X. Vaxobov, A. A. Abdulqosimov, N. R. Alimkulov



Download 15,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/310
Sana19.02.2022
Hajmi15,35 Mb.
#457795
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   310
Bog'liq
МАТЕРИКЛАР ВА ОКЕАНЛАР ТАБИИЙ ГЕОГРАФИЯСИ ЎҚУВ ҚЎЛЛАНМА охирги1

Tarim-Jung’oriya. 
Tarim-Jung’oriya o’lkasi Past Markaziy Osiyoning 
shimoli-g’arbiy qismini egallaydi. Uning yirik orografik strukturasi Sharqiy 
Tyanshan tog’ tizimidan, Jung’oriya va Tarim (Qoshqar) tog’oralig’i botiqlaridan 
tarkib topgan. Sharqiy Tyanshan paleozoyda burmalangan, mezozoyda kuchli 
denudasiya jarayonlari tufayli peneplenlashgan. Neogenning oxirida vertikal 
tektonik harakatlarni boshdan kechirgan. Buning natijasida paleozoy strukturalari 
qaytadan ko’tarilgan, Jung’oriya va Tarim botiqlarida bukilish sodir bo’lgan.
Botiqlarning poydevori ham paleozoy strukturasining alohida-alohida uchastkalari 
bo’lib, ular Sharqiy Tyanshandan tektonik uzilmalar bilan ajralib turadi. Botiqlar 
so’nggi davr cho’kindi jinslari bilan to’lgan. 


313 
Sharqiy Tyanshan kenglik bo’ylab cho’zilgan bir necha tizmalarga va 
cho’kmalarga bo’linadi. Uning asosiy shimoliy va janubiy tizmalari qiya 
zinapoyasimon tog’oldi zonasini hosil qilib, Jung’oriya va Tarim botiqlari bilan 
tutashib ketadi. Tizmalarning balandligi 3000-5000 m dan ortadi. Ularning 
tepalarida tekislangan qadimiy yuzalar keng tarqalganligi sababli o’tkir qirrali tog’ 
cho’qqilari kam uchraydi. Mavjud bo’lgan Al’p rel’ef shakllari muzlik ta’sirida hosil 
bo’lgan. Sharqiy Tyanshanning eng baland cho’qqilari Xontangri tog’ tugunidan 
sharqqa tomon cho’zilgan Xoliqtog’ tizmasi (6811 m), Boroxoro tizmasi (5500 m), 
Bogdo-Ula massivi (5445 m), Narat tog’i (4112 m) va Qorliqtog’ (4925 m) 
joylashgan. Sharqiy Tyanshanning tog’oralig’i botiqlari turli xil gipsometrik 
balandliklarda joylashgan va antropogenning cho’kindi yotqiziqlari bilan to’lgan. 
Bu yerda Yer yuzida eng past quruq cho’kma hisoblangan 
Turfon botig’i
dengiz 
sathidan -154 m pastda joylashgan. Undan sharq tomonda minimal nuqtasi 81 m 
bo’lgan Xami botig’i bor. Ayrim tog’oralig’i botiqlarining yuzasi 1000-1500 m dan 
baland. 
Jung’oriya botig’i shimolda Mongoliya Oltoyi va janubda Sharqiy Tyanshan 
tog’ tizmalari bilan chegaralangan. Maydoni 700 ming km
2
, o’rtacha balandligi 600-
800 m. Eng past joyi Ebi-Nur ko’li atrofida 190-200 m. Yer yuzasi past tog’lar, 
tepaliklar, qum massivlari, toshloq yerlar va sho’rxoklardan iborat. Botiqning o’rta 
qismida ayrim tog’larning balandligi 1000 m ga, sharqiy qismida 2000 m ga yetadi. 
Uning markaziy qismi Dzostin-Elisun do’ng qumlar massivi bilan band. Iqlimi 
mo’tadil kontinental, qishi sovuq va quruq. Yanvarning o’rtacha harorati -20°-25°S. 
Yozi issiq va quruq, iyulning o’rtacha harorati +20°+23°S. Yillik yog’in miqdori 
150-200 mm. Daryolar juda kam, ular tekislikning chekka qismlaridagi vohalarni 
sug’orishda foydalaniladi. Eng yirik daryolari Manas, Urung’u va Zaysan ko’liga 
quyiladigan Qora Irtishdir. Botiqning g’arbida Ebi-Nur, Manas, Urung’u ko’llari 
bor. O’simlik qoplami siyrak bo’lsada ekologik muhitga moslashgan holda 
tarqalgan. Ular saksovul, yulg’un, juzg’un, shuvoq, sho’ralardan, pastqam joylarda 
qiyoq va qamishlardan iborat. Vohalarda paxta, bug’doy, gaolyan, tariq 
yetishtiriladi. 
Tarim yoki Qashqar botig’i Markaziy Osiyoning eng yirik botiq-tekislik 
landshaft kompleksidir. U Tyanshan, Pomir, Tibet va Beyshan tog’lari bilan 
o’ralgan. Maydoni 530 ming km
2
, yer yuzsining balandligi g’arbida 1500 m dan 
sharqqa tomon 800 m gacha pasayib boradi. Eng past joyi Lobnor ko’l atrofida 780 
m. Botiqning markaziy katta qismini Takla-Makon qum cho’li egallagan. Tog’oldi 
tekisliklar lyosslar bilan qoplangan. Qashqarning sharqiy qismini toshloq cho’llar, 
pastqam joylarni sho’rxoklar egallagan. Iqlimi mo’tadil keskin kontinental. Yozi 
issiq, iyulning o’rtacha harorati +24°S. Eng yuqori o’rtacha harorat Turfon botig’ida 
+34°S ga teng. Qishi sovuq va qorsiz. Yanvarning o’rtacha harorati -7°-10°S, tog’ 
yonbag’irlarida o’rtacha harorat -24°S gacha pasayadi. Yillik yog’in miqdori 100 
mm dan kam. Turfon cho’kmasida atigi 30 mm yog’in tushadi. Eng yirik daryolari 
Tarim, Oqsuv, Qashqar, Xo’tan, Yorkend, Ko’nchidaryolardir. Tarimning uzunliga 
2030 km, havzasining maydoni 951,3 ming km
2
. Daryolar tog’ muzliklaridan 
to’yinadi. Daryo vodiylari bo’ylab Qashqar, Yorkend, Oqsuv, Xo’tan va boshqa 


314 
vohalar joylashgan. Cho’llarda yulg’un, saksovul, yantoq, efedra, shuvoq, sho’ralar, 
o’zanlar bo’ylab tol, terak, cho’l ilmi va boshqa kserofit o’simliklar o’sadi. 
Sug’oriladigan yerlarda paxta, don ekinlari, qovun, tarvuz, uzum yetishtiriladi. 
Sharqiy Tyanshanda landshaft komplekslari vertikal zonalar bo’ylab 
joylashgan. 1800 m gacha ko’tarilgan tog’ dashtlarida chalov, betaga, chiy va 
boshqa o’t o’simliklari o’sadi. 1800-3000 m dan yuqorida subal’p va al’p o’tloqlari 
tarqalgan. Ular yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. Tarim-Jung’oriya o’lkasi 
hududida Markaziy Osiyo uchun endemik bo’lgan yovvoyi tuya, Prjevalsk yovvoyi 
oti uchraydi. Tekisliklarda antilopa jayron, yovvoyi eshak, turli xil kemiruvchilar, 
tog’larda moral, tog’ echkisi, tog’ qo’yi, Gobi ayig’i, yovvoyi cho’chqa, qoplonlar 
yashaydi. To’qayzorlarda qizil bo’ri va yo’lbarslar bor. 

Download 15,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish