 
yuksaklikka ko’tarilishi neotektonik harakatlarning mahsuli hisoblanadi. 
Hinduqush va Qoraqurum tizmalari uchun quruq subtropikning tog’ iqlim 
xarakterli. Iqlim sharoiti g’arbdan sharqqa va shimoldan janubga tomon o’zgarib 
boradi. Hinduqushning shimoli-g’arbiy yon bag’irlarida yillik yog’in miqdori 400-
800 mm ni, sharqiy qismidaga baland tog’ cho’lida 50 mm ni tashkil etadi. Janubiy 
va janubi-sharqiy yon bag’irlarda Hind okeanidan keladitan yozgi musson hisobiga 
yillik yog’in miqdori 700-800 mm ga boradi. Hinduqush va Qoraqurumning 
Markaziy Osiyo yassi tog’lik cho’llariga qaragan shimoliy yon bag’irlari nihoyatda 
quruq, biokomponentlar deyarli rivojlanmagan unumsiz yerlardir. Tog’larda 
haroratning sutkalik va yillik amplitudasi juda katta. Iyulda harorat 1000-1500 m 
balandlikda +30°S gacha ko’tariladi, yanvarda 0
0
S dan pastga tushadi. 4500 m 


317 
balandlikkacha iyulning o’rtacha harorati +10°S gacha yetadi, qish sovuq va 
davomli bo’ladi. 4500-5000 m dan yuqorida manfiy harorat hukm suradi. Qor 
chizig’i Qoraqurumning shimolida 5900 m, janubida 4700 m balandlikdan o’tadi. 
Uning eng katta tog’ muzliklari Siachen (72 km), Hispar (61 km), Baltoro (58 km) 
va Batura (58 km) lardir. Hinduqush va Qoraqurum tog’laridan boshlanib janub 
tomon oqadigan daryolar Hind okean havzasiga, shimol tomon oqadigan daryolar 
Markaziy va O’rta Osiyo berk havzalariga qaraydi. Qoraqurum Hind va Tarim 
daryolari o’rtasida suvayirg’ich vazifasini bajaradi. Daryolar qor va muzliklardan 
to’yinadi. 
Tog’ landshaftlari balandlik mintaqalari bo’yicha taqsimlangan. Quruq iqlimli 
shimoliy yon bag’irlarda cho’l landshaftlari 2400-2800 m balandlikkacha, cho’l-
dasht landshaftlari 3100 m gacha, tog’ dasht landshatflari 3500 m gacha tarqalgan. 
Subtropik iqlimli o’rtacha nam janubiy yon baglarida doimiy yashil eman, qarag’ay, 
Himolay kedri, Grek yong’og’i, tol va teraklardan tarkib topgan o’rmonlar daryo 
vodiylari bo’ylab 3000-5000 m balandlikkacha ko’tariladi. Undan yuqorida dasht va 
Al’p o’tloq landshaftlari vujudga kelgan. Tog’ yonbag’irlaridagi vohalarda mevali 
bog’lar va tokzorlar barpo etilgan. Quyi mintaqada don ekinlari, ayniqsa sholi ko’p 
yetishtiriladi. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish