Umumiy yer bilimi



Download 1,18 Mb.
bet7/11
Sana29.03.2022
Hajmi1,18 Mb.
#515256
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ko\'llar va suv omborlari

2.-Kanada-Kareliya tipi. Bu tipdagi ko’llar Baltika va Kanada qalqonlarining, Alyaska hamda Taymir yarim orollarining tundra va o’rmon zonalarida tarqalgan. Bu ko’llar tipini ikki sinfga: 1) muz-lik eroziya va 2) muzlik-akkumulyastiya ko’llariga bo’lish mumkin.
Muzlik-eroziya ko’llarining kotlovinalari muzlik o’ygan tektonik yoriqlardan iborat. Bunday ko’llar odatda uzun va kambar bo’lib, daryo-lar bilan birga kaskadlar sistemasini hosil qiladi (Vigozero, Segozero, Turke-Tresk va boshqalar).
Muzlik-ankumulyastiya kotlovinalari oqar suvlarni morenalar to’-sib qo’yishi natijasida paydo bo’ladi. Bu kotlovinalardagi ko’llar
o’zaro tutash suv havzalarining murakkab sistemasidan iborat (masa-lan, Sayma va h. k.).
Kareliya-Kanada tipidagi ko’llar oqar ko’llardir, ularning suvi o’ta chuchuk va chuchuk; oligotrof ko’llar.

  1. Ladoga-Lavrentiya tipi. Bu tipdagi ko’llar Baltika va Kanada
    qalqonlarining chekalarida hosil bo’lgan (Ladoga, Onega, Vettern,
    Venern, Buyuk Amerika ko’llari, Vinnipeg, Atabaska, Katta Qullar
    ko’li, Qatta Ayiq ko’li), ular katta va chuqur, qirg’oqlarida va kotlovi-
    nalarida muzlik relyefi shakllari — shxeralar, morena gryadalari,
    fordlar juda ko’p. Suv oqimi katta daryolar bilan bog’liq. Chuchuk,
    oligotrof ko’llar.

  2. Seliger-Ilmen tipi. Bu tipdagi ko’llar muzlik keltirmalari
    to’planadigan zonada joylashgan. Ular ikki sinfga bo’linadi: a) Se-
    liger va b) Ilmen. Seliger sinfiga kiruvchi ko’llar (Seliger, Mazur
    va boshqalar) sertepa-morena relyefi tarqalgan joylarda hosil bo’l-
    gan. Ular uchun kotlovinalarining murakkabligi va qirg’oqlarining
    parchalanganligi xosdir.

Ilmen sinfiga kiradigan ko’llar morena-tekislik oblastlarida vujudga kelgan. Ularning kotlovinalari katta, biroq chuqur emas, tagi yassi, qirg’oq chizig’i oddiy bo’ladi. (Ilmen, Beloe, Voje, Lacha, Kuben, Pskov-Chud ko’llari vxa h. k.).

  1. Tayga-botqoqlik tipi. Bu tipdagi ko’llarning kotlovinalari
    katta emas, suv oqimi yo’q, suvi chuchuk, distrof, suv yuzasidagi mox qop-
    lami o’sa boradi. G’arbiy Sibir taygasi uchun juda xosdir.

  2. Sharqiy Sibir tipi. Unga Vilyuy pasttekisligidagi va doi-
    miy muzloq tarqalgan boshqa joylardagi ko’llar kiradi. Qotlovina-
    lari termokarst natijasida hosil bo’lgan, maydoni kichik va sayoz, bir-
    biriga yaqin joylashgan ko’llarning sathi turli balandlikda. Ulariing
    suv yig’ish maydoni katta emas, suvi chuchuk, yosh ko’llar oligotrof, so’ng-
    ra ular evtrofga aylanadi. Temperatura rejimi muzloq qatlamning
    yuza yoki chuqur ekanligiga bog’liq.

Dasht zonasida odatda namlik etishmaydi. Iqlim omillari ko’llar paydo bo’lishi uchun noqulay. Zonaning ko’p qismida bahorgi vaqtincha suv havzalarigina vujudga keladi. Dashtlarning Osiyodagi qismida namlanish kamayishi tufayli daryolar dengizlarga etib bora olmay, etak ko’llar hosil qiladi. Shu sababli G’arbiy Sibir dashtlarida ko’llar ko’p. Ko’l suzlarining minerallashish darajasi ortadi. Biroq chuchuk ko’llar ham bor. Chuchuk va mineral suvli ko’llarning yonma-yon uchrash sababi yuqorida ko’rsatib o’tildi.
7. Osiyo dashtlari tipi dasht zonasining tekislik oblastlari,
asosan G’arbiy Sibirdan janubdagi erlar uchun xosdir. Bunga Chani,
Qulunda, Uba ko’llari va boshqalar kiradi. Qo’llar suffoziya chuqur-
liklari hamda yolsimon tepalar orasidagi chuqurliklarni egallagan.
Kotlovinalari u qadar o’yilgan emas, morfologik jihatdan yaxshi
shakllanmagan, yassi va sayoz. Ko’llarning ko’pi—oqmas ko’llar. Iqlim
sharoiti suv massasi miqdoriga va ko’l maydoniga keskin ta’sir ko’r-
satadi. Qo’llar chuchuk bo’lishi ham, juda sho’r bo’lishi ham mumkin. Chu-
chuk va sho’rtob ko’llar evtrofdir.
8. Tog’ oldi dashti ko’llari tipi. (Balaton, Xanka, Neyzidler-Ze)
Bu ko’llar tog’ oldidagi keng tektonik botiqlarni egallaydi. Ular
oqar, suvi chuchuk, evtrof ko’llardir.
Chala cho’l zonasida namlanish yanada kam. Bu erdagi oqar suvlar dengizlarga etib borolmay, tugagan joylarida oqmas ko’llar hosil qiladi, suvining minerallashish darajasi tobora ortadi.
9. Orol-Kaspiy tipi (Kaspiy va Orol ko’llari). Kotlovinalari
juda katta bo’lib, murakkab tektonik yo’l bilan paydo bo’lgan. Namla-
nish juda kam zonalarda joylashgan. Daryolar ko’plab keltiradigan suv
bug’lanishga sarf bo’ladi. Ko’llarning asriy tebranishi katta. Bu ko’l-lar sho’rtob, evtrof, suvi mo’’tadil.



  1. Download 1,18 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish