Qozog’iston tipi (Balxash, Tengiz^ Elton va h. k.)- Ko’l kot-
lovinalari suffozion (Elton) va tektonik yo’l bilan paydo bo’lgan.
Ko’llarning ko’pi—oqmas ko’llar. Ko’llar rivojlanish darajasiga ko’ra
bir-biridan ancha farq qiladi. Masalan, Kurgaljin ko’li yaqinda oq-
mas ko’ldan oqar ko’lga aylandi. Suvlarning minerallashganlik dara-
jasi har xil va tez-tez o’zgarib turadi. Chunonchi, Kurgaljin ko’li yaqin-
da chuchuklasha boshladi, Balxash ko’lining suvi g’arbiy qismida chuchuk,
sharqiy qismida esa sho’rtob, Elton va Bosqunchoqning tagiga tuz cho’ka-
di. Sho’rtob ko’llar evtrof, taxir-sho’r ko’llarda hayot yo’q.
Anatoliya tipi. Subtropik zonada tarqalgan. Anatoliya tipi-
ga kiruvchi ko’llar Urta dengiz va Tinch okean er yoriqlari mintaqasida
materik ichkarisidagi katta tog’liklarda, atmosfera namlanishi tan-
qis bo’lgan joylarda hosil bo’lgan. Katta ko’l kotlovinalari uzilma
va sinklinal botiqlardan, lava oqimi bilan to’silib qolgan chuqurlar-
dan iborat. Ularning suv yig’adigan maydoni odatda kichik va berk
bo’ladi (Ulik dengiz, Issiqko’l, Van, Sevan, Daryochai Namak, Tuz,
Rizoiya, Katta sho’rko’l, Titikaka, Poopo). Bularning ko’pchiligi—oqmas
ko’llar, sathi ancha keskin o’zgaradi. Suv yuzasining balandligi turli-
cha bo’lib, oqar suvlar uni tartibga solib turmaydi. Ko’pchilik ko’llar
suvi minerallashgan, tuz tarkibi xilma-xil.
Avstraliya tipi. Tropik zonada (Eyr, Chad, Etosha, Zoa, Torrens
va h. k.). Bu tipdagi ko’llarning kotlovinalari juda katta, tagi yassi
sayoz, qirg’oqlari past. Atmosferadan namlanishi etarli bo’lmagani
uchun ular oqmas ko’llardir. Ko’llar sathi va maydonining mavsumiy
hamda ko’p yillik tebranish amplitudasi katta, yomg’irgarlik mavsumi-
da vaqtinchalik ko’llar vujudga keladi. Qurg’oqchil fasllarda ular-
ning ko’pchiligi o’rnida tuz qatlamlari uchraydi. Hayot sharoiti suvining
sho’rligi va suv massasining mavsumiy o’zgarishlariga bog’liq.
Xitoy-Florida tipi. Bu tip tropik hamda subtropik zonala-
larining sernam rayonlarida (Xitoy, Florida) tarqalgan. Kotlovi-
nalari sayoz, yassi, qirg’oqlari pastak va botqoqlangan. Bu ko’llar oqar,
suvi chuchuk, iliq va evtrof ko’llardir.
Buyuk Afrika ko’llari tipi. Ekvatorial zonada. Suriya-Afrika
grabeni kesib o’tgan Sharqiy Afrika Er yuzidagi eng katta ko’lli ray-
onlardan biridir. Atmosferadan namlanish juda turlicha—ortiqchadan
etishmaydigan darajagacha o’zgaradi. Relyefining murakkabligi va
namlanish darajasining xilma-xilligi ko’llar rejimining ham xil-
ma-xil bo’lishiga olib kelgan: bu ko’llarning ayrimlari oqar ko’llar,
boshqalari oqmas va minerallashgan ko’llardir. Bu tipdagi ko’llar:
1) Tanganika-Nyasa, 2) Rudolf-Rukva va 3) Viktoriya sinflariga
bo’linadi. Tanganika-Nyasa sinfiga kiruvchi ko’llar er po’stining chu-
qur qadimiy yoriqlarida joylashgan. Ular oqar ko’llar, suvi chuchuk,
iliq zvtrof. Rudolf-Rukva sinfidagi ko’llar ham kotlovinalarni—
tektonik botiqlarni egallaydi; biroq oldingi sinfdagi ko’llardan
farq qilib, oqmas ko’llar bo’lgann uchun minerallashgan.
Uchinchi siyafda faqat birgina Viktoriya ko’li bor. U oldingi sinf ko’llaridan kotlovinasining xarakteri bilan, ya’ni g’arbiy qirg’oqla-rini uzilmalar murakkablashtirgan keng muldadan iborat ekanligi bilan ajralib turadi. Viktoriya ko’lining suv massasi va organik dunyosi birinchi sinfdagi ko’llardagiga o’xshaydi.
15. Baykal — o’ziga xos ajoyib ko’l. U 105° shq. uzunlikdagi tekto-
nik aktiv meridianida nihoyatda chuqur materik grabenida (uzilmada)
joylashgan. Suv massasining hajmi 23000 kmg. Unga 336 ta daryo quyi-
lib, birgina Angara daryosi oqib chiqadi. Suvining tiniqligi okean
suvidan qolishmaydi (40 m). Suv temperaturasi 900 m li qatlamda o’zgarib turadi, undan pastda harorat doim 3°S atrofida. Oligot-rof ko’l.
Uchlamchi davrda Baykal ko’li o’rnida bir necha suv havzasi bo’l-gan. Hayvonot dunyosi uzoq rivojlanish davrida endemik turlar hosil qilgan. Baykal faunasining boyligi jihatdan quruqlikdagi suv havzalari orasida birinchi o’rinda turadi va Golarktika zoogeo-grafik oblastinnng alohida Baykal oblastchasini tashkil etadi. Bu erda hayvon va o’simliklarning turi 1800 ta bo’lib, shulardan 1083 tasi endemikdir.
16. Karst ko’llari. Bu ko’llarning geografik ta’rifi hamda zo-nal qonuniyatlari «Karst» temasida tasvirlangan.
Tekisliklarda intrazonal ko’llarning ikki tipi ajratiladi. Bular daryo vodiysidagi va dengiz sohilidagi ko’llardir.
Tog’li o’lkalarda ham ko’llarning ikki tipi mavjud: 1) tog’ oldi va o’rtacha balandlikdagi tog’lar ko’llari (Zaysan/Gelest, Boden, Jene-va, Komo va boshqalar); ular kotlovinasi tog’ vodiylarining morena, ko’chki yoki lava oqimlari bilan to’sib qo’yilishi natijasida hosil bo’-ladi; bular — oqar ko’llar, temperatura rejimi, hayot sharoiti va orga-nik dunyosining xarakteri vertikal mintaqalar qonuniyatini aks etti-radi; 2) kichikroq kar, trog, krater yoki kalder chuqurliklarida joy-lashgan baland tog’ ko’llari; ular oqar ko’llar ham, berk ko’llar ham bo’lishi mumkin; suvni qor va muzliklardan oladi; suvi chuchuk, oziq-lanish sharoitiga ko’ra oligotrof ko’llardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |