312
vujudga keladi. Iyulning o’rtacha harorati o’lkaning shimoliy qismida +18°+19°S ni
tashkil etadi, maksimal harorat +40°S gacha ko’tariladi. Yillik amplituda Yer shari
bo’yicha eng yuqori bo’lib 90°S ga yetadi. Yog’in juda kam yog’adi, uning asosiy
qismi yoz fasliga to’g’ri keladi. Yillik yog’in miqdori tog’ yonbag’irlarida 300-500
mm ga, botiqlarda 100-150 mm ga teng.
Past Markaziy Osiyoning boshqa hududlariga nisbatan bu yerda daryo to’ri
yaxshi rivojlangan. Xangaydan boshlanuvchi Selenga, Orxon daryolari Baykal
ko’liga quyiladi va Shimoliy Muz okeani havzasiga qaraydi. Xenteydan
boshlanuvchi Korulen, Onon, Xaylar daryolari Tinch okean havzasiga qaraydi.
Uncha katta bo’lmagan Dzabxon, Xunguy, Tes-Xem, Baydra-Gol daryolari berk
havzalarga quyiladi. Barcha daryolar yozda to’lib oqadi, yozgi toshqin muzlikning
erishi va yozgi siklon yomg’iri bilan bog’liq. O’lka hududida kelib chiqishiga ko’ra
qoldiqli, tektonik va morena ko’llari uchraydi. Eng yirik qoldiqli ko’llar guruhi Katta
Ko’llar botig’ida joylashgan. Bular Ubsu-Nur, Xirgis-Nur, Xara-Us-Nur, Xara-Nur,
Duro-Nur va boshqa mayda ko’llardir. Ko’llar vodiysida Bon-Sagan-Nur, Orog-Nur
ko’llari joylashgan. Sharqiy keng botiqda Dalay-Nur va Buyr-Nur ko’llari bor.
Mongoliyaning shimoliy qismidagi tektonik cho’kmada, dengiz sathidan 1645 m
balandda eng katta xushmanzarali Xubsugul ko’li joylashgan. U har tomondan
baland tog’lar bilan o’ralgan, maydoni 2620 km
2
, maksimal chuqurligi 238 m.
Tog’larning shimoliy yonbag’irida o’rmonlar yaxshi rivojlangan. Janubga
borgan sari o’rmonlar kamayib, ularning o’rnini dasht, chala cho’l va cho’l
o’simliklari egallaydi. Xentey tog’ida va Xubsugul ko’li atrofida kedr, tilog’och va
mayda bargli o’rmonlar uchraydi. Xangayda Sibir tilog’ochi va turli xil boshoqli
o’tlar o’rmon-dasht landshaftlarini hosil qiladi. Gobi Oltoyi o’rmonlardan holi
bo’lib, uning quyi mintaqasi cho’l, yuqori mintaqasi dasht o’simliklaridan tarkib
topgan. Botiqlarda va o’lkaning sharqiy qismida cho’l va dasht o’simliklari siyrak
holda o’sadi. O’rmonlarda tog’-podzol, dashtlarda tog’-kashtan, qora tuproqlar
rivojlangan. Tog’larning 2300-2500 m dan yuqori qismida subal’p o’tloqlari, undan
balandda tog’ tundra mintaqasi joylashgan. Qor chizig’i 3000-3500 m balanddan
o’tadi. Fauna tarkibida Sibir taygasi va Markaziy Osiyo cho’llariga xos hayvonlar
uchraydi. Tog’ o’rmonlarida qo’ng’ir ayiq, los, moral, kosulya, yovvoyi cho’chqa
yashaydi. Dashtlarda Mongoliya sayg’og’i, antilopa, jayron, qo’shoyoq, tarbag’an
sug’uri, bo’ri va tulkilar ko’p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: